II bosqich. Eski o‘zbek tilshunosligining shakllanishi va taraqqiyotida buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Aloyi Binni Muhibiy, Mirzo Mehdixon, Is’hoqxon Ibrat kabilarning lingvistik qarashlari va asarlari muhim ahamiyatga ega.
XIX asrning oxiriga kelib rus bosqinchilarining mahalliy xalq madaniyati, urf-odati va tilini o‘rganish ehtiyoji natijasida bir qancha amaliy ahamiyatga ega grammatikalar vujudga keldi. M.A.Terentevning «Turk, fors, qirg‘iz va o‘zbek tili grammatikasi» (1875)ni, A.Starlevskiyning «Rus kishisining O‘rta Osiyodagi yo‘ldoshi» (1878) asarini, Z.A.Alekseev va V.Vishnegorskiyning «Sort tili samouchiteli» (1884), M. Andreevning «Sort tilini birinchi bor o‘rganuvchilar uchun qo‘llanma» (1896)sini, F.Mashkovtsevning «Sort tili darslari» (1899)ni, V.P.Nalivkinning «Sort tilini amaliy o‘rganish uchun qo‘llanma» (1898) sini, N.Budzinskiyning «Sort tili darsligi» (1910) ni bunga misol sifatida ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |