(250 soz).
AQLLI VA TADBIRSIZ ODAM
Aqlli odamlar hamisha hushyor boladilar, hodisalar jilovini oz qollarida saqlab, xavfli girdobga tushmasdan sohilga yetib oladilar.
Tadbirsiz odamlarga kelsak, ular ikkilanadigan, jasoratsiz, tez-tez fikrlaridan qaytadigan boladilar, biror hodisa roy berganida ular ozlarini yoqotib qoyadilar. Oz baxtlarini saqlab qolish qobiliyatidan mahrum bolganliklaridan oh-voh qilib, ozlarini har yoqqa uradilar. Uch baliq hikoyasidagi kun ularning boshiga keladi.
Naql qilibdurlarki, yoldan uzoq, otkinchilardan xoli bir yerda kol bor edi, unda uchta baliq yashar edi. Bulardan ikkisi tadbirkor va ehtiyotkor, biri esa xom va tajribasiz edi. Kunlardan birida tasodifan ikki ovchi ko‘l yonidan o‘tib qoldi, ko‘zlari uchta baliqqa tushdi. Ular ertaga kelib, uchchala baliqni tutishga va’dalashib jonab ketdilar. Baliqlar ularning so‘zini eshitgan edilar. Ularning biri tadbirli bo‘lib, zolim zamonaning zulmi va g‘addor falakning vafosizligini ko‘rgan, suv kelar tarafdan chiqib, boshqa ko‘lga borib oldi. Kop otmay baliqchilar kelib, suvning kirar va chiqar tomonini mahkam berkitdilar.
Birinchi baliqqa nisbatan tajribasizroq, lekin aql va farosatdan mahrum bo‘lmagan ikkinchi baliq vaziyatni ko‘rib shunday dedi:
- Fursatni qoldan berdim. Endi tadbir va hiylani ishga solish payti keldi. Tipirchilab u yoq-bu yoqqa qochgan bilan foyda yo‘q. Umidsizlikka tushmay, najot yo‘lini axtarmoq kerak.
Shunday deb baliq suv yuziga qalqib chiqdi va o‘zini o‘lganga solib yotdi. Bir baliqchi uni olib, o‘lgan gumon qildi va suv chiqib ketadigan ariq bo‘yiga tashladi. Baliq sudrala-sudrala oqar suvga tushib oldi, hiyla ishlatib, o‘z jonini qutqardi.
Xom va tadbirsiz baliq esa o‘zini yo‘qotib, u yoqdan bu yoqqa qochib yurar, goho suv ostiga sho‘ng‘ir, goho yuzaga chiqar edi. U oxir - oqibat baliqchilar toriga ilindi.
Dostları ilə paylaş: |