(164 soz).
MAHALLA-TARBIYA MASKANI
Biz uchun oilamiz koz ochib korgan dargoh bolsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mojaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bagrida kamol topgani kabi oila ham mahalla koz oldida barpo boladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.
Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bolish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan olmas xususiyati. Zero, ozbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, dost-birodar bolib ketadi. Odamlar ozaro quvonch va gamlarga sherik, farzand tarbiyasida masul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bolib tushadi. Zero, xalqimiz Otang-mahalla, onang-mahalla degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla ozbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat korsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining oziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy ananalarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-manaviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bolib kelyapti.
Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qatiy nazar, ularni ezgulik yolida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan ozbek mahallasi barchaning bir-biriga ozaro hurmati, muhabbati, mustahkam dostligi asosida yashaydi, faoliyat korsatadi.
Dostları ilə paylaş: |