(176 soz)
AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ
Ulug shoir A.Navoiyning Pahlavon Muhammad degan shogirdi, ham dosti bor ekan Shoir uni juda yaxshi korar, shogirdi bolsa ham, qadrdon, sirdosh dost deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir gunoh qilib qoyib, shu tufayli Sulton Husaynning qattiq gazabiga uchrabdi.
Voqea bunday bolibdi: Sulton Husayn gazab otiga minib turgan bir paytda Pahlavon Muhammadning gunoh ish qilib qoyganini yetkazishibdi. Husayn Boyqaro: Pahlavonning soqol-moylovini qirib tashlanglar, song kaltadum libos kiydirib, kochama-kocha sazoyi qilinglar,-deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bolganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday olmasligini anglab, uni bu sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi.
Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib borib: Sultonim malumingizkim, men va Pahlavon Muhammad yoshligimizdan bir xil kiyinamiz, birga soqol-moylov qoyib, dost-birodar bolib yuramiz. U boshqa kiyinib, men boshqa kiyib yursam, ortadagi ahd buzilib, gapimiz tuzsiz, ozimiz subutsiz bolib qolamiz. Buyursangiz mening soqol-moylovlarimni qirsinlar, menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga berilgandek kalta libos kiygizib, dostim bilan birga sazoyi qilsinlar, - debdi.
Navoiyning shogirdi hamda dostiga bolgan sadoqatini, mehr- oqibatini korgan Husayn Boyqaro gazabidan tushib qolganini ozi ham bilmay qolibdi-da:
-Pahlavonning gunohidan otdim, jazo qoldirilsin, -deb farmon beribdi.
Dostları ilə paylaş: |