San’atni idrok etish o‘quv predmetining muhim qismlaridan biridir. Mazkur boMimning maqsadi o‘quvchilar tomonidan san’at asarlarini ongli idrok etish va baholash, uning jamiyat va odamlar hayotidagi ahamiyatini tushunishga yordam berishdan iborat. Shuningdek, dars jarayonida olingan bilimlardan ijodiy ishlami bajarishda samarali foydalanish ham nazarda tutiladi.
Badiiy obrazni idrok etish malakalarini rivojiantirish - san’at asarlarini o‘rganishning asosidir. O’quvchilar asar haqida mulohaza yuritib, idrok etishni, uning mazmunini maxsus iboralami qo‘llagan holda so‘zlab berishni, shuningdek, asarda qo'llangan tasviriy vositalarni payqab olish va uni ta’kidlab o‘tishni bilishlari lozim. San’atni idrok etishga boshlang‘ich sinflarda maxsus soatlar ajratilmaydi. U rangtasvir kompozitsiyasi, naturaga qarab tasviriash mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi.
Boshlang’ich sinflarda tasviriy san’at asarlarini idrok etishga oid o‘quv materiallari-o‘quvchilarning amaliy ishlari bilan bogiiqdir. San’at asarlarining nusxalarini ko‘rsatish va ular haqida so'zlab berish bolalarda san’atga qiziqishni orttiradi va shu sohada shug‘ullanishga yoilaydi. Asarlarni namoyish etishda bolalar unda ifodalangan asosiy fikr va qoilanilgan badiiy-tasviriy vositalar bilan tanishtiriladi. Dasturda o‘quvchiIarga namoyish etiladigan san’at asarlarining namunaviy ro‘yxati moijaldan ko‘proq berilgan. Bundan maqsad 0‘qituvchilaming sharoitidan kelib chiqqan holda ularga san’at asarlarini tanlab olishlariga imkoniyatlami kengaytirish.