Nazorat savollar
Nazorat savollar
1. MathCad tarkibidagi komponentlar haqida ma’lumot bering?
2. MathCad qanday so’zlardan tashkil topgan?
3. MathCad dasturini ishga tushirish tartibini ayting?
4. MathCad interfeysining oyna tuzilishi qanday?
5. Matematik panel vositalarini sanab o’ting?
6. MathCad dasturi ishini tugallash qanday amalga oshiriladi?
1.
Mathcad turli-tuman ilmiy va muxandislik hisoblashlarni bajaruvchi matematik redaktordir. Mathcad vositasida elementar arifmetik amallardan tortib murrakkab sonli metodlar realizastiyasini amalga oshirish mumkin. Sodda interfeysi, matematik hisoblashlarning ko`rgazmaliligi,keng standart funkstiyalar va sonli metodlar kutubxonasi mavjudligi, simvolli hisoblash xamda natijalarni turli shakllarda taqdim etish imkoniyatlari Mathcad dasturini eng ommaviy matematik dasturiy ta’minot darajasiga chiqishiga sabab bo`ldi. Mathcad tarkibiga bir-biri bilan integrallashgan bir necha kompanent kiradi. Bular:
• Matematik ifoda va matnlarni kiritish, taxrirlash va formatlash imkonini beruvchi matnli muxarrir;
• Standart sonli metodlardan foydalanib, kiritilgan formulalar bo`yicha hisoblashlarni bajaruvchi prostessor;
• Analitik hisoblarnibajarishga imkon beruvchi simvolli prostessor;
• Interaktiv elektron kitob ko`rinishida matematik va muxandislik ma’lumotnomasi; Mathcad dasturi muhitida quyidagi masalalarni hal etish mumkin:
- Mathcad formula redaktori yordamida matematik formulalar kiritish. Ushbu redactor imkoniyatlari Microsoft Word formula redaktoridan qolishmaydi;
- Kiritilgan formulalar bo`yicha matematik hisoblashlar birdaniga bajariladi;
- Turli tipdagi grafiklarni xujjatga joylashtirish;
- Turli formatdagi fayllarga ma’lumotlarni kiritish va chiqarish;
- Xujjatlarni Mathcad da bosmaga chiqarish;
- Yaratilgan xujjatlarni elektron kitob ko`rinishida birlashtirish; Mathcad dasturi komponentlari turli-tuman matematik xisoblashlar uchun qulay muxit bo`lib, bir vaqtning o`zida bu xisoblashlar natijalarini xujjatlashtirish imkonini beradi.
MathCad interfeysi MathCad bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga mo’ljallangan tizimdir. Uning nomlanishi ikkita – MATHematika (matematika) va CAD (avtomatik loyihalash sistemasi) so’zlarining birikmasidan tashkil topgan. MathCad formula, sonlar, matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal tizimdir. MathCad tili matematika tiliga juda ham yaqindir, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun juda qulaydir.
2.
MATHCAD – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning unikal majmuasidir. U o’z ichiga yillar ichidagi matematikaning rivojlanishi natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan. MATHCAD paketi muhandislik hisob-kitob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo’lib, u professional matematiklar uchun mo’ljallangan. Uning turli versiyalari mavjud. Uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. MATHCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash tiliga ham ega. MATHCAD dasturining interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o’xshash. MATHCAD ishga tushurilgandan so’ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi. MATHCAD ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to’plamini o’z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo’yicha bir necha buyruqlarni o’z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o’z ichiga olgan bo’lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |