Reja: 1. Menejment jarayoni mazmuni.
2. Boshqarish maqsadlari.
3. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi.
4. Bozorning menejment funksiyasiga ta’siri.
1. Menejment jarayoni mazmuni Menejment butun boshqaruv tizimining uzluksiz amal qilishi jarayonini ifodalaydi. U mehnat jarayonining barcha xususiyatlariga ega. Umuman menejment jarayonini texnologiya (qanday amalga oshiriladi), tashkil etish (kim va qanday tartibda) nuqtai nazaridan tavsiflash mumkin. Boshqaruv jarayoni mazmunining uch jihatini ajratish mumkin: texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy va ijtimoiy.
- Texnikaviy jihatdan bu mahsulot ishlab chiqarish, metall yoki neft ajratib olishni boshqarish;
- ishlab chiqarishda - bu ishlab chiqarishni tashkil etish jarayoni, ya’ni bo’linma, sex, korxonalar o’zaro ta’sirini boshqarish;
- iqtisodiy jihatdan ishlab chiqarish, ish kuchi va butun iqtisodiy munosabatlar tizimiga rahbarlik qilish;
- ijtimoiy jihatdan - bu mehnat jamoasi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, insonni tarbiyalashdir.
Boshqaruv jarayoni texnologiyasi boshqaruv xodimlari tomonidan bajariladigan operatsiya va amallardan iboratdir.
Shunday qilib, menejment jarayoni rahbar va boshqaruv apparatining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilarning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha maqsadli harakat qilishidir.
U tizimning holatini baholash, uni yaxshilash yo’llarini izlash yoki undagi salbiy xislatlarni bartaraf qilish bilan bog’liq ishlarni tavsiflaydi. Muammo bosqichida tizimning hozirgi holatining uni rivojlantirish maqsadiga nisbatan mavjud qarama-qarshiliklarini aniqlash ko’zda tutiladi. Qaror qabul qilish bosqichi rahbarning amalda tashkiliy faoliyatiga o’tishini ifodalab, qaror qabul qilish bilan boshqariladigan tizimga ta’sir o’tkazila boshlanadi.
Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari va an’anaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir. Axborot-tahlil faoliyat axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; tahlil, hisob, qarorlar variantlarini ishlashdan iborat; tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.zo.lar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish, nazorat qilish ham zarur. Ayni shu operatsiyalar yig’indisidan rahbarning tashkiliy faoliyati tashkil topadi.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va ta’minot, moliyalashtirish va biznes-reja; narxni belgilash va kredit berish funksiyalarini bog’lashni ta’minlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlarini (maqsad-usul, maqsad va kadrlar, qarorlar va usullar, usullar va tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni ta’minlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot iste’molchilari, xom ashyo bilan ta’minlovchilar va korxona o’rtasida va h).