Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti


(137 so‘z) URF-ODATLAR VA MAROSIMLAR



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə8/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
diktantlar

(137 so‘z)
URF-ODATLAR VA MAROSIMLAR
O‘zbek xalqining paydo bo‘lish tarixi necha ming yilliklarga borib taqalsa, uning an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular millatning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlari zamirida paydo bo‘lib, shakllanib, sayqallanib o‘z mazmunida shu xalqning orzu-o‘ylari, istaklari, axloq normalarini mujassam etadi. Bugungi avlod ularni ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrab, yanada taraqqiy ettirmog‘i, kelgusi nasllarga ma’naviy qadriyat sifatida yetkazmog‘i ham qarz, ham farzdir.

Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqimiz, millat ma’naviyatining ajralmas qismi. Xalqimiz o‘zining xursandchiligi va shukronasini turli rasm-rusumlar, udumlar orqali namoyon qiladi.

O‘zbeklar qadimdan to‘ylarga boy xalq. Beshik to‘yi, sunnat to‘yi, nikoh to‘yi, askar to‘yi, uy to‘yi, muchal to‘yi, ellik va undan ortiq yoshlarni nishonlash to‘ylari mavjud.

Har bir tantana to‘ygacha, to‘y davomida va marosimdan so‘ng o‘tkaziladigan rasm-rusumlarga ham boydir.

Har bir urf-odat va marosim o‘zining maqsadi va mohiyatiga ko‘ra muayyan shakl va mazmunga ega.

Bularning bari millat ma’naviyati va obro‘sini belgilab beradi.




Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin