Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Metallarga gaz alangasida ishlov beruvchi apparaturalar va jihozlarni hisobga olish, saqlash, ko’rikdan o’tkazish, sinash va ta’mirlash bo’yicha yo’riqnoma v-26


Apparatura va jihozlarni hisobga olish va saqlash



Yüklə 93 Kb.
səhifə2/4
tarix09.06.2023
ölçüsü93 Kb.
#127879
1   2   3   4
KL3EE5~1

2.Apparatura va jihozlarni hisobga olish va saqlash

2.1.Asboblar omborxonasiga kelib tushadigan yangi apparaturaning sozligi tekshirilgan va gaz bilan qirquvchi apparaturalarning hisobga olish va sinovi hamda ta’mirini qayd qilish jurnalida qayd qilish bilan markalangan bo’lishi kerak (jurnal shakli 1-ilovada keltirilgan).


2.2.Uchastkalarda (stexlarda) mavjud bo’lgan barcha gaz alangasida metallarga ishlov beruvchi apparatura va jihoz hisobga olish va berish jurnalida qayd qilingan bo’lishi kerak. (2-ilova)
2.3.Uchastkalarda (stexlarda) mavjud bo’lgan apparatura va jihoz alohida omborxona yoki maxsus ajratilgan joylarda (stellajlarda, shkaflarda) saqlanishi lozim. Nosoz apparatura sozidan alohida holda saqlanishi lozim.
2.4.Apparatura bilan birga lattalar, eki-tuski uvada, yonuvchi va moylash materiallarini, yog’larni, bo’yoqlarni va hakazolarni, shuningdek begona detallar va asboblarni saqlash man etiladi.
2.5.Apparaturani moy, yog’ va hakozolar bilan moylash taqiqlanadi.
2.6.Shlang xonada -20 dan +25 gradus S gacha temperaturada balandligi 1,5m dan ortiq bo’lmagan kalavalarda yoki eshilgan holatda saqlanishi va issiqlik o’tkazmaydigan asboblardan 1m dan kam bo’lmagan masofada joylashtirilishi lozim.
2.7.Shlang quyosh va issiqlik nurlarining to’g’ridan-to’g’ri ta’siridan, unga rezina va ip g’altagini buzuvchi moylar, benzin, kerosin, kislota, ishqor va boshqa moddalar tushishidan himoyalangan bo’lishi lozim.
2.8.Shlangni azon ajratib chiqarish qobiliyatiga ega ishlab turgan radioelektron va boshqa jihozlar, shuningdek ultrabinafsha nurlarini chiqaruvchi sun’iy yorug’lik manbaalari yaqinida saqlash man etiladi.
2.9. Uchastka (stex) omborxonalaridan rezaklar, gorelka, reduktor, manometr, shlanglar va boshqa apparaturalarni nosoz holatda berish taqiqlanadi.
3.Apparaturani ko’rikdan o’tkazish, tekshirish va sinash tartiblari

3.1.Yangi apparatura (rezaklar, gorelkalar, reduktorlar va hakozolar) ishlatishga berilishdan oldin jurnalga qayd qilinib sozligi tekshirilgan bo’lishi lozim.


3.2.Ishlatilayotgan apparatura va jihoz har kunlik va rejali ko’rikdan o’tkazilib turilishi lozim.
3.3.Gaz payvandlovchi (gaz bilan keskich) tomonidan har kuni ish boshlanishidan oldin, unga biriktirilgan gaz apparaturalarning har kunlik ko’rigi o’tkaziladi, bunda quyidagilar tekshiriladi:
-reduktorlarga o’rnatilgan manometrlarning sozligi, manometrda tekshirish sanasi bilan shtampning mavjudligi;
-ballon reduktorlarning saqlovchi klapanlarida, ularning zavoddagi rostlanishi buzilmaganligini isbotlovchi tamg’a va boshqa belgilarning mavjudligi;
-gorelkalar (rezaklar), reduktorlar, yo’g’on shlanglar, zichlovchi qistirmalarning sozligi;
-apparaturada mexanik shikastlanish yo’qligi, rezbali birikmalarning sozligi. Birikmalari eskirgan gaz apparaturasini ishlatish man etiladi;
-moy, qum, metall kuyindisi va hakozolar bilan ifloslanmaganligi;
-gaz shlanglarini gorelka (rezakka) va reduktorga birikishi zich va mahkamligi, shuningdek ham birikish joylaridan, ham salniklardan, payvand joylari va ventillardan gaz chiqmayotganligi. Gaz sizishi yo’qligini tekshirish sovun eritmasini surtish yoki suvga botirish bilan (gaz sizayotgan bo’lsa pufak paydo bo’ladi) amalga oshiriladi. Gaz sizishini aniqlash uchun ochiq olovni qo’llash man etiladi.
3.4.Gaz chiqaradigan (zichlanmagan) shlang, reduktorlar va boshqa jihozlarni darhol soz, oldindan gaz sizdirmovchanligiga tekshirilganlar bilan almashtirish lozim. Zichlanmagan apparaturalarni ishlatish man etiladi.
3.5.Ust gaykasidagi rezbasi nosoz reduktorlardan, shuningdek nosoz manometrli yoki tekshirish muddati o’tgan manometrli reduktorlardan foydalanish taqiqlanadi.
3.6.Shlanglarning tashqi yuzasida qatlamining ko’chgan joylari, kuch g’altagining yalang’och uchastkalari, pufaklar, uning ishlatish sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi majaqlanish va boshqa nuqsonlari bo’lmasligi lozim.
3.7.Shlanglarning ichki yuzasida qatlangan, g’ovak va yoriq joylari bo’lmasligi kerak.
3.8.Nuqsonli shlanglarni qo’llash, shuningdek ularni izolenta yoki shunga o’xshash materiallar bilan o’rash taqiqlanadi.
3.9.Rezak va garelkalar oyiga bir marta va nosozligiga shubxa qilingan hamma holatlarda gazni o’tqazuvchanligiga tekshiriladi va jurnalda natijalari qayd qilib qo’yiladi (jurnal shakli 3-ilovada keltirilgan).
3.10.Kislorodli va astetilenli reduktorlarning texnik ko’rik va sinovdan o’tkazish har chorakda bir marta amalga oshiriladi.
3.11.Reduktorlar 13861-80 Davlat standartlari bo’yicha sinovdan o’tkaziladi. Reduktorlarning barcha sinovlari chang, nam va moydan tozalangan azot yoki siqilgan havo bilan amalga oshiriladi.
3.12.Kerosin kesgich rezaki va bochkasi oyiga bir marta gazni o’tkazmasligi tekshiriladi va natijalari maxsus jurnalga qayd etiladi. Yoqilg’i uchun bachok bosim 1MP bo’lgan gidravlik bosimda uning mustaxkamligi, 0,5MP pnevmotik bosim bilan esa zichligi tekshiriladi.
3.13.Manometrlarning tekshiruvi, ularni tamg’alab qo’yish bilan yiliga bir marta amalga oshiriladi va natijasi jurnalga yozib qo’yiladi.
3.14.Gaz apparaturasi sinovdan o’tkaziladigan xona yondosh xonalardan to’siq bilan ajratilgan va yong’in o’chirish vositalari bilan jihozlangan bo’lishi lozim.
3.15.Sinov paytida gaz payvandlash va gaz bilan qirqgich apparaturalarning ishlatish qoidalariga rioya qilish lozim. Gaz apparaturasini sinash paytida xonada begona shaxslar bo’lishi man etiladi.

Yüklə 93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin