2. Boshqarish maqsadlari Hamma boshqaruvning uzluksiz ishlash jarayoni menejmentdir. Bu boshqaruv apparatining mehnat jarayonidir. Umumiy holda menejmentni quyidagicha tavsiflash mumkin: texnologiya nuqtan-nazaridan (qanday bajariladi), tashkillashtirish (kim tomonidan va qanday tartibda) va mazmunan (aniq nima qilinadi).
Menejment iqtisodiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, hamma iqtisodiy muammolarni boshqarish tizimsi, insonlarni boshqarish. Menejment ijtimoiy nuqtai-nazaridan - bu, avvalo, mehnat jamoalari ijtimoiy talablarini qondirish, insonni tarbiyalash. Menejment jarayoni texnologiyasi esa boshqaruv apparati xodimlarining bajarayotgan amaliy ishlaridir.
Shunday qilib, menejment jarayoni qo’yilgan masalaga erishish uchun boshqaruv apparati rahbari va odamlarning kelishilgan holda hamohang faoliyat ko’rsatishidir.
Muammolar bosqichida tizimni joriy holatidagi asosiy qarama-qarshiliklar, tizim ishini yaxshilash uchun nimalar qilish kerakligi aniqlanadi. Yechim bosqichi rahbarning amaliy ishlarga o’tish faoliyatidir. Qaror qabul qilinishi bilanoq boshqariluvchi tizimlarga aniq ta’sir ko’rsatiladi, alohida oddiy boshqaruvga oid harakatlar bajariladi.
Menejment jarayoni uslubi quyidagilar: axborot-analitik va tashkiliy ishlar.
Axborot-analitik ishlar quyidagilardan iborat: axborotlar yig’ish, tahlil etish, axborotni qayta ishlash va uzatish, boshqaruv qarorlari variantlarini ishlab chiqish, boshqaruv qarorlari variantlariga doir axborotlarni saqlash va boshqalar.
Tashkiliy ishlar quyidagilardan iborat: tushintirish, ishontirish, rag’batlantirish, topshiriqlarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish, ta’sir etish va boshqalar.
Insonlarni boshqarish nafaqat qarorlar qabul qilish bilan, balki uni bajarilishni nazorat qilishni ham taqozo etadi. Afsuski, ko’p holatlarda hayotimizda menejment jarayoni bajarilishi har taraflama tashkil etilmaydi, uni tashkiliy, mazmunan, texnik tomonlari o’zaro bog’lanmaydi.
3. Menejment funksiyasi klassifikatsiyasi va tushunchasi Menejment jarayoni mazmuni uning funksiyalarida ko’rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalarni yechishga yo’naltirilgan bir turli ishlar yig’indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar ma’suliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo’lim to’g’risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko’rsatmalarda o’z ifodasini topadi. Boshqaruv jarayonining funksional tahlili har bir funksiya uchun ish hajmi asoslarini tashkil etadi, boshqaruvchilar sonini belgilaydi va boshqaruv tizimini loyihalashtiradi.
g) muvofiqlashtirish - texnik, iqtisodiy, ijtimoiy masalalarni birga hal etishda barcha boshqaruv funksiyalarining kelishi. Bundan o’zaro aloqa o’rnatiladi, amaldagi me’yor va me’yoriy hujjatlardan chetlanilsa ogohlantiriladi.
d) rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokrataya asosida faollashtirish, uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarish;
ye) hisob va nazorat - bu boshqariluvchi tizim holatining nazorat va hisobga olish, ishni bir me’yorda ta’minlashni boshqarish.
Agar boshqariluvchi ob’ekt o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa, boshqaruv funksiyalari ham faoliyat ko’rsatadi. Biroq, korxona timsolida quyidagi funksiyalarni ajratish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
v) mahsulot sifatini boshqarish;
g) mehnat va ish haqini boshqarish va boshqalar.
Har bir aniq funksiya menejment funksiyasining tarkibiy qismi bo’lib, ular o’z navbatida yana bir necha qismga bo’linadi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish, marketing, rejalashtirish, rag’batlantirish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Hamma funksiyalar o’zaro aloqada bo’ladi.