(131 soz)
MEHNAT, KASB-HUNAR MADANIYATI
Agar atrofdagi olamga diqqat bilan nazar solsangiz, ozingiz, kelgusi hayotingiz uchun ibrat boladigan kop narsalarga guvoh bolasiz. Oyogingiz ostiga qarang:yuzlab, minglab chumolilar tinim bilmay mehnat qilayotganini, uyasiga zarur narsalarni tashiyotganini korasiz. Biri qiynalsa ikkinchisi, uchinchisi yordamga kelyapti, birortasi chetga chiqib, qol qovushtirib turgani yoq. Ular uchun yer ostidagi mana shu kichkinagina joy vatan hisobiga otadi. Shu yerda tinch, osoyishta, xotirjam yashamoq niyati ularni oyoqqa turgizgan, mittigina yuraklariga shijoat, qildek oyoq-qollariga gayrat baxsh etgan.
Oilaning moddiy va manaviy ahvoli mehnat tufayli yuksaladi. Oila azolarining mavqeyi, mahalla-koydagi obrosi, ularga nisbatan ozgalar munosabati ham qilingan mehnatning natijalari asosida quriladi. Bir kun kelib inson olamdan otgach, uning mehnati, foydali ishlari yaxshi sozlar bilan esga olinadi. Ota-onaning oilada farzandlariga orgatgan mehnat saboqlari, kasb-kori avlodlari uchun bebaho boylik bolib qoladi.
Inson shunchaki qora mehnat kishisiga aylanib qolmasligi uchun yoshligidan kasb-hunar organishga qunt qilmogi lozim.
Dostları ilə paylaş: |