DOSTLIKNI SAQLASH QIYIN
Ali bilan Vali inoq dost edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas qilishardi. Oqish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida dosti Validan rangli qalamlaridan foydalanib turishni soradi. Lekin Vali dostining iltimosiga royxushlik bermay debdi: Yoq, bermayman. Men rangi ketmasin deya, bilib qalamlarni uyida qoldirganni yomon koraman”. Qalin dostining gapidan Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu-shu ikki sinfdoshning orasiga sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali sinfdoshlarini tugilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bolgan pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va Ertaklar toplamini sovga tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi dostlik rishtalari yana qaytadan mustahkam boglanibdi.
DOSTGA VAFO
Dostlikning eng muhim sharti vafo. Dostiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Aksincha, dostiga xiyonat qilgan inson xalqqa, millatga, Vatanga ham xiyonat qilmasligiga kafolat yoq. Haqiqiy dost ortogining muvaffaqiyatidan, galabasidan xuddi ozinikidek quvonadi, muvaffaqiyatsizligidan xafa boladi, tashvish chekadi. U dostining xato-kamchiliklarini, notogri qoygan qadamini yuziga aytadi. Bundan kozlagan maqsadi aniq: dostini gaflat uyqusidan uygotish, togri yolga solish, uni sharmandalikdan saqlab qolishdir. Bir soz bilan aytganda, dostidan ayrilib qolmaslik!
Dost achitib gapirar, dushman kuldirib degan naqlga binoan dost achchiq haqiqatni gapiradi, lekin uning mevasi shirindir. Dushman esa, sherigining xatosini korsa ham ozini kormaganga, sezsa ham sezmaganga oladi. Uning maqsadi bu odamning sharmanda bolishi, el-u yurt ihida obrosi tokilishini korish, shundan quvonishdir.
Haqiqiy dost topish, dostni yana qalinroq dost qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning ozidir.
Dostları ilə paylaş: |