Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasida Normat xarakteri dinamikasi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix20.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#165688
1   2   3   4   5
901-905

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-901-905 
Academic Research, Uzbekistan 903  www.ares.uz 
o‟sha davr odamlarining, ya‟ni urush odamlarining qiyofasida, so‟ngra ruhiyatida 
ro‟y bergan o‟zgarishlarni umumiy fonda chizadi: 
“Normat polvonni ko’rish uchun 
kelgan qishloqdoshlari o’zlari tasavvur qilgan norg’ul, barvasta, umrida olishib 
ko’rmagan, lekin suyagi yirik bo’lgani uchun “polvon” deb nom olgan, qishloqning 
old chavandozlaridan biri, qomatidan kuch yog’ilib turgan, o’ttizdan endi oshgan 
o’ktam Normat polvonni emas, ozib, mushaklari shalvirab, bo’yin tomirlarida ajinlar 
paydo bo’lib, yara izlari qolgan, hali dorilarning badbo’y hidi ketmagan, 
ko’rinishidan ellikni bersa bo’ladigan, sochlari oqara boshlagan, o’zlari eshitgan 
urushning tirik guvohini ko’rdilar. Qishloqdoshlari uning yuzidagi zahillikka, kuygan 
quloqlarining orti ola-kula bo’lib qolgan bo’yinlariga va tez-tez sarak-sarak qilib, 
silkinib turadigan boshiga hech ko’nika olmadilar”.
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR
 
Ammo bir narsani ta‟kidlash joizki, yozuvchi jismoniy jarohatlar tufayli 
majruh bo‟lib qolgan insonni qishloqdoshlari tomonidan ta‟riflasa-da, ammo
urushdan qaytgan obrazga shu darajada umidbaxshlik,yashash tuyg‟usini 
singdirganki, bundan ajablanmaslik mumkin emas. Asar bosh qahramoni Normat 
tinch hayotga,mehnatga,butun tabiatga,mehrga tashna edi.Uning ushbu holatini mana 
bu satrlardan o‟qiymiz : 
”Dunyodagi hamma narsa uning baxti, quvonchi uchun 
yaratilganini tuydi, endi bu narsalarni hech narsaga, hatto Xudosi kelsa ham 
almashmayman : bular mening hayotimdan ham aziz, menga hayot baxsh etdi, deb 
o’yladi. Ko’ngil darchalarini yashnab-yashnab kelayotgan hayotga qarata lang 
ochib qo’ydi”. 
Yozuvchi Normatning urushdan qaytgan davrida yuz bergan o‟zgarishlar orqali 
urushdan qaytgan kishining yangi umidlar, cheksiz hayotbaxshlik tuyg‟usi bilan tinch 
hayotga qadam qo‟yishini tasvirini bergan bo‟lsa, oradan biroz vaqt o‟tib Normatning 
urush qoldirgan izlardan qutula olmasligini, urush degan azob bilan uning qayta va 
qayta to‟qnashaverishini beradi: Xolmat merganni ushlashga borganda ro‟y bergan 
holatni
(Normat polvonni chakka tomirlari bo’rtib chiqqan, ko’zlarining atrofi 
ko’karib ketgan, og’zining bir chekkasida sarg’ish ko’pik paydo bo’layotgan edi. 
Normat chinqirgancha, ikki qo’li bilan chakka tomirlarini ushladi-yu, gir aylanib 
yerga qayta yiqildi)
va rafiqasi Anziratning xiyonatidan so‟nggi holatini 
(Normat 
ko’rinishidan ham, harakatidan ham aqldan ozgandi. Uning ko’z kosalari 
kattalashib, yuzi qoraya boshlagan edi. Ko’zlari qonga to’lgandi )
butunlay 
yuqoridagi holatga zid tarzda chizadi. 



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin