Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(176 so‘z) AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə16/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
diktantlar

(176 so‘z)

AJDODLARIMIZDAN IBRAT OLAMIZ
Ulug‘ shoir A.Navoiyning Pahlavon Muhammad degan shogirdi, ham do‘sti bor ekan Shoir uni juda yaxshi ko‘rar, shogirdi bo‘lsa ham, qadrdon, sirdosh do‘st deb bilar ekan. Kunlardan bir kuni Pahlavon Muhammad kichik bir gunoh qilib qo‘yib, shu tufayli Sulton Husaynning qattiq g‘azabiga uchrabdi.

Voqea bunday bo‘libdi: Sulton Husayn g‘azab otiga minib turgan bir paytda Pahlavon Muhammadning gunoh ish qilib qo‘yganini yetkazishibdi. Husayn Boyqaro: “Pahlavonning soqol-mo‘ylovini qirib tashlanglar, so‘ng kaltadum libos kiydirib, ko‘chama-ko‘cha sazoyi qilinglar”,-deb buyruq beribdi. Pahlavonning bunday jazoga giriftor bo‘lganini Navoiyga aytishibdi. Navoiy agar bu jazo amalga oshirilsa, Pahlavon Muhammadning izzat-nafsi kamsitilib, u bunga chiday olmasligini anglab, uni bu sharmandalikdan qutqarish harakatiga tushibdi.

Tezlikda Husayn Boyqaro huzuriga yetib borib: “Sultonim ma’lumingizkim, men va Pahlavon Muhammad yoshligimizdan bir xil kiyinamiz, birga soqol-mo‘ylov qo‘yib, do‘st-birodar bo‘lib yuramiz. U boshqa kiyinib, men boshqa kiyib yursam, o‘rtadagi ahd buzilib, gapimiz tuzsiz, o‘zimiz subutsiz bo‘lib qolamiz. Buyursangiz mening soqol-mo‘ylovlarimni qirsinlar, menga ham xuddi Pahlavon Muhammadga berilgandek kalta libos kiygizib, do‘stim bilan birga sazoyi qilsinlar”, - debdi.

Navoiyning shogirdi hamda do‘stiga bo‘lgan sadoqatini, mehr- oqibatini ko‘rgan Husayn Boyqaro g‘azabidan tushib qolganini o‘zi ham bilmay qolibdi-da:

-Pahlavonning gunohidan o‘tdim, jazo qoldirilsin, -deb farmon beribdi.


Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin