(250 soz)
NIMA EKSANG, SHUNI ORASAN
Bir yigit kozlari xiralashgan, ovqat yeganda qollari qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.
Bir kuni chol bechora qoli titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni korgan kelini nordon sozlar aytib, uning konglini vayron qildi. Shundan keyin otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga kochirdi. Kelin esa, eri keltirib bergan yogoch kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. Ogli va kelinining bu yaramas muomalalaridan kongli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, bazan oksib-oksib yiglardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola bobosining yoniga kelib otirardi, masuma sozlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qaygu-alamlarini yengillashtirardi.
Bola bir kuni qoliga pichoq olib, bir yogochni yonib otirardi. Shu payt dadasi kelib qoldi. Oglining yogoch yonib otirganini korib:
- Oglim, nima qilyapsan? -deb soradi. Ogli yugurib kelib dadasini quchoqladi va erkalanib:
Oglining bu sozi yigitga qattiq tasir qildi. U koz yoshi qilib otasining huzuriga kirdi, tiz chokib uzr soradi, quchoqlab opib, uning konglini kotardi. Darrov uni ozi turgan uy yonidagi issiq xonaga kochirdi. Har doim otasining holidan xabar olib turdi, u bilan birga ovqatlandi. Kelin ham qaynotasining izzat-hurmatini orniga qoya boshladi. Ogli bilan kelinining bu ishlaridan xursand bolgan ota:
- Bolalarim, mana endi konglim qaygu-alamlardan ozod boldi, sizlardan roziman, shu kichkina qozichogim sizlarni gaflat uyqusidan uygotdi, - deb nevarasini tizzasiga otqazdi va yuz-kozlaridan opib, duo qildi.
Dostları ilə paylaş: |