Navoyining hayoti bilan tanishamiz



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix02.01.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#45991
1   2   3   4
navoyining hayoti bilan tanishamiz

Bolalikdan   yig’  limning  mag’zini,   

   Qarilik  chog’i    xarj  qilgin  oni. 

2- boshlovchi: Alisher  o’ziga  qanday  taxallus  tanladi? 

 

 

G’iyosiddin   Kichkina    degan  kishining   Alisher  ismli   o’g’li   



bo’lgan  ekan.  U  yoshligidan  uddaburon,ziyrak, bola  bo’lib  

o’sibdi.  9yoshga  to’lganda  esa  she’rlar  yoza  boshlabdi.  




Odamlar  uning  yozgan  she’rlarini  miriqib  tinglar  

ekanlar.Lekin  bola  hali  o’ziga  taxallus  tanlamagan  ekan. 

Kunlardan  bir  kuni  yangi   she’r  yozibdi-da, uni  boqqa  

chiqib  baland    ovozda  o’qiy  boshlabdi:                    

 G’urbatda  g’arib  shodmon  bo’lmas  emish. 

El  anga  shafiqu  mehribon  bo’lmas   emish. 

Oltin  qafas ichra  gar  qizil  gul  bitsa

Bulbulga  tikondek  oshiyon  bo’lmas  emish. 

Gul  shoxida  turgan  bulbulni  Alisherning   yoqimli  ovozi 

o’ziga  maftun  etibdi. 

-Ey,  xushovoz  shoir,  sen  o’qigan she’rlar  bulbullarning   erta  

tongdagi  navosidan  ham     yoqimli  ekan.Ismingni   bilsam  

bo’ladimi?                                             

-Men  Alisherman. 

Bildim-bildim,   yangi  chiqqan  shoir  sen  ekan-da.Endi  sen  

o’zinga  taxallus  tanlab, she’rlarning  oxiriga  yozib  qo’ygin.    

   Alisherga  bulbulning   navo so’zi  yoqib  qolibdi.  Shundan  

keyin  u  yozgan g’azallariga   o’z  taxallusini Navoiy  deb 

yozadigan bo’libdi. 

 O`quvchi: 

      O’zbek  tilim- bu  ona  tilim,  

      Shuurimda  yagona  tilim 

      Navoiy asos  solgan  bu  ona tilim 

      Tilim,   tilim,   bu  ona  tilim. 

O`quvchi:        

      Ulug’  tilim,elat-xalq tilim, 

      Davlat tilim  bo’lsa, haq  tilim. 

      Navoiydan  minnatdor  tilim

      Kuchga  to’lib  ma’no  top  tilim. 

 

O`quvchi: A.Navoiy  yoshligidan   ona  tilini  yaxshi  bilib, 



fors,arab tillarini ham  puxta  o’rganganlar.   A.Navoiy  o’zbek  

tilini  javohir  xazinasining   benihoyat  boyligi,   badiiy  

madaniyatining   nihoyat  darajada  yuksakligini,  o’zbek  tili  



go’zalligini,nafisligini   va jozibadorligini  o’z  g’azallarida  

ko’rsatib  berganlar.   

O`quvchi: Ulug’   bobokalonimiz,  tilimizning   asoschisi,  

she’riyat  mulkining   sultonin,  buyuk  shoir  va  mutafakkir  Mir  

Alisher  Navoiy  so’z  haqida  shunday  deganlar:  

So’zdirki, nishon berur  o’likka  jondir,   

So’zdirki, xabar berur  jonga  janondin. 

Insonni so’z  ayladi  judo  hayvondin, 

Bilkim, guxari sharifroq  yo’q  andin.   

O`quvchi: Mir Alisher  Navoiy  bobomiz  birinchilardan  bo’lib  

ona  tilimizda   ,,Xamsa” ,,besh  doston” yozganlar. Bular 1-

Hayrat ul  Abror, 2-Farxot  va  Shirin,  3-Layli  va  Majnun,  4-

Sab’ai  Sayyor,  5-Saddi  Iskandariydan  iborat.      

O`quvchi:  Bobomiz  o’z  g’azallarini   va  hikmatlarida  

insonlarni   do’stlik  va  birodarlikka, halollikka, mardlikka,  

yaxshilikka, har  bir  insonni  odamlar  tashvishini   o’ylovchi 

inson  bo’lishga  chaqirganlar.       

  O`quvchi:  Odamiy ersang  demagil-odamiy 



                    Oning  kim  yo’q  g’amidin  g’ami     

 

O`quvchi:  Olam  ahli  bilingiz,  ish  emas  dushmanliq     



                  Do’st  bo’ling  bir-biringizga, erur do’stlik ish.  

       ,,Yolg’onchi” masali  tinglanadi. 

1- boshlovchi: Bobomiz  o’z  g’azallarida,   dono  hikmatlarida   

har  bir  insonni  o’z   so’ziga   e’tibor  berib  so’zlashga 

chaqirganlar.Bobomiz     ko’pgina   she’riy  misralari  xalq  

maqollariga,  hikmatlariga  aylanib  ketgan. 

O`quvchilar:   

1.Tilga  ixtiyorsiz  -  elga  e’tiborsiz. 

 

 

 



2.Oz-oz  o’rganib   dono  bo’lur, 

Qatra- qatra  yig’ilib   daryo  bo’lur. 

3.Til  bilgan  el  biladi. 

4.So’zga   e’tibor  elga  e’tibor 

5.Bilmaganni   so’rab o’rgangan olim,  

Orlanib  so’ramagan  o’ziga zolim. 




6.Yaxshi kishi yomonlarga  ham   

Yaxshiligini   unutmas. 

7.Kishidan  yaxshi  ot  qolgay  albatta  jahonda, 

 Imkoning  boricha  ilm  olmoq  bo’lsin  shioring.    

8.Sabr  qilsang  ko’p  bog’liq   ish  ochilur 

Ishida  oshiqqan  ko’p  toyilur. 

Rivoyat:  ,,Oqilona  javob’’ o’qituvchi  so’zlaydi.                             

   


O`quvchi: Husayn  Bayqaro  Hirotga  podshoh  etib  tayinlanadi.  

Alisher  Navoiyni  o’ziga  vazir  qilib  oladi.Ular   bolaliklaridan   

do’st  bo’lib  o’sadi.  Vazirlar   ichida  Navoiy  hozirjavobligi   

bilan  ajralib  turadi. Shoh  hamma  vaqt  Navoiyning  

nasihatlariga  quloq  soladi. 

2- boshlovchi: Bayqaro  va  Navoiy  haqida nimalarni  bilasiz? 

Qardosh  turkman  xalqi  buyuk  bobomizni   hurmat  qiladi, 

asarlarini  sevib  o’qiydi. Hatto   turkmanlar  Navoiyni  Mirali,  

Husayn  Bayqaroni  esa  Mirali  Sulton  Suyun  deb  atashgan  

va   ular  haqida  rivoyatlar  to’qishgan.     

Rivoyat : ,,Toshdan  telpak  tikib    bo’ladimi?   

 



Bir kuni   Sulton  Suyun Miralini   gapda mir qilmoqchi  

bo’lib  unga  aqlga  sig’maydigan   bir   yumushni   

topshiribdi.Sizga   3-kun   muhlat,  shu  3kun   ichida   toshdan   

telpak  tikib  kelasiz, -  debdi 

Agar   hazratim ipini  topib bersalar,  3kun  ham   gapmi,   

-Qanaqa   ip-debdi  Sulton  Suyun  yon berishni  istamay. 

-Tolning   kulidan  iylangan  ip-da , shohim. 

-Voy,dono-ey. Hech  zamonda  tolning  kulidan  ham  ip qilib   

bo’lar kanmi? 

-Unday  bo’lsa ,  toshdanam  telpak tikib bo’larkanmi, shohim?-

debdi  Mirali. 

Miralining   hozirjavobligidan   qattiq izza bo’lgan Sulton Suyun 

yer  chizib  qolgan  ekan.   

 

 



Rivoyat,,Non isi “ 

 

Huroson  podshosi   Husayn  Bayqaro   kunlaridan bir  kuni  



vazirlarini   oldiga chaqiribdi-da,  ularga  topshiriq  

beribdi.,,Menga  dunyodagi  eng  xushbo’y  hidni  keltiring. 

Vazirlar   unga  quchoq – quchoq  gul  keltirishibdi.Husayn   

Bayqaro  tan  olmabdi……………………………..     

A.Navoiy  aqlligi   bilan  kishilarni   o’limdan   olib  qolgan  

ekanlar. 

1- boshlovchi A.Navoiy  bobomiz  o’z  asarlarida  ustozning

ota-onaning   hurmatini  to’liq  ado etishga  chaqirganlar.   

 



O`quvchi:Haq yo’linda   kim  senga  bir  harf  o’qitmish  


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin