MEHMON KUTISH MADANIYATI
Odamlar orasidagi ozaro mehr-muruvvatning ibratli jihatlaridan biri mehmonnavozlikdir. Ozbek xalqi asrlar davomida ozining mehmondostlik udumlarini asrab kelmoqda. Zero, kimningdir uyiga mehmon kelishi–yaxshilik belgisi, mehr-oqibat, ozaro iliqlik, insoniylik ramzi. Mehmon bilan birga uyga rizq-roz, hamdardlik, osoyishtalik kirib keladi, kongilsiyohliklar, gina-kudurat unutiladi, qarindoshlar ortasida totuvlik mustahkamlanadi.
Mehmon kutish kishilarda saxiylik, xushmuomalalik sifatlarini tarbiyalaydi, xasislik, xudbinlik, manmanlik illatlarini bartaraf etadi. Mehmon kirgan uyga yangi kayfiyat, yangicha ruh, dostlik kirib keladi.
Xalqimiz Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan der ekan, odamlarni bagrikeng bolishga, bu dunyoga hamma ozining rizqi bilan kelganiga ishora qiladi. Mehmonning shu fazilati uchun ham kelgan kishining ostiga yangi korpachalar yoziladi, ohorli idish-tovoqlarda taom tortiladi. Qoni-qoshni ham chaqirilib, dilbar suhbatlar quriladi.
Albatta, har bir xalqning mehmon kutish udumlari turlichadir. Lekin bizning xalqimiz qaysi millat bolishidan qatiy nazar, eshikdan kelgan odamning hurmatini joyiga qoyib kutib oladi, lazzatli taomlar bilan siylaydi.
Mehmondost ozbek xalqi azaldan uyiga kelgan kishini ochiq yuz bilan kutib olishga odatlangan.
Dostları ilə paylaş: |