Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(141 so‘z) O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə9/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
diktantlar

(141 so‘z)
O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN
Vatan deganda biz faqat yurtimiz tuprog‘ini emas, balki uning zaminida bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib daryo-yu soylari va tog‘-u toshlarigacha, kamtar, mehnatkash, fidoyi, mard odamlaridan to eng mitti jonivorlarigacha o‘zimiz tug‘ilib, unib-o‘sgan makon bilan bog‘liq narsalarning barchasini tushunamiz. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, chag‘ir tosh ham bizga muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot narsalardan, shum niyatlardan himoya qilgan.

Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Shuning uhcun shoirlarimiz ona yurtimiz- O‘zbekistonimizni olamda tengi yo‘q yagona diyor sifatida kuylaydi.

Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun Vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi, Vatan ham yagonadir. Shu bois vatanparvarlik oliy fazilat sanaladi, Vatanga xoinlik esa hech qachon kechirilmaydi.

(147 so‘z).



Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin