Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə19/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
diktantlar

(238 so‘z).
DO‘STLAR SADOQATI
Bir qishloqda ikki oshna yashar ekanlar. Birining oti Husan, ikkinchisining oti Muhammad ekan. Kunlardan bir kuni Husan kasal bo‘lib, o‘rnidan tura olmaydigan bo‘lib qolibdi. Yosh yigitning umri tugayotganiga hatto o‘limining ham ichi achishibdi va bunday debdi: “Men ota-onangdan senga umr so‘rayman, yashashing kerak”.

O‘lim yigitning otasini yoniga boribdi va unga murojaat etibdi: “ Ey ota, sevimli bolangni chindan ham yaxshi ko‘rsang, umringni ozginasini unga qarz bergin”. Ota nima deyishni bilmay, biroz vaqt lol qolibdi. O‘lim esa: “O‘g‘lingni yaxshi ko‘rmaysanmi?”- deb so‘rabdi undan. Ota o‘g‘lini juda yaxshi ko‘rishini, kerak bo‘lsa jonini undan ayamasligini aytadi. O‘lim umrining yarmini emas, ozginasini bo‘lsa ham bersa, uni o‘zi bilan olib ketmasligini aytadi.

O‘lim Husandan yana yaqin kishilardan kimlar borligini so‘raydi.

“Muhammad degan do‘stim bor”,-deb javob beribdi Husan. O‘lim Muhammadning yoniga borib, bor gapni aytib beribdi. Do‘stiga achingan Muhammad sira ikkilanmasdan: “Umrimning ozginasini emas, do‘stim uchun barini olaqol”, - debdi.

Bu taklif o‘limning ham ko‘nglini yumshatmabdi. Qanday bo‘lmasin Husanni saqlab qolishga qaror qilibdi. Shu tufayli o‘lim hayotning oldiga boribdi.

-Hayot, sen bilan biz ashaddiy yovuzmiz, lekin bir yigitning umri tufayli sening oldingga keldim, o‘sha yigitga Muhammad degan do‘sti butun umrini berishga va’da qildi. Marhamat qilgin, ularga ko‘proq umr bergin. Men ham shunga roziman, - debdi O‘lim.

Bu taklifga hayot ham rozi bo‘libdi. Muhammadning do‘stiga sadoqati tufayli Husanga qo‘shimcha hayot baxsh etibdi. Shunday qilib, ikki do‘stning bir-biriga bo‘lgan sadoqati va inoqligi o‘limni ham chekintiribdi.


Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin