O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 140,35 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü140,35 Kb.
#193052
Биз.ва тад. асос. И.Д. 2-к. сиртқи


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor: __________S.U. Xodjaniyazov
2023-yil “___” _________




BIZNES VA TADBIRKORLIK ASOSLARI
FANI BO‘YICHA
SILLABUS
Sirtqi bo‘lim uchun


Bilim sohasi: 400 000 - Biznes, boshqaruv va huquq


Ta’lim sohasi: 410 000 - Biznes va boshqaruv


Ta’lim yo‘nalishi: 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)




Urganch – 2023


Modul I FAN SILLABUSI
Itimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi



Fan nomi:

Marketing innovatsiyalari

Fan turi:

Majburiy

Fan kodi:

BTAB 2041

Yil:

5

Semestr:

3

Ta’lim shakli:

Sirtqi

Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:

150

Ma’ruza

8

Amaliy mashgulotlar

8

Laboratoriya mashg‘ulotlari



Seminar



Mustaqil ta’lim

134

Kredit mikdori:

5

Baholash shakli:

Imtihon (yozma, test)

Fan tili:

O‘zbek



Fan maqsadi (FM)

FM1

Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarda biznes va tadbirkorlikning mohiyati, ularning milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi o`rni va aholining bandlik muammosini hal etishdagi roli to`g`risida nazariy hamda amaliy professional bilimini shakllantirishdir.

Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar

1.

Iqtisodiyot nazariyasi (IQNB1081)

2.

Makroiqtisodiyot(MAKB2041)

3.

Mikroiqtisodiyot(MIKB1041)

4.

Moliya (MLYB3092)

Ta’lim natijalari (TH)




Bilimlar jihatidan:

TN1

Biznes va tadbirkorlikning nazariy va ilmiy-uslubiy masalalari haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;

TN2

Biznes va xususiy tadbirkorlikning moxiyati va mazmuni bilishlari lozim;

TN3

Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlarini haqida bilimga ega bo‘lishlari kerak;



TN4

Kichik biznes va tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy asoslarini hamda ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash masalalarini va kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish ko`nikmalariga ega bo`lishlari lozim;




Ko‘nikmalar jihatidan:

TN5

Yangi korxonani tashkil etish;

TN6

Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy taxlil kilish;

TN7

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni belgilovchi mezonlar haqida, kichik biznes va tadbirkorlikni davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash haqida

TN8

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo`yichako’nikmalariga ega bo`ladi.

Fan mazmuni

Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M)

M1

Kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati va mazmuni

M2

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari.
Kichikbiznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish

M3

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida marketing faoliyatini tashkil etish. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish

M4

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko`rsatuvchi bozor infratuzilmalari

Mashg‘ulotlar shakli: amaliy mashg’ulot (A)

A1

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlili

A2

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili

A3

Tadbirkorlik etikasi va madaniyati.

A4

Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini baholash

Mustaqil ta’lim (MT)

1

Seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish va uy ishlarini bajarish.

54 soat

2

Vaziyatli masalalar (kazuslar) tuzish

26 soat

3

Berilgan manbalarni tarjima qilish

26 soat

4

Marketing innovatsiyalariga oid berilgan mavzu bo’yicha esse yozish

14 soat

5

Berilgan mavzu bo`yicha referat tayyorlash

14 soat

Asosiy adabiyotlar
.

1.

S.Salayev, B.Tadjiyev.’’Kichik biznes va tadbirkorlik’’ O’quv Uslubiy majmua.UrDU, 2018 - 275 bet.

2.

Samadov A.N., Ostanakulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. T.: Moliya-iktisod, 2008.

3.

Boltaboev M.R., Kosimova M.S.,Ergashxodjaeva SH.J., Goyigtnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va tadbirokrlik. - T.:ADIB NASHRIYOTI, 2011 - 235 b.

4

Xodiev B.YU., Kosimova M.C., Samadov A.H. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. T.: TDIU, 2011.

Qo‘shimcha adabiyoglar

1.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga “Murojaatnoma”si. “Xalq so`zi”, 2017 yil 23 dekabr.

2

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasto’rning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 16.01.2017. 10-b.

3

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasto’rning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi \\ Xalq so`zi, 2016 yil 16 yanvar, 2-bet.

4

O’zbekistan Respublikasining Konstitusiyasi. - T.: Uzbekiston, 2012- 40 6.

5

O”zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik tugrisida”gi konuni 2001 y.

6

Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.J. Tadbirkorlik asoslari. - T.: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi, 2005.

7

Maliy biznes. Organizasiya, ekonomika, upravlenie: Ucheb. Posobie dlya vuzov / Pod red. Prof. V.YA. Gorofinklya, prof. V.YA. Gorfnnkelya, V.A. SHvandara. -2 ye izd., prereb. I dop.-M.: YUNITI - DANA, 2008.

8.

Predprinimatelstvo: uchebnik / pod. red. M.G.Lapusty. - 4-e izdatelstvo, dop. - M.: INFRA-M, 2008. - 667 s.

9.

Aniskin YU.P. Organizasiya i upravlenie malym biznesom: Ucheb. posob. - M.: Finansy i statistika, 2008. - 160 s.

10

T.Do`sjanov, S.Salayev. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari. - Toshkent: Iqtisod - Moliya. – 2006. – 315 bet

11

S.Salayev, N.Fayzullayev, M.Gulmanov. Tadbirkorlik asoslari. - Toshkent: Fan va Texnologiya. – 2012. – 268 bet

12

1. www.economics.ru
2. www.ved.ru
3. www.ser.uz
4. www.uza.uz
5. www.ifmr.uz
6. www.lex.uz
7. www.zivonet.uz


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH
Nazorat turlari
Ushbu fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat 3-haftasida talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlari davomida 1 marta o’tkaziladi.
1.3. Talabaning amaliy (yoki bo’lsa seminar ham) mashg’ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash talabalar bilimini baholash mezonlari nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sonda amalga oshiriladi:

Mashg’ulot turi

Baholashlar soni

Amaliy

1 marta

Mustaqil ta’lim

1 marta

1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda 3 ta nazariy savolga yozma ish javobi bahosi o’rtachasi hisoblanadi va yaxlitlanadi.
1.5. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo’yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (talabalar bilimini baholash mezonlarida nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta nazariy savolga yozma ish javobi yoki testlarga bergan javoblari asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat turini o’tkazish ushbu shakli kafedra tomonidan belgilangan.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

  1. 5 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini to’liq yorita olsa;

  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fan bo‘yicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo‘lsa;

  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;

  • berilgan savollarga aniq va lo‘nda javob bera olsa;

  • konspektga puxta tayyorlangan bo‘lsa;

  • mustaqil topshiriqlarni to‘liq va aniq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘liq o‘zlashtirgan bo‘lsa;

  • fanga tegishli mavzulardan biri bo‘yicha ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lsa;

  1. 4 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagnlarga javob berishi lozim:

  • fanning mohiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yo‘l qo‘ymasa;

  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushingan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni o‘quv dasturi doirisida bajarsa;

  • fan bo‘yicha berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olsa;

  • fan bo‘yicha konspektini puxta shakllantirgan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mustaqil topshiriqlarni to‘liq bajargan bo‘lsa;

  • fanga tegishli qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni o‘zlashtirgan bo‘lsa.

v) 3 baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lsa;

  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yo‘l qo‘yilsa;

  • bayon dilish ravon bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;

  • fan bo‘yicha matn puxta shakllantirilmagan bo‘lsa.

g) Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz 2 baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rilmagan bo‘lsa;

  • fan bo‘yicha mashg‘ulotlarga doir hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasa;

  • fan bo‘yicha matnlarni boshqalardan ko‘chirib olganligi sezilib tursa;

  • fan bo‘yicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yo‘l quyilgan bo‘lsa;

  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;

  • fanni bilmasa.


Fan o‘qituvchisi to‘g‘risida ma’lumot

Muallif:

Aliyeva G.I. katta o`qituvchi

E-mail:

aliyevagulnora65@gmail.com




Tashkilot:

Urganch davlat universitet, “Menejment va marketing” kafedrasi

Taqrizchilar:

Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) Matyaqubov U. __________________


Mazkur Sillabus universitet o‘quv-uslubiy Kengashining 2023 yil ____- avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan.

Mazkur Sillabus “ Menejment va marketing ” kafedrasining 2023 yil ____ - avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan ma’qullangan.




O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: Gʻ. Matlatipov
Fakultet dekani: I. Abdullayev
Kafedra mudiri: U. Matyakubov
Tuzuvchi: G.Aliyeva
Yüklə 140,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin