10-bobi - Bank kartasi bilan operatsiyalarni amalga oshirishni to‘xtatish va bank kartasini muomaladan chiqarishda ko`rishimiz mumkin. Jumladan, Bank kartasi saqlovchisidan bank kartasi yo‘qolganligi yoki o‘g‘irlanganligi to‘g‘risida xabarnoma olinganda, emitent bank kartasi orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yishi hamda bank kartasini muomaladan chiqarish choralarini ko‘rishi zarur.
To‘lov tizimi operatori to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq ayrim emitentlar tomonidan emissiya qilingan bank kartalari orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga haqlidir.
Emitent quyidagi holatlarda bank kartasi orqali operatsiyalar o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin:
bank kartasi yoki uning rekvizitlaridan noqonuniy foydalanishni tasdiqlovchi holatlar mavjudligida;
bank kartasidan foydalanish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlatilganda;
bank kartalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan boshqa holatlarda;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Mazkur bandda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganda, bank kartasi orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish yoki bank kartasini muomaladan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish to‘lov tizimi qoidalariga asosan belgilanadi.
Bank kartasi orqali operatsiyalarni o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatib qo‘yish hamda bank kartasini muomaladan chiqarish va bu haqda mijozga xabar berish tartibi to‘lov tizimi qoidalariga hamda bank kartalaridan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.