Kelib fayz- u, nishon- u aysh birla, Muhayyo qildi elga poya navro`z. Navbatdagi o`quvchi: Yana ko`k toqida varrak dirillar, Cho`pon chaylasida gulhan gurillar, Binafshani ko`zga surtgan qarilar, Haq so`zingiz elga taborak bo`lsin, Navro`z ayyomingiz muborak bo`lsin! Raqs ijro etiladi. Navbatdagi o`quvchi: Navro`z bayrami 3 ming yildan buyon nishonlab kelinmoqda. Bu ayyomdagi milliy urf-odatlarmizni eslabo`tmoqchimiz. Navbatdagi o`quvchi: Navro`zi olamda kimda-kim 3 qoshiq yalasa, yanagi Navro`z kelgunicha shirinchilik,totuvlik hamisha hamroh bo`ladi. Navbatdagi o`quvchi: Navro`z kunlari bog`dagi o`rik daraxti shoxiga arg`imchoq solib,qizlar navbat bilan uchishadi. Navbatdagi o`quvchi: Kimda-kim arg`imchoq uchayotganda daraxtning eng baland uchidagi purchigan bargni uza olsa, jamiki orzulariga erishadi,degan gaplar ham bor. Navbatdagi o`quvchi: Aziz,do`stlar, keeling endi Navro`zning kelib chiqishiga to`xtalaylik. Navbatdagi o`quvchi: Qadim zamonlarda Sulaymon Ibn Dovud sehrli uzugini yo`qotib topib olgan kuni barcha eronliklarga qarata “Navro`z-omade,Navro`z –omade!” deb aytadi. Ya’ni, “Yangi kun muborak!”deb aytadi.Shu-shu Navro`z deb ataladi. Navbatdagi o`quvchi: Navro`z bayramida momolarimiz,qizlar va kelinchaklar o`zbeklarning milliy taomlaridan sumalak, halim, ko`k somsa, ko`k manti, turli pishiriqlar pishirib,Navro`z dasturxonini bezaydilar.Sumalak Bibi Fotimaning oshlari bo`lib, asli “sermalak” ,ya’ni “o`ttiz malak” degan ma’noni bildiradi. “Navro`z” qo`shig`i ijro etiladi. Kuy,qo`shiq va raqslar bilan tadbir davom etadi.