3. Korxonada buxgalteriya xizmatini tashkil etish bilan tanishish



Yüklə 425,21 Kb.
səhifə1/4
tarix06.07.2023
ölçüsü425,21 Kb.
#135863
  1   2   3   4
hisobot2023

MUNDARIJA


1.Kirish………………………………………………………….
2.Korxonaning umumiy xususiyatlarini, tashkiliy-huquqiy shaklini, boshqaruv tuzilishini o'rganish
3.Korxonada buxgalteriya xizmatini tashkil etish bilan tanishish.
4.Korxonada qo'llaniladigan buxgalteriya registrlari va shakllarini o'rganish.
5.Schotlar ro’yxati va ikki tomonlama yozuvlardan foydalanishni o'rganish
6.Korxonaning buxgalteriya siyosati va buxgalteriya hisobi qoidalari bilan tanishish
7.Hisob siyosatida tasdiqlangan buxgalteriya hisobi bo'yicha tasdiqlangan hisob-kitob rejasi bilan tanishish
8. Buxgalteriya balansini tuzilishini va moddalarini o’rganish
9. Korxonaning moliyaviy hisobotlar tarkibi va moliyaviy hisobotlari bilantanishish.
10. Korxonaning hisob siyosati bilan tanishish
11.Xulosa

KIRISH
Zamonaviy iqtisodiyotda iqtisodiyot organlarining amaldagi tuzilmasi, ularning ishini tashkil qilish prinsip va usullari iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy talablariga, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi tuzilmaviy oʻzgartirishlarga javob bermoqda. Xususan, iqtisodiyotning oʻzgarishi sharoitida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asoslangan maqsadli yoʻnalishlarini (indikatorlarini) shakllantirish, shuningdek, mavjud ichki va tashqi omillarni hamda islohotlarning strategik ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini aniqlash tizimi yo’lga qo’yilgan.


Iqtisodiyotning hududiy va tarmoq taraqqiyoti, shu jumladan, urbanizatsiya salohiyatini amalga oshirish orqali mutanosiblikni taʼminlash uchun ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish tizimi kerakli darajada yoʻlga qoʻyilmoqda. Bozor tamoyillarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, bozorni raqobatbardosh tovarlar bilan toʻldirish va ularni tashqi bozorlarga yoʻnaltirish hajmlarini oshirish boʻyicha zarur tadbirlar ishlab chiqilyapti. Natijada, barqaror ishchi oʻrinlari yaratish darajasi pastligicha saqlanib qolayotganligi aholini, ayniqsa, qishloq aholisini barqaror daromad manbayi bilan taʼminlash imkonini bermaydi va sifatli inson kapitalini rivojlantirishga yo’l ochib bermoqda.
Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ishlab chiqarishning texnologik
tayyorgarligi va ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish, xom
ashyo tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishning texnologik
tayyorgarligi va texnik qayta qurollantirish darajasini oshirishni
ta'minlaydigan, ilg'or, iqtisodiy asoslangan, resursli va ekologik tejaydigan
texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish rejimlarini, korxona tomonidan
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va ishlab chiqarish
rejimlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadigan bosh
texnolog tomonidan amalga oshiriladi.
Ta'minot va savdo xizmati xodimlari tomonidan funktsional
majburiyatlarni bajarish mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyoni har
tomonlama, o'z vaqtida va bir xilda etkazib berish, zamonaviy, yuqori
texnologiyali uskunalar sotib olish va kompaniya mahsulotlarini sotib
oluvchilar oldida shartnoma majburiyatlarini bajarish imkonini beradi.
Mana shunday iqtisodiyotimizning rivojlanishiga katta hissa qo’shayotgan yosh korxonalardan biri “QAYNARKON” MChJ. Ushbu korxonani yosh xususiy tadbirkor H.Abdusamatov 01.01.2021 kuni rasman tashkil qilgan.
Amaliyot o’tayotgan korxona ma’sulyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil
etilgan. “QAYNARKON” MCHJ korxonasi bo’lib, masʼuliyati cheklangan
jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan
ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan
jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik
faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli
bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi.
Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va
huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari
qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar
chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi
oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin.

Korxonaning umumiy xususiyatlarini, tashkiliy-huquqiy shaklini, boshqaruv


tuzilishini, korxonaning kooperatsiyasini o'rganish

‘‘QAYNARKON’’_MCHJ'>QAYNARKON’’ MCHJ korxonaning ustavi O’zbekiston Respublikasining ‘‘Mas’uliyati cheklangan hamda qo’shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to’g’risida’’gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari , shuningdek jamiyat ishtirokchilarining 2021 –yil 28-yanvar dagi Ta’sis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
Korxonadagi jami ustav fond 20 000$ ni tahskil qilib , u ta’sischilar o’rtasida quyidagicha taqsimlangan.
Ushbu korxona ta’sischilari bir nafarni tashkil etadi:

  • ‘‘Abdusamatov Husanjon Baxodirovich’’ -100%

Abdusamatov Husanjon rahbarligida ushbu korxona mas’uliyati
cheklangan jamiyat hisoblanadi.
Jamiyat Farg’ona viloyati Beshariq tumani Yangi Baxmal qishlog’ida
joylashgan. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etilgan.
‘‘QAYNARKON’’MCHJ ni tashkil etishdan asosiy maqsad
ishtirokchilar manfaatlarini uchun foyda olish.
Jamiyat faoliyatining predmeti bo’lib Beton, qurilish gipsi va sementdan
boshqa buyumlar ishlab chiqarish hisoblanadi.
Shu jumladan:
Barcha turdagi qurilish maxsulotlarini ishlab chiqarish va sotish;
Ulgurji va chakana savdo;
Jismoniy va yuridik shaxslarga pullik xizmat ko’rsatish;
Bino va inshoatlarni qurish va ta’mirlash;
Export va import faoliyati;
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
Jamiyatning boshqarish organlari bo’lib quyidagilar belgilanadi:

  • Ishtirokchilarning umumiy yig’ilishi - oliy boshqaruv organi;

  • Direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.

Jamiyat ustav fondining 15% miqdorda zaxira fondi shakillantiradi.
Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda
tutilgan hollarda jamiyatning ustav fondidagi ulushni sotib olish uchun
mo’ljallangan.
‘‘QAYNARKON’’ MCHJ korxonasi Farg’ona viloyat Beshariq tumani
Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan №3878540 raqamli
guvohnoma asosida gips, alebastr ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.
QAYNARKON” MChJ iqtisodiyoti sharoitida ham buxgalteriya hisobi
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va
tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda
muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining
bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish
va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi.Shu boisdan ham
hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi
kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab
– bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir.

Korxonada buxgalteriya xizmatini tashkil etish va buxgalterga qo'yiladigan talablarni o'rganish.


QAYNARKON” MChJ iqtisodiyoti sharoitida ham buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni hamda muomalalarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy vazifani bajaradi.
Shu boisdan ham hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo‘yilgan eng asosiy talab – bu, uning kam xarajatli va sodda bo‘lishidir.
QAYNARKON” korxonasida ham hisob ishlari ana shunday tashkil etiladi va shu sababli buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishilmoqda. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o‘ziga xos tarmoq xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o‘rganish lozim.
Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘layotgan xo‘jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko‘rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta’minlash lozim. Shu bilan birgalikda korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma’lumotlar bilan ta’minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak. Jamiyat o’z faoliyatini mustaqil ravishda rejalashtiradi va o’z mahsulotiga va xizmatlariga narxlarini bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Buxgalterning vazifasi:
Korxonada sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini kuzatib borish;
Kuzatish orqali olingan ma’limotlarni miqdoriy ko’rsatkichlarda
ifodalash;
Korxona faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
Hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlash;
Xo’jalik jarayonlari ustidan nazarot o’rnatish va ularga ta’sir etish.
Buxgalter bajaradigan fumksiyalar korxonaning iqtisodiy jihatdan
asoslangan joriy va istiqbol ko’rsatkichlarini shakllantirish va
bajarilishi ustidan nazarot olib borishni ta’minlaydi.
“Qaynarkon” MChJda materiallar aktiv 10-schyotda hisobga olinadi. Moddiy
boyliklarning sintetik hisobi haqiqiy tannarxda yuritiladi, ya’ni moddiy
boyliklar sotib olish bahosi (ulgurji, chakana, shartnoma va transport
tayyorlov) xarajatlaridan tashkil topadi. 1000-«Materiallar» schyoti boshqa
schyotlar bilan quyidagicha aloqada bo‘ladi. Ushbu korxonada qabul qilingan
va sarflangan materiallarning hisobi maxsus «Ro‘yxatga olish»
vedomostlarida rasmiylashtiriladi. Materiallar xarajatlari to‘g‘risida ayrim
korxonalarda har 10 kunda dalolatnoma tuziladi va uni korxona rahbari
tasdiqlaydi va barcha kirim, chiqim jarayonlari bo‘yicha hujjatlar
buxgalteriyaga topshiriladi. 1000-schyotining hisobi 2-vedomostda 5-jurnal
orderda yuritiladi.

Yüklə 425,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin