Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə27/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
diktantlar

TIL – TAFAKKUR BOYLIGI
Til –millatning belgilaridan biri. Dunyoda xalqlar ko‘p, lekin har bir xalq, avvalo, o‘z tili, milliy urf-odat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Binobarin, xalqning, millatning o‘zligini namoyon qilishda tilning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

O‘zbek xalqi asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasiga, umumbashariy qadriyatlar rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Bunda Ona tilimizning xizmati katta. Chunki bu til bo‘lmasa, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lugatit–turk” kitobi, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlari”, Alisher Navoiyning “Xamsa”si , Bobur Mirzoning “Boburnoma”si, Cho‘lpon va Abdulla Oripovning o‘tli she’riyati yaratilmagan bo‘lar edi. Shuning uchun ona tilimiz millatimiz ruhining timsoliga aylanib ketgan.

Ona tili–ko‘hna tariximiz, hayotbaxsh qadriyatlarimiz, din-u diyonatimiz, xalqimizga xos dunyoqarash his-tuyg‘ular evolyutsiyasini, tadrijiy taraqqiyotini ko‘rsatuvchi, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazuvchi ko‘zgudir.

Til xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini namoyon etishga intilishda tilning qadrini tiklash, nufuzini orttirish muhim o‘rin tutadi. Alisher Navoiyning temuriylar davrida o‘zbek tilining obro‘yi uchun kurashgani bejiz emas. XX asr boshida ma’rifatparvar bobolarimiz xalqni ilmga chorlash uchun tilni, alifboni isloh etishga harakat qilishgani ham ulkan ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘tgan asrning so‘ngida esa xalqimiz Prezident Islom Karimov boshchiligida mustaqillik uchun kurash olib borar ekan, avvalo, tilimizga davlat tili maqomini berish yo‘lida sa’y-harakatlar qildi va 1989-yilda, hali sobiq mustabid tuzumi hukumronligi tugamagan bir paytda bu ishni amalga oshirdi.

Mustaqillikka erishganimizdan keyin o‘zbek tili rivojiga katta e’tibor berilgani natijasida Konstitutsiyamizda, “Davlat tili haqida”gi Qonunda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi, uni rivojlantirishning huquqiy asoslari belgilab qo‘yildi.

Bu o‘zbek tili taraqqiyotida yangi davr boshlanganidan dalolat edi. Bugungi kunda davlatimizning eng muhim hujjatlari shu tilda yozilmoqda. Ona tilimiz davlatlararo muloqotlarda, dunyoning nufuzli minbarlarida, xalqaro anjumanlarda ham keng qo‘llanmoqda. U istiqlol yillarida milliy g‘urur manbaiga, mustaqilligimiz timsoliga aylanib qoldi.




Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin