Internet saytlari
Elektron resurclar
http://www.ziyonet
http://www.stat.uz
3.http://www.norma.uz
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
Davlat korxonasi
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
“ SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI”
fanidan
Seminar mashg‘ulotlari uchun
Navoiy-2022
1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)
1.1. Korxonalar mohiyati va faoliyatning asosi
1.2. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari
1.3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;
ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;
tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;
moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo‘jalik huquqi normalarida ko‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi, kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bo‘lish usullari va olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va mazmuniga bog‘liq bo‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko‘rinishlari xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi.
Dostları ilə paylaş: |