Navoiy innovatsiyala


O‘SIMLIKLAR SISTЕMATIKASI



Yüklə 298,49 Kb.
səhifə2/17
tarix04.04.2023
ölçüsü298,49 Kb.
#93284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Botanika 1-4 pdf

O‘SIMLIKLAR SISTЕMATIKASI

1-mavzu. O‘simliklar sistematikasining maqsad va vazifalari, tarixi. Tuban (Thallobionta) va yuksak o‘simliklar (Cormobionta). O„simliklar sistematikasining maqsad va vazifalari, tarixi. Organik olam klassifikatsiyasi, uning amaliy va nazariy ahamiyati. Tuban va yuksak o„simliklar haqida umumiy tushuncha. Taksonomik birliklar va ularga ta‟rif. Sistematikaning rivojlanishida evolyutsion nazariyalarning ahamiyati. Viruslar (Virophyta), bakteriyalar (Bacteriophyta), Ko‘k yashil suvo‘tlari (Cyanophyta) tuzilishi, ko‘payishi va klassifikatsiyasi. Yashil suv o‘tlar bo‘limi (Chlorophyta). Yashil suv o„tlar. Umumiy xarakteristika, tana tuzilishining asosiy xususiyatlari. Ko„payish usullari, klassifikatsiyasi. Xara (nurli) suvo„tlar bo„limi. Tuzilishi, ko„payishi va rivojlanish sikli, tarqalishi.
2-mavzu. Sariq yashil suvo‘tlar (Xanthophyta), Pirrofit (Purrophyta), Tillarang (Chrysophytta) va Diatom (Diatomophyta) suv o‘tlar bo‘limiga umumiy xarakteristika. Qo‘ng‘ir suv otlari va (Phaeophyta) Qizil suv o‘tlar bo‘limi (Rhodophyta). Sariq yashil suvo„tlar bo„limiga umumiy xarakteristika. Ekologiyasi, tarqalishi. Tashqi va ichki tuzilishi, ko„payishi. Muhim vakillari. Pirrofit, tillarang va diatom suv o„tlar bo„limi (Purrophyta, Chrysophytta, Diatomophyta). Umumiy ta‟rifi va o„ziga xos xususiyatlari, ekologiyasi, tarqalishi, klassifikatsiyasi. Asosiy vakillariga qisqacha ta‟rif. Qo„ng„ir suv o„tlari bo„limi. Umumiy xarakteristika. Tarqalishi, ichki va tashqi tuzilishi. Ko„payish usullari, klassifikatsiyasi va asisiy tartib vakillariga ta‟rif. Suv o„tlarining tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati, ulardan foydalanish.
3-mavzu. Zamburug‘lar bo‘limi (Mycophyta, Fungi). Umumiy xarakteristika. Vegetativ tanasi (gifa va mitseliylar) Zamburug„larning oziqlanish usullari, ko„payishining turli ko„rinishlari. Klassifikatsiyasi. Xitridiomitsetsimonlar (Chytridiomycetes), Oomitsetsimonlar (Oomycetes) va Zigomitsetsimonlar (Zygomycetes) sinfi. Xitridiomitsetsimonlar, Oomitsetsimonlar va Zigomitsetsimonlar sinfining o„ziga xos belgilari. Tana tuzilishi. Ko„payish usullari. Asosiy vakillari. Fitopatogen xitridiomitsetlar va parazit zigomitsitlar haqida tushuncha. Askomitsetsimonlar (Ascomycetes) sinfi. Askomitsetsimonlar sinfi. Ularning o„ziga xos xususiyatlari. Jinsiy organlar va jinsiy jarayon. Gaploid va dikarion gifalar. Xaltachali zamburug„lar klassifikatsiyasi. Yalang„och xaltachalilar va meva xaltachalilar kenja sinfiga ta‟rif. Asosiy vakillari, ularning morfologik va biologik xususiyatlari.

Yüklə 298,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin