Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(239 so‘z) MUSTAQILLIK BAYROG‘I



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə20/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
diktantlar

(239 so‘z)
MUSTAQILLIK BAYROG‘I
Ma’lumki, turkiy xalqlar yashab o‘tgan hududlarga Islom dini kirib kelgach, bu yerda yashovchi xalqlarning bayroqlari ham ma’lum o‘zgarishlarga yuz tutgan. Yangi chiqqan oy va yulduzlar islom dinining ramzidir. Yashil rang ham islom dinining ranglaridan biri hisoblanadi.

Shu ramzlarning u yoki bunisi islom dinini qabul qilgan o‘lkalar yoki mamlakatlar bayrog‘ida hozirgi kunda ham mavjud. Agar dunyo mamlakatlari bayroqlari ko‘zdan kechirilsa, garchi bayroqlar qaysi davlatga tegishli ekanligini yozib qo‘yilmagan bo‘lsa ham, qaysi davlatda islom diniga e’tiqod qo‘ygan xalqlar yashayotganini o‘sha ramzlardan bilish mumkin.

Xayriyatki, Qizil imperiya yemirilib, 1991-yil sentabrda boshqa jumhuriyatlar qatorida O‘zbekiston ham o‘zining milliy mustaqilligini e’lon qildi. Har yili 1-sentabr bayram qilinadigan bo‘ldi. Shuning uchun ham O‘zbekistonning yangi bayrog‘i tanlandi. Nega aynan o‘sha namuna tanlanganini va undagi ranglar hamda tasvirlar qanday ramzlar ekanligini hamma ham bilavermasa kerak.

Bayroqdagi moviy ko‘k rang osmon va tiniq suv ya’ni, ko‘kdagi hayot manbalari ramzidir. Oq rang tinchlik va poklikni bildiradi.

Yashil rang yashab turgan hayot va hosildorlikni ifodalaydi. Qizil chiziqlar har bir tirik jonzod tanasida mavjlanib turgan tiriklik manbai – qon ramzi hamda yer-u osmonni bir-biriga bog‘lab turuvchi tiriklik rishtasidir.

Yangi oy ko‘p yillik an’analarimizga mos bo‘lishi bilan birga yangi paydo bo‘lgan mustaqillik nishonasi hamdir.

Yulduzlar hamma xalqlarda tiniq osmon belgisi ya’ni saodat ramzidir. Ularning 12 ta ekanligi osmondagi 12 ta yulduzlar burji bilan bog‘liq.

Shunday qilib, bir yarim asrlik istibdoddan keyin xalqimiz yana o‘z bayrog‘iga ega bo‘ldi. Bu bayroqda dunyoda mustaqillikka erishgan eng yosh davlatlardan biri bo‘lmish jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston xalqining orzu-intilishlari, e’tiqodi, tarixiy ildizlari o‘zining teran ifodasini topgan.




Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin