Navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 347 Kb.
səhifə2/11
tarix23.03.2022
ölçüsü347 Kb.
#54072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sanaqulova Gulinora

MUNDARIJA
KIRISH


  1. O‘zbek xalqi va uning shakllanish tarixi




  1. O‘zbek adabiy tili taraqqiyotini davrlashtirish




  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tili va uning shevalarga munosabati




  1. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining o‘rganilish tarixi va bosqichlari

XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



KIRISH

Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tilining tarixi meloddan burungi davrlarga ildiz otgan, uning tarixi qadimgi oltoy davridan boshlanadi. Tilning tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida so‘z borganda umumxalq tili va adabiy til tushunchalari amal qiladi.

Bundan tashqari, jonli tilning og‘zaki va yozma ko‘rinishi bor. O‘tmishda har ikkovining ham o‘z atamasi bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asarida yozma tilni bitig söz deb atagan edi. Qadimgi turkiy tilda bitig – “bitig, yozuv; xat, kitob; yozma hujjat” anglamlariga ega. U “yozmoq,bitmak” ma’nosidagi biti- fe’lidan yasalgan. Bitig söz atamasi “bitilgan so‘z; kitobiy so‘z; matn”, tilshunoslik tushunchasi bilan aytganda, “yozma til, adabiy til” ma’nosini beradi

Adib Ahmad Yugnakiy o‘zining “Hibatu-l-haqoyiq” asarida ağïz til degan atamani qo‘llagan. Bu atamadagi ağïz – “og‘zaki” degani, ağïz til esa “og‘zaki til”, ya’ni “nutq” degan ma’noni anglatadi. Demak, bu atama ostida “kishining nutqi”

ko‘zda tutiladi. Mana o‘sha misol:
Ağïz til bezägi koni söz turur,

Köni sözlä sözni, tiliŋni bezä. –

(Nutqning bezagi to‘g‘ri so‘z turur,

To‘g‘ri so‘zla so‘zni, tilingni (nutqingni) beza) (AH.155– 156).1


Muhimi shundaki, umumxalq tilining ham, adabiy tilningham o‘z tarixi bor. Jumladan, o‘zbek umumxalq tilining tarixi oltoy davridan boshlanadi. Yozma adabiy tilning tarixi esa turkiy matn tuzish an’anasining boshlanishi, yozma til

o‘lchovlarining yuzaga kelishi va ularning qat’iylashuvi bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiy tilining tarixi yozma yodgorliklari ma’lum bo‘lgan qadimgi turk davridan (Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan bitiglar tilidan) boshlanadi. Turkiy xalqlarning bulardan-da eski, hatto meloddan burungi davrlarga tegishli yozuv yodgorliklari ham topilgan. Biroq ular yirik matnlar emas, turli buyumlar sirtidagi bir-ikki so‘z va yo qisqa jumlali yozuvlardir. Ular yozma til tarixini o‘rganish uchun ozlik qiladi. Shuning uchun, hozircha,adabiy til tarixini turklarda yozuv madaniyati yuksalgan, savodxonlik darajasi yuqori bo‘lgan ko‘k turk xoqonliqlari davridan boshlaganimiz ma’qul.



O‘zbek tili o‘zining uzoq asrli tarixiy takomili davrida bir qancha bosqichni o‘tgan.

Tilimiz tarixining ilk bosqichi eng eski chog‘lardan boshlab melodning V yuzyilliklariga qadar bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichni shartli ravishda eng qadimgi turkiy til deb ataymiz. Ilmiy asarlarda bu davrning ilk bosqichi “oltoy”, keyingi bosqichi “xun davri” deb yuritiladi. Melodiy VI asrdan



qadimgi turkiy adabiy til davri boshlanadi. Bu davr adabiy, ya’ni yozma til tarixining ilk bosqichidir, chunki turkiy yozma adabiy til ana shu kezda yuzaga kelgan. Bu davr to‘g‘risida so‘z ketganda unga yozma adabiy til atamasini qo‘shib

ishlatganimiz ma’qul. Keng e’tirof etilishicha, “qadimgi turkey yozma adabiy til” davri VI–X yuzyilliklarni qamraydi. Turkiy tilning eng ko‘hna yozuv yodgorliklari o‘sha chog‘lardan qolgan. Turkiy, xususan, o‘zbek adabiy tilining tarixi ham

mazkur yozma yodgorliklar tilidan boshlanadi. Bu davr quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 1) Ko‘k turk yozma yodgorliklari tili (Bu guruhga Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida yaratilgan ko‘k turk yozuvli urxun va yenisey, tuva, talas, farg‘ona yodgorliklarining tili kiradi); 2) Uyg‘ur xoqonliq va davlatlarida yaratilgan ko‘k turk, uyg‘ur, moniy, brahma, sug‘d yozuvlaridagi yozma yodgorliklar tili (turkshunoslik asarlarida “qadimgi uyg‘ur tili” deb ham

atalmoqda). XI asrdan eski turkiy adabiy til davri boshlanadi. Bu

bosqich XIV yuzyillikning boshlariga qadar davom etgan. Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili “qadimgi turkiy til” davrida yaratilgan bitiglar tiliga juda

yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analari davom etgan. Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki

mashhur “Qutadg‘u bilig” dostonining tili, lug‘at qatlamidagi sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk bitiglarining tili bilan aytarli birday.

Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili); 2) “Chig‘atoy turkiysi”; 3) Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal

qilgan adabiy til); 4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili); 5) Eski anato‘li turkchasi (Bu XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir. 2

Keyinchalik buning negizida usmonli turkchasi otini olgan adabiy til yuzaga keldi);Eski o‘zbek adabiy tili (XIV asrdan XX yuzyillikning boshlariga qadar). Bu davrda ham “chig‘atoy turkiysi” davom etdi. XIII–XVI asrlarning adabiy tili “chig‘atoy turkiysi” oti bilan yuritiladi. Bu davr eski o‘zbek adabiy tilining eng

yashnagan bosqichidir. O‘sha yuksalishning ta’siri va an’analari XX yuzyillikning boshlariga qadar keldi. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Bu davr XX asrning boshlaridan

to shu kungacha amal qilmoqda. Boshqa fanlarda bo‘lgani singari til tarixining ham o‘z chegarasi, o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi manbalari

bor. Til tarixi yozuv yodgorliklariga tayangan holda muayyan tilning yuzaga kelishi, uning tarixiy taraqqiyoti, hozirgi ko‘rinishiga kelgunga qadar yuz bergan o‘zgarishlar, ularning yuz berishida amal qilgan qonuniyatlarni tadqiq etadi. Turkiy, xususan, o‘zbek tilining tarixi quyidagi tayanch manbalar

asosida o‘rganiladi: 1. O‘tmishdan qolgan yozma yodgorliklar. Til tarixini

o‘rganishda eng ishonchli manba bizgacha yetib kelgan yozuv yodgorliklaridir. Turkiy tilda yaratilgan diniy-falsafiy asarlar, badiiy adabiyot namunalari, tarix kitoblari, epigrafik matnlar, qabrtosh yozuvlari, huquq ishlariga, xo‘jalik ishlariga tegishli bitiglar va boshqa yozma obidalar turkiy tillar tarixini o‘rganishda eng muhim manbalar sanaladi. Muhimi shundaki, ilk va o‘rta asrlarda turkiy tildagina emas, xitoy, sug‘d, fors, arab tillarida turkiy tillar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi asarlar, lug‘at va grammatika kitoblari yaratilgan. Ushbu asarlar ham turkiy tillar tarixini o‘rganishda tayanch manbalar bo‘la oladi. 2. Xalq og‘zaki ijodi (folklor) materiallari. Xalq afsonayu dostonlari, rivoyatu ertaklari, qo‘shiqlari, maqol va

iboralarining ayrimlari juda eski zamonlarga ildiz otgan. Folklor materiallari badiiy tafakkurdagi eski an’analarga, til an’analariga izchil amal qiladi. Asrlar bo‘yi yuzaga kelgan ushbu ijod namunalari eski til belgilarini yaxshi saqlaydi.

Shuning uchun xalq og‘zaki ijodi asarlari tilidan til tarixi materiali sifatida ham foydalanish mumkin. 3. Hozirgi turkiy tillar va ularning shevalari. Turkiy tillar

va xalq shevalari eski turkiy tilning yuzyilliklar osha fonetik, leksik-semantik, grammatik, stilistik jihatdan o‘zgarib, takomillashib, turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti talablariga bo‘ysungan holdagi hozirgi ko‘rinishidir.

Ayniqsa, xalq tili o‘tmish an’analarini o‘zida yaxshi saqlaydi.

4. Joy otlari (toponimlar), geografik atamalar, xalq otlari (etnonimlar). Shahar, qishloq otlari, suv otlari (gidronimlar) va boshqa geografik atamalar, etnonimlar tilning eski qoldiqlarini o‘zida aks ettirgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular til tarixini o‘rganishdagi muhim manbalardan bo‘la oladi.O‘zbek xalqi va uning shakllanish tarixi. Har qanday xalqning etnik tarixi unga berilgan nomga nisbatan qadimiydir. Shuningdek, o‘zbek xalqi va kelib chiqish tarixi ham uning nomiga nisbatan qadimroqqa borib taqaladi. «O‘zbek» termini aslida Dashti qipchoqda istiqomat qiluvchi turkiy qabila va elatlarning bir qismiga berilgan nom. Tarixning guvohlik berishicha, Dashti qipchoqda qadimda va o‘rta asrlarda asosan turkiy xalqlar va allaqachonlar o‘z ona tilini unutib, turklashgan mo‘g‘ul qavmi yashab keladi. Ana shu qipchoq cho‘lining turk va til jihatdan turklashgan aholisi tarixiy asarlarda XIII asrning 80-yillaridan boshlab o‘zbek nomi bilan uchraydi. Masalan, Hamidulloh Kazviniy (1281-1350) Dashti qipchoqni «mamlakati o‘zbek» (o‘zbeklar mamlakati) yoki «ulusi o‘zbek» (o‘zbek ulusi) deb yozsa, Al-Kalkoshandiy (1418-yilda vafot etgan) ularning podsholarini «maliki bilad o‘zbek» (o‘zbeklar mamlakatining podshosi) deb ataydi. Nizomiddin Shomiy (1404 yildan keyin vafot etgan), Sharafiddin Ali Yazdiy (vafoti 1454-yilda), Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482) va Xondamir (1475-1535) asarlarida ham o‘zbeklar haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Biroq ularning barchasida XV asr boshlariga qadar o‘zbeklar haqida gap ketganda, Dashti qipchoq xalqi - ko‘chmanchi o‘zbeklar tushunilgan. Markaziy Osiyoning dehqonchilik vohalarida, birinchi navbatda, Movarounnahrda, qadimdan istiqomat qilib kelgan xalq esa, agar u turkiy tilda so‘zlashgan bo‘lsa, turklar deb atalgan. Ularning tili Dashti qipchoq o‘zbeklarining tili bilan bir xil bo‘lib, turkiy tilning turli lahjalarida edi. Movarounnahr turklari va uning turkiylashgan xalqi o‘zlarini turkiy qavm vakillari deb bilganlar.3

Arablar Movarounnahrda o‘z hukmronligini mustahkamlab olgach, VIII asrning 30-yillarida so‘g‘d tuprog‘iga turklarning katta guruh shaklida kirib kelishi sekinlashdi. Arablarga qadar kelib o‘rnashib qolgan turkiy qabilalarning arablar hukmronligi va somoniylar davrida (VIII-X asrlar) tobora o‘troq hayot tarziga ko‘chishi tezlashdi. Shosh, Farg‘ona, va Xorazmda turkiy xalqlar mahalliy aholi orasiga tobora singib o‘troqlashgan turklar va til jihatidan turklashgan yerli aholi «sort» deb ataluvchi etnik qatlamga aylanib bordi. O‘zbek xalqining etnik tarixida qarluqlar va qoraxoniy turklarning ham o‘rni bor. VIII asr o‘rtalarida Shimoliy Farg‘ona yerlarida, Sirdaryoning sharqidan to Yettisuvgacha bo‘lgan yerlarda qoraxoniylar o‘z hukmronligini o‘rnatdi. X asrning o‘rtalaridan bu zonada qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Qoraxoniylar davlati tarkibida arg‘u, tuxsi, qarluq,chigil va yag‘mo qabilalari bo‘lib, ulardan, ayniqsa, dastlabki to‘rttasi madaniy jihatdan boshqa turkiy qabilalardan ancha ustunligi bilan ajralib turar edi. X asrning oxirlaridan turkiy etnik qatlamning Movarounnahrning barcha hududlarida ustunligini ta’minlovchi tarixiy voqealar sodir bo‘ldi. Sirdaryodan Yettisuvgacha bo‘lgan yerlarda, shimoliy Farg‘ona va butun Sharqiy Turkistonda o‘z hukmronligini o‘rnatgan qoraxoniy turklari X asr oxirlarida Movaroun-nahrning ichki hududlariga ham kirib keldilar. Qoraxoniylar zamonida mamlakatning turkiy qatlam kirmagan biror yeri qolmadi. Bu davrda (XI-XII asrlarda) butun Movarounnahrda aholining turkiy tilda gaplashuvchi qatlami, shu jumladan, sug‘diylar ham jamiyatning barcha ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida ustun bo‘lishga qaramay, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda ham fors - tojik tilida so‘zlashish va yozish davom etardi. Bu hol faqat adabiy doiralarda emas, rasmiy mahkamalarda ham sezilardi. Lekin Farg‘ona va Shosh shaharlarida (Marg‘ilon, Isfara, Xo‘jand bundan mustasno) va Xorazmda ahvol boshqacha edi. Turk tilida so‘zlashuvchilar qatlami fors tili qatlamidan kuchli bo‘lib, uning ta’siri so‘g‘d shahar muhitiga ham jadal kirib borardi.

Qoraxoniylardan keyin o‘zbek xalqi tarkibiga qo‘shilgan yangi etnik komponent uning jismoniy qiyofasi-antropologik tipini keskin o‘zgarishga olib keladi. O‘rta Osiyoning Chingizxon tomonidan bosib olinishi (XIII asr) ham, XVI asr boshida Shayboniyxon boshliq Dashti qipchoq ko‘chmanchi o‘zbeklari ham o‘zbeklarning tipini tamoman o‘zgartira olmadilar. Shuni ham aytish kerakki, Chingizxon bilan kelgan mo‘g‘ul urug‘lari orasida turkiy qabilalar ozchilikni tashkil etardilar. Shayboniyxon bilan kelgan ko‘chmanchi o‘zbeklar orasida esa, aksincha, turkiylashgan mo‘g‘ul urug‘lari ko‘pchilikni tashkil etar edi. Ular orlot, do‘rmon, qo‘ng‘irot, mang‘it, nukus, chiliboy, kenagas, ming kabi turkiylashgan aymoqlar bo‘lib, yana uzoq yillar davomida alohida etnik guruhlar bo‘lib yashab qolaverdilar. Ularning antropologik qiyofasi mumtoz mo‘g‘ul tipini eslatardi. Bundagi ayrim qabilalar turkiy etnik guruhlarning quramasi edi. Ular ko‘p hollarda etnik kelib chiqishi bo‘yicha emas, balki hududiy tamoyil bo‘yicha uyushgan edilar. Shuning uchun ham ular keyinchalik osonlik bilan Movarounnahr xalqlari tarkibiga singib ketdilar. So‘nggi qabilalar keyinchalik o‘zbek millatining shakllanishda muhim rol o‘ynadi. 4




Yüklə 347 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin