Bajardi guruh tekshirdi Navoiy-2023 Mavzu Aqilni o`lchashnin
Verbal shkala 1. Umumiy bilimdonlik subtesti. Nisbatan sodda ma’lumotlar va bilimlardan xabardorlikni tekshiradi. 30 ta savol beriladi, har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan baholanadi.
Masalan: haftada necha kun bor?... Yilning to‘rt faslini ayting?... Oshqozon nima uchun kerak?...
2. Umumiy ziyraklik subtesti. Iboralarning mazmunini to‘liq tushunishni, fikrlash qobiliyatini, ijtimoiy me’yorlarni anglashni baholaydi. Sinaluvchidan tasvirlangan vaziyatda mumkin bo‘lgan echimlar haqida javob berish talab qilinadi. 14 ta savol beriladi, javobning aniqligiga qarab baho qo‘yiladi: 0, 1, 2.
Masalan, barmog‘ingizni kesib olsangiz nima qilasiz? Do‘konga non olish uchun kelsangiz, u erda non yo‘q ekan, nima qilasiz? Nima uchun jinoyatchilarni qamoqqa qamaydilar?
3. Arifmetik subtest. Sinaluvchi diqqatining to‘planishini, sonli ifodalarni tez echishini tekshiradi. Sinaluvchidan arifmetik masalalar seriyasini og‘zaki echish talab qilinadi. Javobning aniqligiga, ketgan vaqtga bog‘liq ravishda baho qo‘yiladi.
Masalan, sizda 8 ta koptok bor edi, yana 6 ta sotib olib berishdi, koptoklaringiz nechta bo‘ldi?
4. O‘xshashlikni topish subtesti. Tushunchalarning shakllanganligi, klassifikatsiya, taqqoslash, mavhumlashtirish qobiliyatlari tekshiriladi. 16 juft tushuncha beriladi. Sinaluvchidan tushunchalar jufti o‘rtasidagi umumiylikni topish talab etiladi. Umumlashtirish darajasiga bog‘liq ravishda 0 dan 2 ballgacha baho qo‘yiladi.
Masalan, «Kuchuk-mushuk» tushunchalari o‘rtasidagi umumiylikni topishda javoblar quyidagicha baholanishi mumkin: Tez chopadi, chaqqon /0 ball/; 4 ta oyog‘i, juni, quloqlari bor / 1 ball/; Hayvonlar, tirik mavjudot, sut emizuvchilar /2 ball/.
5. So‘zlar subtesti. Og‘zaki tajribani o‘rganishga mo‘ljallangan /so‘zning ma’nosini aniqlash va tushunish/. 40 ta so‘z ma’nosini tushuntirish uchun beriladi. 0 dan 2 ballgacha baho qo‘yiladi.
6. Sonlar qatorini takrorlash subtesti. Qisqa muddatli xotira va diqqatni o‘rganishga mo‘ljallangan, ikki qismdan iborat: sonlarni to‘g‘ri va teskari tartibda eslab qolish va takrorlash. O‘ng va teskari takrorlashlarni baholash qatordagi to‘g‘ri esga tushirilgan raqamlar soniga teng. Subtestning umumiy bahosi o‘ng va teskari takrorlashning umumiy bahosiga teng.