(174 soz).
HUNARLI KISHI XOR BOLMAS
Bir podshohning yolgiz arzanda ogli bor ekan. Vaziri podshohga ogli yaxshi inson bolishi uchun unga hunar orgatish lozimligini aytibdi.
Podshoh mamlakatdagi eng yaxshi hunarmandlarni saroyga taklif etibdi. Ular yosh shahzodaga gilam toqishni, kulolchilikni, novvoylikni, oshpazlikni va boshqa kop hunarlarni orgatishibdi. U hunarli bolib voyaga yetibdi. Shahzoda ov qilishga ham qiziqar ekan.
Bir kuni u ov qilib yurib, kiyik ketidan quvibdi va ormonda adashib qolibdi. Ormon yaqinida qaroqchilar yashar ekan. Ular shahzodani tutib olib, oz maskanlariga qamab qoyishibdi.
Podshoh, ogli ovdan qaytmagach, rosa tashvishlanibdi va vaziridan sorabdi. Vazir esa: Olampanoh, biroz vaqt otsin, song bozorga odamlarni yuboring, oglingiz haqida biror xabar bolib qolar, - debdi.
Podshoh navkarlari bozorni aylanib yurishsa, katta gilam sotilayotgan ekan. Ular podshohga bu haqda darrov xabar berishibdi. Gilam juda qimmatbaho va gozal ekan. Podshoh ularga gilamni sotib olib kelishni aytibdi. Gilamga diqqat bilan qarashsa, uni shahzoda toqigan ekan. Unda shahzodani qanday topish mumkinligi yozilgan ekan. Navkarlar shahzodani tezda topib keltirishibdi. Podshoh vaziriga rahmat aytibdi. Chunki ogli xavf-xatardan hunari bor bolgani uchun qutulgan edi.
Shunga aytadilar-da: Yigit kishiga yetmish hunar oz, deb.
Dostları ilə paylaş: |