часть
1
«
Научный импульс
»
Февраль
, 202
3
17
biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir",-
degan chuqur ma`noli so`zlarini keltirib o'tmasdan o'zga ilojimiz yo'q. Buyuk ma`rifatparvar
bobomizning bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb
bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra muhim va
dolzarb ahamiyat kasb etadi
Maktabda o'quvchilarga tarbiya sinf rahbarining ishlari orqali beriladi. Xususan,
o`quvchilarga tadbirlar, turli xil uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o'yinlar orqali
o`quvchilarga ta`lim-tarbiya beriladi. Natijada o`quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Boshlang'ich sinf maktab ta`limining dastlabki bosqichi bo`lib, bu yerda bolalar
o'qituvchining rahbarligi ostida ta`limga birinchi qadamni qo'yadilar. O'quv jarayonida
bilim, ko'nikma va malakalarni oladi. O'qituvchi sinf bilan yolg'iz ishlaydi va ko'pincha
tarbiyachi sifatida ish olib boradi. O'qituvchilik xizmati bolalarga bo`lgan munosabatda,
katta mehr va g'amxo'rlik bilan xarakterlanadi. Bular juda katta talabchanlik bilan olib
boriladi. O'quvchilar o'rtasida to'g'ri munosabatlarni o'rnatish va o'quvchilarning o'sishi va
rivojlanishiga qarab tarbiyalash sinf rahbari uchun juda katta ahamiyatga egadir. Bu yerda
o'qituvchilar o`quvchilarga pedagogik talablarni taqdim etish imkoniyatiga ega, ota-onalar,
kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimiy aloqa qilib boradi.
Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, yuksak ma'naviyatli shaxsni shakllantirishda, ta`lim
va tarbiya g'oyatda muhim ahamiyatga egadir. Uzluksiz ta`lim tizimining har bir bosqichida
inson «rivojlanishning ijtimoiy vaziyatlariga», ya`ni jamiyatda dominantlik qilayotgan
qadriyatlarga, normalarga, qoidalarga, xulq - atvor andozalariga bog`liq bo`ladi. G'azal
mulkining sultoni hisoblangan Hazrati Alisher Navoiy bobomiz o'zining shoh asari bo'lgan
"Xamsa"ning 3-dostonini " Farhod va Shirin" deb nomlab, Farhod timsolida yuksak
ma'naviyatli shaxsni ya'ni komil inson siymosini gavdalantiradi. Agar biz shu asarni o'qisak,
yuksak ma'naviyatli shaxs haqida yana bir qancha axborotlarga ega bo'lamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. 1998
2. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent.: Ma’naviyat, 2008.
3. Bespal`ko "Slagaemoe pedagogichskoy texnologii" 1990.M. 4. Mavlonova R.A.,
To`raev O.T., Xasanboeva O, Xolikberdiev K.M. -«Pedagogika» T., «O`qituvchi » - 1998 i. 5.
Musurmonova O. «Oila ma’naviyati milliy g’urur». T. 1999.
Dostları ilə paylaş: |