(259soz)
ALPOMISH QAHRAMONLIK QOSHIGI
Malumki, bu dunyoda har qaysi millatning oz afsonaviy qahramonlari, ozi sevib ardoqlaydigan pahlavonlari boladi. Xalqimiz azaldan oz vujudi, oz tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bolmoqqa intilib, oz oglonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan.
Shu manoda, xalq ogzaki ijodining noyob durdonasi bolmish Alpomish dostoni millatimizning ozligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga otib kelayotgan qahramonlik qoshigidir. Agarki, xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bolsa, Alpomish ana shu dostonning shoh bayti, desak, togri boladi. Bu mumtoz asarda tarix tofonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, ozligini doimo saqlagan el-yurtimizning bagrikenglik, matonat, oliyjanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari oz ifodasini topgan.
Shu bois Alpomish dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgoy bolishga, oz yurtimizni, oilamiz qorgonini qoriqlashga, dost-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga orgatadi.
Bir paytlar, aniqrogi, otgan asrning 50-yillarida, milliy merosimizning kopgina namunalari kabi, Alpomish dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qoralanib, qatagonga uchragan edi. Usha ogir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat korsatib, uni saqlab qolishga muvaffaq bolganliklarini bugun minnatdorlik bilan eslaymiz.
Bu olmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, oz iymon-etiqodidek asrab-avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz Alpomish dostoni asosida tarbiya topgan, ozligini anglagan, manaviy boylikka ega bolgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Chunki Alpomish dostoni ijodiy tafakkurimiz, manaviy boyligimizning yorqin namunasi bolib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekanini, xalqimiz qanday tabiiy-ijtimoiy muhitda shakllanib, rivojlanganini, ajdodlarimizning olis davrlarda ham jamoa bolib, bir-biriga yelkadosh bolib, oz boshiga tushgan qiyinchiliklarni birgalikda yengib yashaganini yorqin boyoqlarda tasvirlab beradi.
Bir soz bilan aytganda, xalqimizning yengilmas bahodiri Alpomish timsolida biz Vatanimizni yomon kozlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, kerak bolsa, bu yolda jonini ham fido qilishga tayyor bolgan azamat oglonlarimiz bugungi Alpomishlarning manaviy qiyofasini koramiz.
Dostları ilə paylaş: |