Odamlar orasidagi aloqalar. Siz odamlar bilan qanchalik yaxshi ishlay olishingiz toʻgʻrisida qanday fikrdasiz? Muloqotdan xursand boʻlasizmi yoki aksincha, doim yakka ishlay olarmidingiz yoki qandaydir oʻrtaroqdamisiz? Biznesda amalda uch turdagi asosiy shaxslar orasidagi aloqalar mavjud: isie’molchilar bilan aloqalar, xodimlar bilan aloqalar va ta’minotchilar bilan aloqalar. Kichik korxonalar egalarining koʻpchiligi xodimlar va ta’minotchilar bilan aloqalarga e’tibor berishmaydi, chunki ular bu munosabatlarda psixologik eng qulay tomonni egallaydilar.
Biznes egalari va iste’molchilar orasidagi munosabatlar esa biznesingizning turiga qarab, keng doirada oʻzgaradi. Masalan, koʻchmas mulkni sotish, ma’lum darajada shaxsiy jur’atni talab etadi. Agar shaxsiy sotuvlar varianti sizga rohat kelirmasa u siz boʻlmaydigan biznes turini tanlamang. Koʻp korxonalar shaxs ahamiyati kamroq sotuvlar variantini qoʻllashadi.
Chakana savdoda koʻpgina korxonalar uchun masalan, sotuvlardagi muvaffaqiyat iste’molchilar bilan yaxshi shaxsiy aloqalar oʻrnatilishidan koʻra, yaxshi tovarlar borligi, loyiq narx va reklama borligiga koʻproq darajada bogʻliq. Shaxs ahamiyati yoʻq sotuvlarning eng yorqin misoli - bu pochta orqali savdo bu yerda siz umuman haridoringizni koʻrmaysiz (haridor buyurtma yuboradi korxona egasi esa unga tovarni yuboradi).
Biznesga vaqtni bagʻishlash. Kichik korxonani barpo etish katta hajmdagi ogʻir ish bajarilishini talab ctadi. Haqiqatan ham dastlabki bir necha yil bu sizdan butun uygʻ oq vaqtingizni sarflashni talab etadi. Ammo, uzoqkelajakda kichik korxonani egasi tomonidan boshqaruv jarayonlarga kuch bagʻ ishlash va shaxsan jalb etilish darajasi keng doirada oʻzgarishi mumkin. Koʻpgina barqaror boʻlgan kichik korxonalarda har kunlik boshqaruv faoliyati taklif etilgan menejer zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Shaxsan jalb etilishning qaysi darajasini siz ma’qul koʻrishingiz va oʻz korxonangizga kelgusida (masalan, hozirgi paytdan olti yil oʻtgandan kcyin) qanday kuchni bagʻ ishlashni xohlashingizni, hal qiling. Siz bundan kcyin ham korxonangiz ishlariga toʻliq qatnashadigan boʻlib qolishingiz, umuman ma’qul boʻladi, ammo balkim, siz qisman qatnashishni ma’qul koʻrarsiz yoki korxonani shaxsan boshqarishdan mutlaqo voz kecharsiz.
Ish vaqti. Kolpgina kichik korxonalar dushanbadan jumagacha, ertalab soat 9 00 dan kunduzi 17 00 gacha ish grafigini oʻzlari uchun qabul qila olishmaydi. Agarda oddiy ish haftasi sizga koʻproq mos keladi deb hisoblasangiz, biznes turini tanlashda ehtiyotkor boʻlishingiz kerak. Agar siz ishlab chiqarish, ulgurji savdo yoki oddiy ish rejimli biznesning qandaydir boshqa turi bilan shugʻullanmoqchi boʻlsangiz ham, doimo oddiy ish kuni chegarasidan tashqarida bajarilishi kerak boʻlgan koʻpgina ishlar qoladi.
Siz kasbga egasiz, jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy va texnik xizmat koʻrsatasiz, xususiy repetitorlik, oʻquv va konsalting yoki tarjimonlik xizmatlari bilan shugʻullanasiz, ijtimoiy tarmoqlarda ishlaysiz, dasturlash xizmatlarini koʻrsatasiz.