147
deb tan olinishiga sabab bo‘ldi. Umuman olganda, qiymatning mehnat
nazariyasi klassik iqtisodiy maktabning asosiy belgilaridan biri
hisoblanadi.
U.Petti nazariyalarining birida aytilishicha,
tovar qiymati kumush
qazib oluvchi mehnat bilan yaratiladi
va uning «tabiiy bahosi»
hisoblanadi; kumush qiymatiga tenglashtirilgan tovarlar qiymati esa
ularning «haqiqiy bozor bahosi» hisoblanadi. Ikkinchi bir joyda qayd
qilinishicha,
tovar qiymati mehnat va yer ishtirokida yaratiladi
. Ya’ni
U.Pettining o‘zi aytganidek, «Kemaning yoki kamzul (syurtuk)ning
qiymati qandaydir yer miqdori va qandaydir mehnat miqdori qiymatiga
teng, chunki har ikkalasi –
kema ham, kamzul ham – yer va inson
mehnati bilan yaratiladi». Bundan ko‘rinib turibdiki, U.Pettida tovar
bahosi asosida
sarfli mexanizm yotadi
.
Daromadlar nazariyasi.
Ishchilarning daromadlari, pul kapitali
va yer egalarining daromadlari to‘g‘risida U.Petti aytib o‘tgan qoidalar
keyinchalik klassik iqtisod maktabi vakillarining
nazariy izlanishlari
uchun asos bo‘lib xizmat qildi. U.Petti ishchining daromadi sifatidagi
ish
haqini mehnatning bahosi
deb hisobladi va uning darajasini ishchining
yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan ifodaladi.
U.Petti, har bir ishchi
«yashash, mehnat qilish va ko‘payishi uchun»
kerakli narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Buni u nazariy jihatdan
isbotlab bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki
baravar ko‘p haq to‘lansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq
ishlaydi. Bu esa jamiyat uchun shuncha miqdordagi mehnat boy
berilganini bildiradi. U.Pettining ish haqi to‘g‘risidagi mazkur qoidasi
«klassik maktabning» ko‘pchilik vakillari nazariy tadqiqotlarining
asosini tashkil etdi. Masalan, U.Pettidan keyin, D.Rikardo va T.Maltus
ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab
, uni ishchining va
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan
bog‘lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar
va
yer
egalari
daromadlari
U.Petti
o‘zi
umumlashtirgan tushuncha – “renta” sifatida tavsiflanadi. U, masalan,
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga
ketgan xarajatlar o‘rtasidagi farqni renta deb atagan (ya’ni
tuproq
unumdorligiga bog‘liq bo‘lgan renta). Ikkinchi bir misolda, ssuda
foizining kelib chiqish mohiyatini ko‘rib chiqqach, U.Petti
soddalashtirib, bu ko‘rsatkich “ssudaga beriladigan pulga sotib olinishi
148
mumkin bo‘lgan muayyan yer maydonidan olinadigan rentaga teng”,
deb atadi.
Yana bir joyda yer uchastkasining bozorga uzoq-yaqin
joylashishidan kelib chiqadigan renta shakli ko‘rsatib beriladi. Aholi
yashash joylariga yaqin joylashgan yer uchastkalaridan nafaqat yuqori
renta olinadi, balki yillik renta summasi ham boshqa xuddi shunday
unumdor, lekin aholi turar joylaridan ancha uzoq bo‘lgan
yerlarga
nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Shu bilan U.Petti yer bahosini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan
muammoni yechib berishga uringan. Lekin bu yerda ham olim mazkur
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi. Uningcha, yerning bahosi bir
yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo‘lishi kerak. Ammo u bu
miqdorni ilmiy jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni yerning bahosini
keltirib chiqarish uchun bir yillik rentani ko‘paytirish mumkin bo‘lgan
sonni topa olmadi.
Shu bilan birga, uning yer bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan
ssuda kapitali bilan yerdan olinadigan yillik renta o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik g‘oyasi iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o‘ynadi.
Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib o‘tadi. Ma’lum ma’noda xuddi
shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida ham uchraydi.
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo‘lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo‘lgan pul
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer
egasi o‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul
summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u o‘sha summadan ko‘pini ham
ololmaydi, negaki bunday summani to‘lashga rozi bo‘lgan kapitalistga
birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Petti ijtimoiy voqealarni o‘lchashda statistik usullarni qo‘llashni
ochiqchasiga ma’qullagan birinchi olim bo‘lgan bo‘lsa kerak.
U aholi
sonini, milliy daromadni, eksportni, importni va xalqning asosiy
jamg‘arilgan kapitalini o‘lchashga harakat qilgan. O‘z tahlili va siyosiy
xulosalarida u oddiy merkantilist bo‘lib ko‘rinsa ham, keyinchalik
xulosalari muhim ahamiyat kasb etuvchi iqtisodiy nazariyaning va
ijtimoiy fanlarning shakllanishida muhim rol oynadi. Uning statistikadan
dastlabki foydalanishlari xom bo‘lishiga qaramay, uning metodologik
yondashuvi o‘z davrining empirik
induksiyasidan tortib
149
hozirgi kundagi iqtisodiy jurnallarda ishlatiladigan zamonaviy
ekonometrik yondashuvlar bilan bir xil ahamiyatga ega bo‘ldi
107
.
Dostları ilə paylaş: