Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə3/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
diktantlar

DO‘STLIKNI SAQLASH QIYIN
Ali bilan Vali inoq do‘st edilar. Ularga sinfdoshlari ham havas qilishardi. O‘qish kunlarining birida Ali rasm qalamlarini uyda unutib qoldiradi. Rasm darsi boshlanganida do‘sti Validan rangli qalamlaridan foydalanib turishni so‘radi. Lekin Vali do‘stining iltimosiga ro‘yxushlik bermay debdi: “Yo‘q, bermayman. Men rangi ketmasin deya, bilib qalamlarni uyida qoldirganni yomon ko‘raman”. Qalin do‘stining gapidan Alining kayfiyati tushib ketibdi. Shu-shu ikki sinfdoshning orasiga sovuqchilik tushibdi. Shu tariqa davom etayotgan kunlarning birida Ali sinfdoshlarini tug‘ilgan kuniga chaqiribdi. Hamma jamuljam bo‘lgan pallada Vali ham kirib kelib, sobiq qadrdoniga rangli qalamlar va “Ertaklar to‘plami”ni sovg‘a tariqasida tutibdi. Bundan Alining yuzlari yorishibdi, qalbidagi ranjish tumandek tarqab ketibdi. Oradagi do‘stlik rishtalari yana qaytadan mustahkam bog‘lanibdi.


DO‘STGA VAFO
Do‘stlikning eng muhim sharti –vafo. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Aksincha, do‘stiga xiyonat qilgan inson xalqqa, millatga, Vatanga ham xiyonat qilmasligiga kafolat yo‘q. Haqiqiy do‘st o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan, g‘alabasidan xuddi o‘zinikidek quvonadi, muvaffaqiyatsizligidan xafa bo‘ladi, tashvish chekadi. U do‘stining xato-kamchiliklarini, noto‘g‘ri qo‘ygan qadamini yuziga aytadi. Bundan ko‘zlagan maqsadi aniq: do‘stini g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, to‘g‘ri yo‘lga solish, uni sharmandalikdan saqlab qolishdir. Bir so‘z bilan aytganda, do‘stidan ayrilib qolmaslik!

“Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib” degan naqlga binoan do‘st achchiq haqiqatni gapiradi, lekin uning mevasi shirindir. Dushman esa, sherigining xatosini ko‘rsa ham o‘zini ko‘rmaganga, sezsa ham sezmaganga oladi. Uning maqsadi bu odamning sharmanda bo‘lishi, el-u yurt ihida obro‘si to‘kilishini ko‘rish, shundan quvonishdir.

Haqiqiy do‘st topish, do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.


Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin