(150 soz).
VATANPARVARLIK
Har bir inson oz tugilgan yurtiga bolgan muhabbati va sadoqatini turli shakllarda ifoda etadi. Kimdir sidqidildan mehnat qilib, vatanning moddiy boyliklarini oshiradi, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga hissa qoshadi. Yana birov, betakror istedodi va kuch-gayratini ona diyor ravnaqi, uning obro-etiborini yuksaltirish yolida safarbar etadi. Yana kimdir, Vatan sarhadlarida tun-u kun sergak turib, uning har qarich yerini koz qorachigidek asraydi. Bularning barchasi insonga xos bolmish vatanparvarlik deb ataladigan noyob va muqaddas tuyguning amalda namoyon bolishidir. Qachonki odam oz ona yurtining dard-u tashvishi, shodlig-u quvonchi bilan hamisha hamnafas yashasa, hatto Vatan uchun jonini ham fido qila olsa, vatanparvarlik shunchaki tuyguga emas, yuksak insoniy fazilatga aylanadi.
Vatanni haqiqiy vatanparvar farzandlar dunyoga tanitadi. Vatan tuprogi haqiqiy vatanparvar insonlar tufayli aziz va muqaddas boladi. Vatanparvarlik Vatan tuygusini anglashdan boshlanadi.
Vatanparvarlik tuygusini tarbiyalashda kop oqish, qishloq va mahalla hayotida faol ishtirok etish, maraka-yiginlarda qatnashish, odamlar bilan muloqot qilish, ularni organish ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, inson shular orqali oz yurtini yanada yaxshiroq bilib oladi, unga bolgan muhabbati ham ortadi.
Dostları ilə paylaş: |