Nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#163230
1   2   3
Karimova Shahnoza


часть
1
 
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202

16 
avlod orzusi" kabi asarlarida jamiyatimizning ma'naviy yangilanishi hamda rivojlanishining 
asosiy negizlarini bayon qilgan. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi"da har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish masalalari nazarda tutiladi. 
Ushbu natijaga erishish uchun ta`lim-tarbiya jarayonining birligini ta'minlash, tarbiya 
jarayonining muntazamligini chuqur o'rganish va bugungi kun talablariga javob beradigan 
yosh avlodni tarbiyalash usullarini nazorat qilish lozim. Shu o'rinda " Kadrkar tayyorlash 
milliy dasturi" nima degan savol tug'ilishi tabiiy. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" 1997- yil 
29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 9-sessiyasida Birinchi Prezidentimiz 
Islom Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan. Dasturning asosiy maqsadi ta'lim sohasini 
tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to'laligicha xalos etish, 
yuqori malakali kadrlar tayyorlashning rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak 
ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi milliy tizimni yaratishdan iborat. "Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi" O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuniga 
muvofiq holda tayyorlangan. 
Yetuk avlod tarbiyasi ko'p jihatdan biz ya'ni bo`lajak pedagoglarning tarbiyaviy 
ishlarini tashkil etish qobiliyatimizga bog'liq. Buning uchun biz tarbiyaviy ish 
metodologiyasiga tegishli bilimlarni o'z vaqtida o'zlashtirib borishimiz, ushbu sohada tajriba 
va ko'nikmalarni shakllantirishga alohida e'tibor berishimiz lozim. Ushbu vazifani bajarish 
uchun, albatta, bugungi kun talablari asosida o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilishi talab 
etiladi. 
Yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirish to'g'risida gap ketganda, avvalo, ma'naviyat 
tushunchasiga ta'rif berib o'tishimiz kerak. Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich 
Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ma'naviyat tushunchasiga 
quyidagicha ta'rif beradi: "Ma`naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg`ayishga 
chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e`tiqodini butun 
qiladigan, vijdonini uyg`otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir". 
Darhaqiqat, ma'naviyat insonni ruhan poklanishga chorlaydi. Ma'naviyatni shakllantirishda 
eng yuqori o'rinlardan birini ta'lim va tarbiya egallaydi. Albatta, ta'lim-tarbiya - bu ongning 
mevasidir, ammo shu bilan birga ong darajasi va uning rivojlanishini, ya'ni xalq 
ma'naviyatini shakllantirish va boyitishni belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi. 
Shuning uchun, ta'lim-tarbiya tizimini va ongni o'zgartirmasdan ma'naviyatni rivolantirib 
bo'lmaydi.
Ta'lim va tarbiya haqida gap borar ekan, uning o'quv dargohlarida kelajak avlodning 
poydevorlari hisoblanmish yoshlarga berilishini, boshqacha aytganda, xalqimizning keyingi 
kelajagi yoshlarning qo'lidaligini hisobga olgan holda, ularga maksimum darajada ta'lim-
tarbiya berishimiz darkor. Biz bo'lajak Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, ayniqsa, ta'lim-
tarbiya masalalariga e'tibor berishimiz darkor. Maktabda faqat ta'lim beriladi, bola 
tarbiyani oilasidan oladi deya qo'l qovushtirib o'tirish bizga yarashmaydi. Ta'lim va tarbiya 
to'g'risida gap borar ekan buyuk ma'rifat darg'alaridan biri Abdulla Avloniyning: "Tarbiya 


Международный
научный
журнал

7
(100), 
Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin