YAXSHIDAN BOG QOLADI
Koklam kunlarining birida Sulton Husayn saroyda yolgiz otiraverib zerikib ketibdi-da, ancha vaqtdan beri Mir Alisherdan darak bolmadi, borib holidan xabar olib kelay, deb dosti yashaydigan mahallaga yol olibdi.
Borib qarasa, Mir Alisher yeng shimarib, bogida ishlayotgam emish. Buni korgan Sulton Husayn otidan tushib, dosti bilan sorashgach:
Hormang, dostim! Nega shoirlar majlisida korinmay qoldingiz desam, bogbonlikni pesha qilibsiz-da! debdi.
Mir Alisher ham belbogi bilan peshonasidagi terini artar ekan:
Koklam kelsa, kochat ek, degan ekan mashoyixlar. Shu bogdagi qurigan olmalarni qoparib tashlab, orniga 3-4 tup yongoq ekyapman,- deb javob beribdi.
Ey dostim-ey, qarigan chogingizda bog qilishning sizga nima keragi bor, axir. Siz bilan men yoshimizni yashab, oshimizni oshab bolgan bolsak, bu yongoqlaringiz qachon hosilga kiradi-yu, siz qachon mevasidan yeysiz?! Umringizning oxirida mana shu bogdagi mevalarning boriga qanoat qilib, soya-salqinda tinchgina gazal bitib otiravermaysizmi!?
Dostim, yaxshidan bog qoladi, -degan naqlni eshitganmisiz? Men bu kochatlarni ozim uchun emas, mana shu mahallamiz kochalarini changitib yurgan bolalar, balkim ularning bolalari uchun ekyapman. Bir kun kelib, balkim ularning har biri azim daraxt bolib hosil bera boshlasa, odamlar uning mevasidan tatib korishganda: Bu bog Alisherdan qolgan! deyishsa, shuning ozi menga har qanday nematdan lazzatliroqdur, - deb javob beribdi.
Bu gaplarni eshitgan Sulton Husayn Mir Alisherning saxovatiga qoyil qolib, unga bir hamyon tola tilla chiqarib beribdi. Mir Alisher tillaga qarab turib:
- Ana, kordingizmi, dostim, ekayotgan kochatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi, - deya kulib qoyibdi.
Sulton Husayn Mir Alisherning hozirjavobligiga yana bir bor qoyil qolgan ekan.
Dostları ilə paylaş: |