Nazariy o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi 11-mavzu: Soliqning resurs to‘lovlarini hisoblash turlari haqida umumiy tushunchalar. Soliq to‘lovchi korxonalar


Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to’lash tartibi



Yüklə 76,5 Kb.
səhifə5/5
tarix24.10.2022
ölçüsü76,5 Kb.
#65997
1   2   3   4   5
11-mavzu

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash va to’lash tartibi.
Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliq soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq bo`yicha hisob-kitoblarni soliq organlariga yil boshidan o`sib boruvchi yakun bo`yicha belgilangan shaklda soliqni to`lash uchun belgilangan muddatda taqdim etadilar.
Yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqni yuridik shaxslar quyidagi tartibda to`laydilar:
a) mikrofirma va kichik korxonalar – yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay;
b) mikrofirma va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan boshqa soliq to`lovchi yuridik shaxslar – har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 25 kunidan kechiktirmay.
Keng tarqalgan foydali qazilmalarni qazib olish bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar yiliga bir marotaba, keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay davlat soliq xizmati organlarining xabarnomasi bo`yicha hisob-kitobni ularga taqdim etadilar va yer qa`ridan foydalanganlik uchun soliqni to`laydilar.
Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqning to`g’ri hisoblab chiqilishi va to`lanishi ustidan nazoratni O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
Yüklə 76,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin