Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

19-
 
MAVZU. ZAMONAVIY IQTISODIY 
TAFAKKUR YO‘LBOSHCHILARI 
 
(1 soat) 
19.1.
 
SH.MIRZIYOYEV IQTISODIY ISLOHOTLARI VA UNI 
INSONLAR TAFAKKURIDA AKS ETISHI 
 
Mustaqillikdan so‘ng mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlarni yanada kengaytirish hamda iqtisodiyotimizni 
barqaror yuksaltirish uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida 
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2015–2019-yillarda 
iqtisodiyotni 
yanada 
isloh 
qilish, 
tarkibiy 
o‘zgartirish va 
diversifikatsiyalash dasturi orqali amalga oshirila boshlandi. Unda 
2015–2019-yillarda “Iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy 
o‘zgartirish va diversifikatsiyalash” bo‘yicha qabul qilingan dastur 
xususiy mulkni ishonchli himoya qilish, iqtisodiyotda uning ulushi va 
ahamiyatini oshirish, zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini joriy 
etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, muhandislik- 
kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, 
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya iste’moli hajmini 
kamaytirish hamda energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga 
qaratilgan strategik dasturiy hujjatni o‘z ichiga olgan. 
2016-yil 
dekabr 
oyidan 
Prezidentlik 
lavozimiga Sh.M. Mirziyoyev kirishganlaridan 
so‘ng O‘zbekistonda inson (jamiyat) iqtisodiy 
tafakkurida yana bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi. 
Yurtboshimiz O‘zbekistonning bugungi kuni 
uchun iqtisodiyotning innovatsiyalarga asos- 
langan 
rivojlanishini 
ta’minlash vazifasini 
muhimligini anglagan holda islohotlarni amalga 
oshirilmoqdalar. 
Sh.Mirziyoyev iqtisodiy tafakkurni milliy xususiyatlarini inobatga 
olgan holda respublikamizda bir qator islohotlarni o‘tkazishni taklif 
qilmoqda, ular: 

iqtisodiy tafakkur shakllanishi inson milliy manfaatlari bilan 
bog‘liq, shuning uchun Sh.Mirziyoyev 
fuqaroning hayoti, uning
Sh.Mirziyoyev (1957) 


467 
farovonligi 
bilan bog‘liq harakat qonun bilan kafolatlanishini 
ta’kidlaydi: “Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini 
topgan eng asosiy maqsad – inson manfaatlarini har tomonlama 
ta’minlash masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda.”
218


mehnat tufayli inson o‘z hayotini yaxshilash, daromadini 
ko‘paytirishi va bolalarini kelajagini ta’minlashi mumkin. Mehnat 
o‘zbek xalqining ajralmas qismi, shu sababli Sh.Mirziyoyev 
ma‘ruzalarida “Aholini ish bilan ta’minlash biz uchun nafaqat iqtisodiy, 
ayni paytda katta ijtimoiy ahamiyatga egadir. Hokimliklar, vazirlik va 
idoralar, ish beruvchi tashkilotlar bilan bir qatorda bank muassasalari 
ham bu ishga yanada faol jalb etilishi kerak”
219
deydi; 

O‘zbekiston iqtisodiyoti doimo qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq 
bo‘lib kelgan. Shuning uchun Sh.Mirziyoyev ma‘ruzalarida milliy 
iqtisodiyotimizning 
asosiy 
sohalaridan 
qishloq 
xo‘jaligi va 
tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratiladi, jumladan, “Qishloq xo‘jaligini 
isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, hech 
shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Eng 
avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya’ni harakatga 
keltiruvchi kuchi bo‘lgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini izchil 
rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini 
strategik asoslangan darajada qisqartirish, xususiy mulkni yanada 
rivojlantirish va uni himoya qilishga doir kompleks masalalarni hal etish 
– hukumat, davlat boshqaruvi organlari va barcha darajadagi hokimliklar 
uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida belgilanadi”
220
deydi 
yurtboshimiz; 

A.Temur o‘z xalqini boyligini orttirishga, kambag‘allarning 
hol ahvolini doimo nazoratga olishga qaratgan, xuddi shunday 
Sh.Mirziyoyev “Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va 
tadbirkorlik 
sohasini 
qo‘llab-quvvatlash 
va 
rag‘batlantirish, 
mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik
ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada 
218
Sh.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash 
– yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligi garovi O

zR Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so

zlagan nutq. //Xalq so

zi. 7-
dekabr 2016-yil.
219
Sh.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash 
– yurt taraqqiyoti va xalq 
farovonligi garovi O’zR Konstitutsiyasining 24 yilligi munosabati bilan so

zlagan nutq. //Xalq so

zi. 7-
dekabr 201- yil
220
Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan 
birga quramiz. –Т.: “O‘zbekiston”, 2017. 14-b- 


468 
oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega 
deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni 
ham boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon 
charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli 
bo‘ladi”

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin