Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(250 so‘z) NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə21/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
diktantlar

(250 so‘z)

NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN

Bir yigit ko‘zlari xiralashgan, ovqat yeganda qo‘llari qaltiraydigan qari otasining izzat-hurmatini bajo keltirmasdi.

Bir kuni chol bechora qo‘li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko‘rgan kelini nordon so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildi. Shundan keyin otasini hovlining bir chekkasidagi zax uyga ko‘chirdi. Kelin esa, eri keltirib bergan yog‘och kosada qaynotasiga ovqat bera boshladi. O‘g‘li va kelinining bu yaramas muomalalaridan ko‘ngli ozor topgan ota vafot etgan kampirini eslab, ba’zan o‘ksib-o‘ksib yig‘lardi. Besh-olti yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola bobosining yoniga kelib o‘tirardi, ma’suma so‘zlari, yoqimli qiliqlari bilan bobosini kuldirib, uning qayg‘u-alamlarini yengillashtirardi.

Bola bir kuni qo‘liga pichoq olib, bir yog‘ochni yo‘nib o‘tirardi. Shu payt dadasi kelib qoldi. O‘g‘lining yog‘och yo‘nib o‘tirganini ko‘rib:

- O‘g‘lim, nima qilyapsan? -deb so‘radi. O‘g‘li yugurib kelib dadasini quchoqladi va erkalanib:


O‘g‘lining bu so‘zi yigitga qattiq ta’sir qildi. U ko‘z yoshi qilib otasining huzuriga kirdi, tiz cho‘kib uzr so‘radi, quchoqlab o‘pib, uning ko‘nglini ko‘tardi. Darrov uni o‘zi turgan uy yonidagi issiq xonaga ko‘chirdi. Har doim otasining holidan xabar olib turdi, u bilan birga ovqatlandi. Kelin ham qaynotasining izzat-hurmatini o‘rniga qo‘ya boshladi. O‘g‘li bilan kelinining bu ishlaridan xursand bo‘lgan ota:

- Bolalarim, mana endi ko‘nglim qayg‘u-alamlardan ozod bo‘ldi, sizlardan roziman, shu kichkina qo‘zichog‘im sizlarni g‘aflat uyqusidan uyg‘otdi, - deb nevarasini tizzasiga o‘tqazdi va yuz-ko‘zlaridan o‘pib, duo qildi.




Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin