DISPERSIYA Organik moddalarning kimyoviy texnologiyasi Organik moddalarni ishlab chiqarishning kimyoviy texnologiyasi tabiiy mahsulotlarni yarim tayyor mahsulot-larga qayta ishlashdan iborat bo‘lgan usullar to‘plami. Ush bu texnologiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydali qazilmalarni qayta ishlash jarayonidir.
Qayta ishlash jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• neft xomashyosi;
• ko‘mir;
• tabiiy gaz;
• boshqa yonuvchan moddalar.
4-ilova Blits savollar 1. Siz yashaydigan yoki yashash joyingizga yaqin hududda qanday ishlab chiqarish korxonasi bor? Bu korxona nima ishlab chiqarishga mo‘ljallangan?
2. “Yashil kimyo” haqida nimalar bilasiz? O‘zbekistonda bu sohada qanday ishlar qilingan?
3. Metanol olishda tabiiy gaz — metan CH4 xomashyo sifatida ishlatiladi.
Sintez gazi yuqori haroratda suv bug‘ining metan gaziga ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. Metanol sintezi uchun dastlabki aralashma 1 hajm CO ning 5 hajmi H2 ga nisbatida olinadi. Metanol sintez reaksiyasi qaytar, ekzotermik, gomogen bo‘lib, hajmning pasayishi bilan davom etadi. Reaksiya 370-4000C haroratda olib boriladi. Sintezni tezlashtirish uchun ZnO, Cr2O3 katalizatori ishlatiladi. Metanol ko‘p miqdordagi turli xil organik moddalarni, xususan, fenol-formaldegid smolalarini ishlab chiqarishda va organik shisha ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan formaldegidni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, u benzinga qo‘shimcha sifatida ishlatiladi – yoqilg‘ining oktan sonini oshiradi va chiqindi gazlardagi zararli moddalar miqdorini kamaytiradi.
Vazifa. Ushbu matndan foydalanib, jadvalni to‘ldiring.