Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Shimoliy Kon Boshqarmasi Ishlab chiqarish xonalari farroshining mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə2/2
tarix09.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#127886
1   2
KL-Инструкция 9-35 по ОТ для уборщицы

3. Ish paytida xavfsizlik talablari

3.1. Yig’ishtirishni devordan, deraza va shkaflardan, maxsus tagliklardan changni artish bilan boshlash kerak.


3.2. Deraza oynalarini yuvishdan oldin ularni mustahkamligiga, moslamalarning mustahkamligiga va ular harakatini ishonchliligiga ishonch hosil qilish.
3.3. Deraza oynalarining tashqi tomonlarini tozalash va yuvish ikki ishchi tomonidan saqlovchi belbog’ va arqondan foydalangan holda amalga oshiriladi, arqonni bo’sh uchi ishonchli mahkamlangan bo’lishi kerak.
3.4. Changni artib bo’lgach, polni yig’ishtirishga kirishiladi. Pol hullash usuli bilan yig’ishtiriladi va butun chiqindilar mustahkam qopqoqlik maxsus yashikka olib chiqiladi.
3.5. Yig’ishtirishni amalga oshirishda 40 S dan yuqori bo’lmagan issiq suvni ishlatish lozim. Suvni maxsus ajratilgan joydan olish kerak.
3.6. Nam holda supurib-sidirishni 0,2% xlor eritmasi bilan amalga oshirish kerak.
3.7. Yuvuvchi eritmalardan foydalanishda qo’yidagi talablarga rioya qilishi kerak:
-xlorli suvni tayyorlashda – bir chelak iliq suvga 100 gr dan ko’p bo’lmagan -xlornoy kukuni qo’shiladi;
-yuvuvchi eritmalarni tayyorlash faqat kuzoynak va rezina qo’lqopda amalga oshiriladi;
-eritmani yog’och tayoqcha bilan aralashtiriladi. Eritma bor butilka tiqin bilan berkitiladi va 20 soat tindiriladi.
3.8. Ohakli bochkani “Shu erdan ochiladi” yozuvi bor tomonidan ochish. Xlori bor namlangan kukun ishlatishga yaroqsiz.
3.9.Kuchsiz yuvuvchi eritmalarni va qaynoq suvni chelakda, uni ¾ miqdorda to’ldirgan holda tashiladi.
3.10.Qo’lda tekis gorizontal balandlikda tashiladigan yukni normasi bir kishiga qo’yidagidan oshmasligi kerak:
- 16 yoshdan 18 yoshgacha o’smir qizlar uchun -10 kg
- 16 yoshdan 18 yoshgacha o’smir yigitlar uchun -16 kg
- 18 yoshdan yuqori ayollar uchun -15 kg
- 18 yoshdan yuqori erkaklar uchun -50 kg
3.11.Ishlab chiqarish binolarini supurib-sidiruvchiga taqiqlanadi:
-elektroshkaflar jihozlarini, boshqaruv knopkasini, qushuvchini, elektrodvigatellarni va boshqa tok qabul qiluvchilarni yig’ishtirish va tozalash;
-lampalarni almashtirish;
-polga o’rnatilgan har qanday tok qabul qiluvchilar mavjud bo’lgan binoni shlang bilan yuvish;
-shiftlarni tozalashda eritmalarni qo’llash;
-rezina qo’lqopsiz san uzellarni tozalash;
-chiqindilarni maxsus engsiz va maxsus moslamalarsiz (sovok, supurgi, latta, shetok) yig’ishtirish;
-deraza oynasini tashqarisini maxsus moslamalarsiz yuvish;
-yoritilmagan joylarda ishlash;
-isitish sistemasidagi issiq suvdan foydalanish;
-ish uchun moslangan taglikdan foydalanish;
-har xil buyumlar va materiallar bilan uyulib yotgan binoni supurib-sidirish.


4. Ish tugashiga xavfsizlik talablari

4.1. Barcha uskunalarni, inventor va moslamalarni maxsus ajratilgan joyga olib qo’yish.


4.2. Iliq suvda sovun bilan yuvinish. Iloji boricha dush qabul qilish.
4.3. Barcha aniqlangan kamchiliklar to’g’risida ish rahbarini xabardor qilish.

KELIShILGAN”


Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil

Tarjimon: Raxmonova I.M.


Tel: 597-29-37



Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin