11-mavzu: O‘lcham qo‘yish qodalari. Chizmaning asosiy yozuvi.
Reja;
1.Chiziq turlari.
2.O‘lcham turlari.
3.O‘lcham qo‘yish qoidalari.
Chizmani taxt qilish. Qalam bilan chizma chizish. Chizma chizishning birinchi bosqichi chiziqlarni qalam bilan ingichka qilib chizib chiqishdan iboratdir.
Qalam bilan chizma chizishda asosiy qoidalar. O’lchamlar chizmaga o’lchash chizg’ichi yoki rejalash sirkuli yordamida o’lchab qo’yiladi.Agar chiziladigan shakl simmetrik bo’lsa, u vaqtda avval simmetriya o’qi chiziladi. Berilgan o’lchamning yarmi simmetriya o’qining ikki tomoniga o’lchab qoyiladi.
Chizma chizishning ikkinchi bosqichida chizilgan chizmaning ustidan bostirib chiziladi. Chizmani bostirib chizishda qalam qog’ozning sifatiga qarab tanlanadi. Qog’oz sathi g’adir-budur bo’lsa, qattiqroq qalam, silliq bo’lsa, yumshoqroq qalam tanlanadi.
Chizmani eng avval markaz, simmetriya o’q chiziqlari va ingichka chiziqlarni chizishdan boshlash kerak. So’ngra aylanalar, radiusli yoylar, keyin to’g’ri chiziqlar ustidan bostirib chizish tavsiya etiladi.
Sirkulga o’rnatish uchun to’g’ri chiziqlarning ustidan bostirib chiziladigan qalamga nisbatan biroz yumshoqroq qalam olish lozim. Shunda chiziqlar aniq chiziladi va qog’ozdagi aylanalar markazlari joylashgan nuqta haddan ortiq kengayib ketmaydi. Markazlarni saqlab qolish uchun sirkul oyog’idagi ignani chizma tekusligiga perpendicular bo’lishiga hamda ignaning to’mtoq tomonidagi chiqib turgan uchidan foydalanishga katta e’tibor beriladi. Aylana radiusining kattaligiga qarab ignani kerakli vaziyatga o’zgartirib turish lozim. Bitta markazli konsintrik aylanalarni chizishda sentrik degan moslamadan foydalaniladi.
Chizma tayyor bo’lganidan keyin ortiqcha chiziqlar o’chiriladi, xatolar bo’lsa to’g’rilanadi. Ortiqcha yoki xato chizilgan chiziqlarni o’chirishda shablonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Standartlar, format (bichim) lar va asosiy yozuv.
Standart O’zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (O’z KHYT) 17.11.2003-yilda qabul qilingan va O’z DSt 2.001;2003 deb belgilanadi.
O’z KHYT standartining belgilanishiga misol:
O'z DSt
|
2.
|
0
|
01
|
:2003
|
|
|
|
|
Standart ro'yxatga olingan yil
|
Guruhdagi standartning tartib raqami
|
Standart guruhining klassifikatsiyasi shifri
|
O'z KHYT standartining klassi
|
O'zbekiston Davlat standartining belgisi (indeksi)
|
O'z KHYT standartlarining barchasini standartlashtirish tarmoqlararo tizimihihg 2-klassiga kiradi.
Format (bichim). Format lotincha so’z bo’lib, shakllantirish degan ma’noni anglatadi. O’z DTs 2.301:2003 ko’rsatmasiga muvofiq, hamma chizmalar ma’lum bichimdagi standartda joriy etilgan o’lchamdagi qog’ozga chiziladi. Standartda asosiy 5 ta- A4, A3, A2, A1 va A0 (1-chizma,a) bichim tasdiqlangan. Barcha bichimlar uchun o’lcham berligi sifatida o’lchamlari 201x297 mm bo’lgan A4 bichim qabul qilingan. Qolgan bichimlar A4 ning bir tomonini ikkiga, ikkiala tomonini ham ikkiga va hokazo ko’paytirishdan hosil qilinadi.
chizma.
Chizma bichimi hoshiyasi va asosiy yozuvi. O’z DSt 2.401:2003 ko’rsatmasiga muvofiq, mashinasozlik ishlab chiqarish chizmalarida asosiy yozuvlar chizma qog’oz hoshiyasining pastki o’ng tomoni burchagiga joylashtiriladi. Asosiy yozuvga chizmadagi tasvirlangan jismning nomi, chizma kim tomonidan va qachon chizilganligi, kim tomonidan tekshirilgani va qabul qilgani, chizilgan jismning materiali, masshtabi kabilar yoziladi.
Chizmani albom yoki kitob qilib tikish maqsadida uning hoshiyasi chizma qog’ozlarining chap tomonidan 20 mm, qolgan uchala tomonidan 5 mm dan joy qoldirilib chiziladi (1-chizma, b). 2-chizma, a da oquv chizmasining asosiy yozuvining o’lchamlari va shakli, 2-chizma, b da esa uning grafalarini to;ldirish tartibi ko’rsatilgan.
chizma.
Chizma masshtablari. Texnikada juda mayda soat detallari yoki juda katta, masalan, paxta terish kombayining bunkeri, uylar, ko’prik kabilardan foydalaniladi. Ular juda katta o’chamlarga ega. Lekin ularni chizmada haqiqiy kattaligini chizib bo’lmaydi. Chizma qog’oziga sog’dirish maqsadida katta narsalarni kichraytirib, kichik narsalarni kattalashtirib chizishga to’g’ri keladi. Buning uchun chizma masshtablaridan foydalaniladi. Chizmaning uzunlik (kattalik) o’lchamlari bilan buyumning mos o’lchamlari o’rtasidagi nisbat chizma masshtabi deyiladi. Ko’pincha narsalarning chizmalarini o’zining haqiqiy o’lchami, ya’ni haqiqiy ko’rinishida 1:1 (birga-bir) masshtabda chizishga harakat qilinadi.
Masshtabda yozilgan sonlarga qarab chizma qanday chizilgani bilinadi. Detal ikki marta kichiklashtirib chizilgan bo’lsa, 1:2 ( birga ikki) deb belgilanadi. Detal ikki marta kattalashtirib chizilgan bo’lsa, 2:1 ( ikkiga bir) deb yoziladi. Shunday qilib, masshtabda kichik son birinchi bo’lib, masalan, 1:2, 1:5, 1:10 ko’rinishida yozilsa, kichraytirish masshtabi, katta son birinchi bo’lib, masalan; 2:1, 5:1, 10:1 ko’rinishida yozilsa kattalashtirish masshtabi, 1:1 ko’rinishida bo’lsa, haqiqiy kattalikdagi masshtab deyiladi. O’z DSt 2.302:2003 tomonidan chizmalar chizishda quyidagi masshtablar belgilangan.
Kichraytirish masshtablari: 1:2, 1:2,5, 1:4, 1:5, 1:10, 1:15, 1:20, 1:25, 1:25, 1:40,
1:50, 1:75, 1:100, 1:200, 1:400, 1:500, 1:800, 1:1000.
Haqiqiy kattalik masshtabi: 1:1.
Kattalashtirish masshtablari: 2:1, 2,5:1, 4:1, 5:1, 10:1, 20:1, 40:1, 50:1, 100:1 va hokazo.
Asosiy yozuvda masshtab uchun alohida ajratilgan grafaga M belgi qo’yilmay 1:1 yoki 1:2, yoki 2:1 va hokazo ko’rinishida yoziladi. Boshqa joylarda M harfi qo’shib yoziladi. Masalan, M1:1 yoki M2:1, yoki M1:2 va hokazo ko’rinishida yoziladi. 3-chizmada qistirma har xil masshtabda chizilgan. O’rtada haqiqiy kattaligida< ya’ni M1:1 da, chap tomonda ikki marta kichik ya’ni M1:2 da, o’ng tomonida ikki marta katta, ya’ni M2:1 masshtabda ko’rsatilgan. Qanday masshtabda chizilganiga qaramay, chizmada uning haqiqiy kattalikdagi o’lchamlari qo’yilgan.
chizma
Tayanch iboralar: Standartlar,O’zbekiston Respublikasining konstruktorlik hujjatlari yagona tizimi (O’z KHYT), format (bichim), asosiy yozuv, masshtab
Nazorat uchun savollar
Standart nima ?
O’z KHYT yoyilmasini ayting ?
Masshtab nima? Masshtablar chizmada qanday ko’rinishda yoziladi ?
A4 format (bichim) qanday o’lchamlarga ega ?
Asosiy yozuv chizmaning qaysi burchagiga yoziladi ? Unga nimalar yoziladi ?
Foydalanilgan adabiyotlar
A.Umronxo‘jaev, SH.Jumanov “Mashinasozlik va qurilish chizmachiligi” 2005 y.
A.Ashirboev-“CHizmachilik” YAngi nashr 2008 y.
J.Y.YOdgorov, A.X.Narzullaev “Mashinasozlik chizmachiligi” 2009 y.
E.I.Ro‘ziev, A.O.Ashirboev “Muxandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” 2010 y.
Raxmonov I “CHizmalarni chizish va o‘qish” 1992 y.
Internet saytlari
http:// www. lee. de – chizmachilik to‘g‘risida.
http:// www. bk-dtp.de - chizmachilik to‘g‘risida.
http:// www. kfz-technik.de – texnik chizmalar to‘g‘risida.
http:// www.grafik.de- grafik chizmalar to‘g‘risida.
Dostları ilə paylaş: |