Investitsiya – daromad olish maqsadida sarmoyani ishlab chiqarishga uzoq muddatga kuyish.
Investitsiyalash - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishi.
Investor- biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq muddatli sarmoya kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor, tashkilot yoki davlat.
Injiniring - tijorat asosida (shartnoma shaklida) turli xil muhandislik-maslahat xizmatlari ko‘rsatilishi.
Innovatsion menejment - yangi mahsulot, yangi usul, yangi bozor, yangi texnika, texnologiyani ishlab chiqarishga keng joriy etishni boshqarish.
Innovatsiya – inglizcha “innvation” o‘zbek tilida “yangiliklarni qo‘llash” manosini anglatadi va jamiyat rivojlanishi bilan o‘zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonini majmuasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yangi mahsulot, yangi usul, yangi texnologiya, yangi bozorni joriy etishni nazarda tutadi.
Infratuzilma- sanoat (yoki biron-bir boshqa) ishlab chiqarishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik tarmoqlari majmuasi. U transport, aloqa, savdo, moddiy-texnik ta’minot, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
Ishbilarmon – o‘z g‘oyasini, mablag‘ini, nufuzini hayotga tadbiq etish uchun tavakkal qiluvchi va daromad olish uchun faoliyat yurituvchi mulkdor.
Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to‘liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan mahsulotning maksimal (eng yuqori) hajmi.
Ishlab chiqarish menejmenti– ishlab chiqarishning operatsion tizimlarini yaratish, ularni rejalashtirish va ishlatish jarayonlarini boshqarish.