Navoiy innovatsiyalar instituti «tasdiqlayman»



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/273
tarix20.11.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#164623
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273
Iqtisodiy talimotlar tarixi Majmua NIU-2023

7.3.
 
P.BUAGILBERNING IQTISODIY TA’LIMOTI 
 
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g‘oyalarning boshlanishi U.Petti 
nomi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu g‘oyalar Angliyada Rikardo bilan 
intihosiga yetgan, Fransiyada esa P.Buagilberg bilan boshlanib 
Sismondi bilan yakunlandi. 
Fransiyadagi ijtimoiy iqtisodiy muhit Angliyanikidan keskin farq 
qilar edi. Fransiyada feodal munosabatlar hali ham kuchli bo‘lib, qirollar 
va uning atrofdagilar tomonidan qattiq himoya qilingan. Kolber 
tomonidan olib borilgan siyosat mamlakat iqtisodiyotining umumiy 
rivojiga olib kelmadi. U sanoatni, moliyani taraqqiy ettirish tarafdori edi, 
ammo bu ish qishloq xo‘jaligining ziyoniga o‘tqazildi, feodal 
munosabatlar to‘la saqlab turildi, vaholanki, Fransiyada inqilob XVIII 
asr oxirida ro‘y berdi, bu esa iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga to‘siq 
bo‘ldi. 
Shu sababli bu sohada islohotlar o‘tkazish zarur bo‘lgan, ammo 
unga shu davrdagi tizim xalaqit berardi. Ichki bozor tor bo‘lib, 
kapitalistik tadbirkorlikning o‘sishiga yo‘l bermasdi. Bu sinf asosiy 
soliq to‘lovchi sinf edi, dvoryanlar va dindorlar umuman soliq 
to‘lamagan, soliqlardan ustalik bilan bosh tortar edi. 
Yana bir muhim to‘siq – bu urushlar edi. Fransiya olib borgan 
urushlar tufayli mablag‘larning asosiy qismi shu urushlarga sarflanardi. 
Qirol saroydagi bazmi jamshidlar ham davlat xazinasiga katta ziyon 
yetkazardi. Demak, Fransiyaning XVII asrning ikkinchi yarmida feodal 
munosabatlar o‘zining cho‘qqisiga chiqqan edi. Fransiyada yuqori 
tabaqa barcha yerning egasiga aylandi, dehqonlar shaxsan ozod bo‘lsalar 
ham, feodal majburiyatlar nihoyatda ko‘p edi. Xo‘jalikdagi kapitalistik 
uklad nihoyatda sekin rivojlandi, ichki bozor xiyla tor edi, xalq 
xo‘jaligida natural xo‘jalik asosiy bo‘lib, sanoat rivoji past bo‘lgan. 
107
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 67-68 b. 


150 
Ana shunday sharoitda klassik siyosiy iqtisodiyotga Pyer Buagilber 
kirib kelgan. Demak, Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin