Korxonada umumxo‘jalik faoliyatdan foyda yoki soliq to‘langungacha foyda o‘tgan yilga nisbatan biroz bo‘lsada kamayganligi.
Korxonada sotishdan foyda hisoblanganda moliyaviy faoliyat bo‘yicha zararning mavjudligi
Korxonaning moliyaviy natijasi bo‘lib umumxo‘jalik faoliyatdan foyda yoki soliq to‘langungacha foyda hisoblanadi. SHuning uchun uni hosil qiluvchi elementlarni bilish kerak. Korxonada bu foydaning kamayishiga moliyaviy faoliyat bo‘yicha zarar ta’sir ko‘rsatyapti. Bu esa korxona eksport bilan shugullanganligi uchun valyuta kursining o‘zgarganligi va kreditorlik, hamda debitorlik qarzlarining ko‘payganligi bilan tushuntiriladi. Talaba korxonada umumxo‘jalik faoliyatdan foyda yoki soliq to‘langungacha foyda va rentabellik qancha bo‘lganligini hisoblashi kerak. Bu hisob kitob ilovada ko‘rsatiladi.
Ilova 1 O‘qituvchining javobi: Umumxo‘jalik faoliyatdan foyda quyidagicha aniqlanadi:
Umumxo‘jalik faoliyatdan foyda= Sotishdan foyda + boshka xizmat ko‘rsatishlardan olinadigan foyda moliyaviy faoliyat bo‘yicha foyda(zarar)
Bu formuladan foydalanib 2017 yilda umumxo‘jalik faoliyatdan foydani aniqlaymiz.
1045215,6 ming so‘m +12 260 ming so‘m - 511985,4 mingso‘m = 545490,2 mingso‘m.
2017 yilda ishlab chiqarish rentabelligini aniqlaymiz.
Ishlab chiqarish rentabelligi umumxo‘jalik faoliyatdan foyda yoki soliq to‘langungacha foydaning (BF) o‘rtacha yillik ishlab chiqarish fondlari qiymatiga (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘lar) nisbati orqali aniqlanadi:
Ishlab chiqarish rentabelligi= =11,54%
2016 yilda umumxo‘jalik faoliyatdan foydani hisoblaymiz:
Umumxo‘jalik faoliyatdan foyda = 545490,2m.s.+ 25450m.s. =
570940,2 m.s.
O‘tgan yilga nisbatan rentabellikning o‘zgarishi = 11,54%-11,68%=
- 0,14%
2017 yilda hech qanday favqulotda zararlar yuz bermaganligi sababli umumxo‘jalik faoliyatidan foyda soliq to‘langungacha foydaga tengdir.
2017 yil uchun sof foydani aniqlaymiz:
Sof foyda=Soliq to‘langungacha foyda-(Soliq to‘langungacha foyda*7,5%)=545490,2 –( 545490,2 *7, 5%)= 504578,44m.s.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘ini hisoblaymiz=504578,44m.s.*8%= 40366,2
Ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi uchun pul mablag‘ini hisoblaymiz:
(504578,44-40366,2m.s)*40%=185684,89m.s.