Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan foydalanib)



Yüklə 132,25 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü132,25 Kb.
#178186
  1   2
Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan-fayllar.org


Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan foydalanib)

1-mustaqil ish


  1. Test turlari. Test turlari tahlili. (FSMU va T-sxema metodlardan foydalanib)


  2. Test yaratish bosqichlari. Yuqori, o’rta va quyi (bosqichlar taxlili va IDEYA metodi bo’yicha taxlil)


  3. Test yaratish bosqichlariga ball mezonlarini ishlab chiqish va taxlil qilish (muamollarni topish. Xar bir muammo uchun echim topish)


  4. Testni validligi va ishonchligi yuqori bo’lgan test yaratish Testalogiya va pedagogik o’lchovlar nazariyazi fani misolida (validligi yoqori bo’lgan testlar tuzish)


  5. Test topshiriqlarini taxlili va natijalarni qayta ishlash (PMI metodi yordamida jadval tuzish va diagrammalash)



Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidantalabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi.

Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta’sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi.


Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish; o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan. O’quvchilar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruhlarga ajratishga ham urinib ko’rilgan. CH.Grin (1926) o’zining «Test novogo tipa» (Yangi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko’rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi. Test sinovlari uchun mo’ljallangan material hajmini aniq belgilash va uning tarkibidagi eng muhim qismlarini ajratib olish; mazkur material uchun test sinovlarining eng maqbul shaklini tajriba yo’li bilan aniqlash; talabalarning test sinovlari vaqtida javob berishlari o’rtacha tezligi to’g’risidagi amaliy ma’lumotlarni e’tiborga olgan holda, test sinovlarining davom etish vaqtini belgilash; test sinovlardagi fikrlarni bayon qilinish tilining to’g’riligini va mantiqqa muvofiqligini tekshirish; topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik. 2 CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o’rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to’g’risidagi savolga javob berishga erishdi. Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda:
Shuni ta’kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o’tkazmasdan ta’lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta’limga yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma’lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta’limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. SHunisi qiziqki, Frantsiya to’qson yillik test an’analariga ega bo’lgan davlatdir. O’tgan asrning 70-yillari oxirida Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial - psixologlari AQSHda test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi. Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:
a) inson omilidan imkon boricha samarali tarzda xizmat manfaatlari nuqtai nazaridan
foydalanish;
b) ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar iste’dodlarni taqdirlashga intilish;
v) amerikaliklarni milliy ta’lim standartlarni joriy etish uchun intilishlari.
Inson erishgan yutuqlarni xolisona baholash uchun testlashtirishdan ommaviy suratda foydalanish, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda test sanoati va testlar bozorini vujudga keltirdi. AQSHda to’rt yuzdan ortiq markaz o’zaro raqobat ostida turli-tuman testlarni ishlab chiqmoqdalar. SHuningdek, testlarni tuzish va ularni qo’llash bo’yicha yaxshi mutaxassisliklar yuqori darajada qadr topganlar. 1992 yilda ular AQSHdagi eng nufuzli 20 ta faoliyat yo’nalishlari ro’yxatida 8-o’rinni egallaganlar. O’ta qadrlanadigan tizimlar bo’yicha tahlil, marketing, sog’liqni saqlash, ekologiya, oziq-ovqat maxsulotlarini taqsimlash va kompьyuter texnologiyasi ixtisosliklari esa, tegishli tarzda 15-20-o’rinlarga joylashtirilgan. Mustaqil O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib, 1993 yildan testshunoslikdan foydalanishga keng yo’l ochib berildi. Pedagogik testlar keng miqyosda, dastlab o’rta ma’lumot yakunida, oliy o’quv yurtiga kiruvchilarni qabul qilishda qo’llanila boshlandi. Pedagogik testlarning zamonaviy nazariyasi pedagogika, psixologiya, mantiq, o’lchovlar nazariyasi, matematik statistika, matematika, axborot nazariyasi; kibernetika va bir qator fanlarning tutash chegaralarida rivojlanmoqda. SHuningdek, testlar ilmiy asoslangan, eng ishonchli pedagogik o’lchovlar quroli sifatida etirof etilmoqda. Pedagogik testlar insoniyat tafakkuri erishgan muvaffaqiyatlardan biri bo’lib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi. SHuning uchun ham kelajak avlod psixologik, pedagogik va kasbiy testlar me’yor bo’lib qolgan davrda yashab, faoliyat ko’rsatadilar. Pedagogik testlar bilimlarga baho berishning istiqbolli usuli hisoblanadi. Uning afzalliklari quyidagilardan iborat:
test topshiriqlari o’quv fanining asosiy mazmunini qamrab oladi (imtihon bileti o’zida nazorat qilinadigan o’quv materialining 4-5 foizini qamraydi xolos);hamma o’quvchilar testning bir xil savollariga javob beradilar, bu ularning bilimlarini taqqoslashga imkon beradi;o’quvchilar bilimiga haqqoniy baho berish mezoni oshadi;test nazoratida oldindan yaratilgan, hamma uchun bir xil bo’lgan shkala yordamida, o’quvchilar bilimiga bir muncha aniq va tabaqalashgan baho qo’yishga imkon beradi (reyting);
o’qituvchi o’quvchilar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi;test nazorati kompьyuterlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay.
Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi. Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o’zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o’qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o’quv dasturini chuqur va har tomonlama o’zlashtirilishini ta’minlaydi. Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi. Pedagogik testlarni keng qo’llash bo’yicha AQSH tajribasi Kanada, Yaponiya, Turkiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarga yoyilgan.
Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi :
Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketmaketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir. Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida, uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi. Bu shakldagi testlarda o’quvchilarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi.
Test topshiqlariga qo’yiladigan didaktik talablar, tuzilgan test topshiriqlarining hammasini ham birdek qo’llashga yaroqli deb bo’lmaydi. Test savollari mukammal bo’lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:
Test rejasi ishlab chiqilgandan keyin, talabalarning tegishli o’quv fanini o’rganish natijasida, ular oladigan bilimlarni egallashga va ko’nikma hosil qilishga oid talablar shakllantiriladi. Bu talablar odatda o’quv fani bo’yicha ishchi dasturning «fanning maqsad va vazifalari» bo’limida yoziladi. Test topshiriqlari talab etiladigan bilimlar, ko’nikmalarni egallash darajasini to’la-to’kis aniqlashi kerak. Buning uchun test topshiriqlarida aks ettirilishi zarur bo’lgan muayyan
masalalar ro’yxati (test spettsifikatsiyasi) ishlab chiqiladi. Masalan:
A - ta’riflashni bilish;
B - qonunlar, formulalar, tamoyillarni bilish;
V - masalalar yechishda qonunlar, formulalarni qo’llashni bilish;
G - o’xshashlik va tafovvutni topishni bilish;
D - sxema va grafiklarni o’qishni bilish;
E - apparatlar (texnik moslamalar)ning tuzilishi va ishlatish qoidalarini bilish va x.
O’z-o’zidan ravshanki, keltirilgan ro’yxat universal xarakterga ega emas, u har bir o’quv fanining o’ziga xosligi asosida tuziladi. Masalan: chet tillar bo’yicha jumla tuzish kabi elementlar; tarixdan muhim voqealar, atoqli arboblarning ismi-shariflari, jamiyat rivojlanishining izchilligi kabi elementlar ro’yxatda aks ettirilishi mumkin. Har bir bilim va ko’nikmani tekshirishga test topshiriqlarining muayyan foizi ajratilishi zarur. Test rejasini ishlab chiqishda bu g’oyat muhim ishdir, test validligi, ya’ni uning o’quv dasturiga muvofiqligi ko’p jihatdan ana shunga bog’liq bo’ladi. Bu masala bo’yicha test ishlab chiquvchilar o’quv fanining ishchi o’quv dasturini tahlil qilish asosida muayyan bir fikrga kelishlari mumkin. So’ngra qabul qilingan topshiriqlar sonini o’quv fani bo’limlari va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlanadi. 8-9 jadvallarda 120 ta topshiriqni o’quv fanining 4 ta bo’limi va o’zlashtirish darajalari bo’yicha taqsimlash misol keltirilgan. Bunday rejasiz tuzilgan test tasodifiy materialga oid tuzilgan bo’lib, uning sifatsizchiqishi tabiiydir.
O’zbekiston Respublikasidagi 10 ta oliy o’quv yurtida (1995y.) tuzilgan dastlabki 369 ta test topshiriqlari professor Farberman B. L. rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan ekspertiza qilindi. Bu test tuzuvchilarning eng xarakterli quyidagi xatolarini tahlil qilish, umumlashtirish va darajalarga bo’lib chiqishga imkon beradi.
1. Yopiq test topshiriqlariga taklif qilinayotgan javoblar miqdorining kamligi (4-5 ta javob bo’lishi tavsiya etiladi). Ularning soni kamroq bo’lganda, to’g’ri javobni tasodifiy tanlash ehtimoli ancha oshadi.
2. Testda oddiy dalillar, voqealarning sanalari, atamalar, ism-shariflar, ya’ni faqat eslab qolishni talab etadigan topshiriqlarning ko’pligi. Bunday topshiriqlarni tuzish oson, biroq bu holda test faqat xotira bilan bog’liq bilimlarnigina nazorat qiladi, xolos. Tanqidiy baho berish, mustaqil fikrlash turli xil dalillarni umumlashtirish yoki o’rganilgan tamoyillarni yangi sharoitlarda qo’llanishga doir test topshiriqlarini tuzish qiyin, lekin ana shunday topshiriqlargina talaba bilimini to’laqon baholaydi. O’tkazilgan tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, o’rganilgan materialning o’zi ko’pincha ma’lum vaqt o’tgach, unutiladi, o’zlashtirilgan asosiy tamoyillar va ularni yangi sharoitlarda qo’llash esa, umuman, unutilmaydi yoki o’qish tugallangandan keyin xotirada uzoq vaqt saqlanib qolar ekan.
3. Test topshiriqlarining shu fan bo’yicha darslikka o’ta bog’liq bo’lib qolganligi. Test topshiriqlari talabaning o’zlashtirib olishi shart bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarga muvofiq kelishi lozim. Test topshiriqlarini o’quv fanining bo’limlari yoki mavzulari o’rtasida mutanosib ravishda taqsimlab, bu masalalarni test rejasini ishlab chiqish bosqichida hal qilish zarur. Test rejasini tuzayotganda qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil o’rganish uchun tuziladigan test topshiriqlarini ham e’tiborga olish zarur.
4. Testda shu o’quv fani asosiy qoidalarini umumlashtiradigan majmuali
xarakterdagi topshiriqlarning yo’qligi.
5. Taklif qilinadigan javoblarning kattaligi (beso’naqayligi). Test topshiriqlarida
javoblarning ko’p satrli bo’lishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi, ularni anglab olish qiyin bo’ladi va talaba beshinchi javobni o’qib bo’lguncha, birinchi javob mazmunini unutib qo’yadi. Murakkab topshiriqni bir necha oddiylariga bo’lib test tuzilishi zarur. Ko’p sonli qoida va mulohazalarni bilishni hamma vaqt talab qilaverish to’g’ri emas, ba’zan tayanch so’zlarni ajratishning o’zi talabaning katta hajmdagi o’quv materialini bilishi haqida ma’lumot berishi mumkin.
6. Test topshirig’i shartlarini (savollarini) ta’riflashdagi ko’p so’zlilik. Test topshiriqlaridagi oddiy va lo’nda qilib bayon qilingan fikr sinovdan o’tuvchining fikrlash va tafakkur jarayonini engillashtiradi. Bu holda u talab qilingan fikrni va o’zaro mantiqiy bog’lanishlarni tezroq topish imkoniyatiga ega bo’ladi.
7. Shunday test topshiriqlari ham uchraydiki, ularga to’g’ri javob topish uchun unga bir qarashning o’zi kifoya qiladi. Masalan: biror topshiriq, testning boshqa qismida joylashgan topshiriqning javobi bo’lib qolgan. Aytaylik, bir topshiriqda Yerning tortish kuchi qonunini ta’riflagan olimning familiyasini aytib berish talab qilinadi, ayni vaqtda boshqa topshiriq quyidagicha ifodalangan: «Nyutonning Yerni tortish kuchi formulasi…».
8. Ta’riflashdan ikki xil ma’no chiqishi yoki uning aniqmasligi, topshiriqni noto’g’ri tushunishga olib kelishi mumkin. Bu, o’z fikrini savol yoki test topshirig’ini tasdiqlovchi javob tariqasida aniq ifodalab beradigan bitta gap tuzish malakasining yetarli emasligidan kelib chiqadi. Yozilgan matnni boshqa kishiga o’qitib ko’rish test ravonligini aniqlashning eng yaxshi yo’lidir. Topshiriq tuzuvchi talabalar fikriga berilib, ko’pincha u o’z ta’riflarining boshqacha mazmunini anglay olmaydi. SHuning uchun ham, test tuzuvchilar o’z tasavvurida test topshirig’ini bajarish jarayonidagi talaba tafakkuri modelini tasavvur etish qobiliyatiga ega bo’lishi muhimdir. Test topshirig’ining sifatiga bevosita ta’sir etmaydigan, lekin test tuzishda hisobga olinishi zarur bo’lgan quyidagi jihatlarni ham e’tiborga olish lozim.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, testlarning murakkablik darajasini faqat 10-25 foiz hollardagina to’g’ri aniqlash mumkin ekan. SHu sababli testni talabalar guruhlarida tekshirish yo’li bilan tajriba (empirik) usulida sinash lozim. Buning uchun tuzilgan test topshiriqlari birinchi marta ularning sifatini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Uning natijasi jadval yoki grafik ko’rinishda tasvirlanib, talabalarning ko’proq yoki ozroq qismi javob bergan test topshiriqlari aniqlanadi. Zarur bo’lgan hollarda ular takomillashtiriladi.
Online test yaratish va undan foydalanish bu juda qulay va adolatli hisoblanadi. Ayniqsa qayerda inson omili tasiri bor ekan umuman olganda nohaqlik va yonbosish juda ko’p hollarda uchraydi. Shuning uchun ham bunday testlar juda foydali. Ayniqsa karantin paytlarda bu testlar juda ko’pchilik tomonida qo’llab quvvatlandi. Bunday testlarni ko’plab turlari mavjud bular quyidagilar:
EasyQuizzy
Ushbu dastur nomi o'z-o'zidan gapiradi: easyQuizzy oddiy va intuitiv interfeysga ega, bu esa o'rganish va testlarni yaratish jarayonini juda osonlashtiradi. Ko'pincha u ta'lim maqsadida ishlatiladi, chunki bu yerda siz talabaning bilim darajasini avtomatik o'rnatilgan tizimlardan biri yordamida hisoblashingiz mumkin. Sizdan to'liq testni ketma-ket olib boradigan barcha bosqichlarni bajarishingizni so'raymiz, avval unga ism berib, u haqida umumiy ma'lumotlarni qo'shib, so'ngra savollarni birma-bir qo'shib qo'ying. Bir nechta to'g'ri javoblarni qo'shishga ruxsat beriladi, shuning uchun parcha paytida odamga berilgan savolga javob berish uchun bir nechta variantni to'g'ri topish kerak bo'ladi. To'laqonli testni shakllantirishdan oldin, masalan, parcha davomiyligini cheklaydigan vaqtni qo'shib, biz aytib o'tgan baholash tizimini aniqlab, savollar va javoblarni yuborish usullarini o'zgartirib, loyihani sozlash kerak. Natijani ikki marta tekshirish va saqlash kifoya, shundan so'ng u har qanday kompyuterda ishlashi mumkin bo'lgan alohida dastur sifatida mavjud bo'ladi. Uni tarqatish uchun siz tashqi xotira vositalaridan ham foydalanishingiz mumkin (disklar, USB Flash), shuningdek Internet va mahalliy tarmoq orqali fayllarni uzatish. Dastlabki bosqichda ismini kiritgandan so'ng, test topshiruvchi savollar va javob variantlaridan iborat eng oddiy oynani oladi, bu yerda to'g'ri (bittasini yoki bir nechtasini) tanlash kerak. Agar u savolga javobni bilmasa, unga tegishli tugmani o'tkazib yuborish taklif etiladi. Oxir-oqibat, natijalar va to'g'ri javoblar soni ko'rsatilgan oyna ko'rsatiladi. Dastur shuningdek, keyinchalik alohida fayl sifatida saqlanishi mumkin bo'lgan (masalan, elektron pochta orqali yuborish uchun) yoki bosib chiqarilishi mumkin bo'lgan hisobotni yaratishni taklif qiladi. Rasmiy veb-saytda dasturda qanday ishlash kerakligi, shuningdek, sotib olish bilan bog'liq ma'lumotlar mavjud. Siz 30 kunlik sinov versiyasini yuklab olishingiz mumkin, undan so'ng siz faollashtirish kalitini sotib olishingiz kerak bo'ladi. Buyurtmani topshirishda siz to'lovchining turini tanlashingiz mumkin: jismoniy yoki yuridik shaxs. Dastur to'liq ruslashtirilgan, chunki u ukrainalik ishlab chiquvchilar tomonidan yaratilgan.
INDIGO-bugungi materialimizda muhokama qilinadigan eng zamonaviy sinov tizimlaridan biridir. Uning asosiy xususiyati Telekom va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining rasmiy ma'qullashidir, ya'ni INDIGO talabalar, xodimlar va savdo ishtirokchilarining baholash testlari va ijtimoiy so'rovlarini o'tkazish uchun barcha davlat va xususiy muassasalarda xaridlar uchun tavsiya etiladi. Voqealarning shunga o'xshash rivojlanishi barcha vazifalarni amalga oshirishga imkon beradigan dasturning keng funktsionalligi tufayli sodir bo'ldi. Siz testlarni o'zlarini yaratishdan boshlashingiz kerak. Ularning tuzilishi o'zboshimchalik bilan bo'lishi mumkin va savollarning joylashuvi ierarxiyasi to'g'ridan-to'g'ri foydalanuvchilarga moslashtiriladi. Sinovlarning hajmi yoki ularning soni bo'yicha cheklovlar mavjud emas va ramkalarning mavjudligi faqat bulutdagi bo'sh joy yoki mahalliy ommaviy axborot vositalarida bog'liq.INDIGO savollarni qulay yaratish va ularga javoblarni tayyorlash uchun barcha vositalarga ega, shu jumladan matnli fayllarni olib kirish va javob shakllarini bosib chiqarish. So'rov statistikasi Excelga eksport qilinishi mumkin, bu sizga har doim mavjud natijalar to'g'risida xabardor bo'lishga imkon beradi.
Bundan tashqari, test sinovlari qoidalari o'rnatiladi, masalan, minimal o'tish ballari yoki tanlov uchun ruxsat berilgan javoblar soni. Ushbu qoidalarning barchasi o'rnatilgan muharrir tufayli istalgan vaqtda sozlanishi yoki olib tashlanishi mumkin. Xuddi shu muharrir testlarning o'ziga ham tegishli, shuning uchun bitta savolni o'zgartirishingiz kerak bo'lsa, hech qachon muammo bo'lmaydi: bu sozlamalarni tejash bilan atigi bir necha daqiqada amalga oshiriladi va ular darhol barcha foydalanuvchilarga qo'llaniladi. Endi hisoblar mavzusiga to'xtalib o'tamiz. INDIGO-da har bir sinov sub'ektiga alohida huquqlarga ega bo'lgan alohida profil beriladi. Brauzer orqali avtorizatsiya qilish uchun foydalanuvchi nomi va paroldan foydalanadi va darhol sinovni boshlashi mumkin. Sinxronizatsiya bir zumda sodir bo'ladi, shuning uchun so'rovnoma yoki raqobat jarayoni boshqa qurilmalarda ko'rinadi. Foydalanuvchilarning nomlarini kiritish bilan bog'liq muammolar bo'lmaydi, chunki ushbu dastur Unicode va barcha turdagi maxsus belgilarni qo'llab-quvvatlaydi. INDIGO narxi bir vaqtning o'zida talab qilinadigan seanslarning soniga bog'liq va sinov versiyasi rasmiy veb-saytda bepul mavjud.
SunRav TestOfficePro
Quyidagi dastur SunRav TestOfficePro deb nomlangan uchta moduldan iborat bo'lib, ularning har biri ma'lum funktsiyalarni bajarish uchun javobgardir. tMaker to'g'ridan-to'g'ri testlarni yaratish uchun ishlatiladi. Unda javoblarni to'ldirish uchun kerakli variantlarni tanlab, turli yo'nalishdagi cheksiz ko'p savollarni qo'shishga imkon beruvchi oddiy muharriri mavjud. Ushbu dasturda yaratilgan barcha testlarni istalgan vaqtda qo'llab-quvvatlanadigan so'zlarni qayta ishlash yoki elektron jadval vositalariga eksport qilish mumkin. Sinovlar tTester moduli orqali amalga oshiriladi. O'tishdan oldin barcha foydalanuvchilar ro'yxatdan o'tishadi: shakl belgilangan talablarga muvofiq to'ldiriladi. Administrator o'zi butun jarayonni nazorat qiladi va u hisoblarni bloklashi, qoidalarni o'zgartirishi yoki pop-up konsolining o'rnatilgan buyruqlaridan foydalanishi mumkin. Siz taxmin qilganingizdek, oxirgi tAdmin moduli natijalarni tekshirish, statistik ma'lumotlarni ko'rsatish va barcha kerakli ma'lumotlarni chop etish uchun yuborish uchun javobgardir. Agar javoblar bilan matritsa yaratishga ehtiyoj bo'lsa, tAdmin ham ushbu vazifani bajarishga imkon beradi.
ADTester - bu bugungi kunda gaplashadigan turli yo'nalishdagi testlarni o'tkazish uchun birinchi bepul dastur. Bu rus tilidagi interfeys tilini intuitiv ko'rinishga ega va his qiladigan va qo'llab-quvvatlaydigan juda oddiy vosita. Bu boshlang'ich foydalanuvchilarga darhol ishga tushirilgandan so'ng, ichki konstruktor yordamida savollar yaratishga yordam beradi. Savollar yoki javoblar sonida cheklovlar yo'q va ADTester-da ma'lum mavzular bo'yicha bloklar mavjud emas, shuning uchun bu erda siz har qanday sohadan so'rovnomalar yoki tanlovlar yaratishingiz mumkin. Ushbu dasturiy ta'minotda hujjatlarni eksport qilish funktsiyasi mavjud emas, ammo ochiq matnli fayllardan tarkibning tezkor harakati mavjud.Siz faqat chiziqlarni tanlashingiz va o'rashingiz kerak, shunda ular konstruktorda mos keladigan shaklga avtomatik ravishda kiritiladi. Tasodifiy ketma-ketlik funktsiyasi, shuningdek, siz yaratadigan savollarga murakkablik qo'shadi. Yoqilganda har bir akkauntga aralashtirilgan savollar ro'yxati va javob variantlari beriladi. Administrator modulida akkauntlar yaratiladi, natijalar ko'rib chiqiladi va butun jarayon boshqariladi, shu jumladan ma'lumotlar bazalarining zaxira nusxalarini hozirgi holatida.
SunRav TestOfficePro-ga qo'shilgan qiziqarli xususiyatlarni ham ta'kidlaymiz. Masalan, testning ob'ektivligi so'rov tugaguniga qadar dasturdan chiqishni taqiqlash, ish stolini blokirovka qilish va barcha javoblar kiritilgandan so'ng dasturiy ta'minotni avtomatik ravishda yopish orqali erishiladi. Savollarning o'zi aralashib ketishi va tasodifiy tartibda tashlab yuborilishi mumkin, va belgilangan vaqt oralig'i bitta topshiriqqa osib qo'yilmaslikka yoki butun raqobatni noma'lum muddatga cho'zmaslikka imkon beradi. SunRav TestOfficePro ishlab chiquvchilari o'ziga xos xususiyatlarga ega ikkita litsenziya turini yaratdilar. Quyidagi havola orqali dasturiy ta'minot sahifasida ular va ularning narxi haqida ko'proq bilib olishingiz mumkin.
To'g'ridan-to'g'ri so'rov o'tkazish tartibiga o'tamiz. Bu erda har bir foydalanuvchi mustaqil akkaunt vazifasini bajarishi yoki a'zolar soniga cheklovlarsiz yaratilgan guruhga qo'shilishi mumkin. Bundan tashqari, shaxsiy ma'lumotlar to'ldiriladi, agar bu oldin administrator tomonidan bajarilmagan bo'lsa. Agar kerak bo'lsa, shaklga video qo'shishga ruxsat beriladi, kelajakda ular doimo ijro etish yoki to'xtatish uchun mavjud bo'ladi. Konstruktorda yaratilgan mavjud maslahatlar ham ko'rsatiladi va siz ularga har qanday qulay daqiqada qaytishingiz mumkin. Javob berish bosqichida administrator panelida real vaqt statistikasi ko'rsatiladi. Unda barcha profillar ro'yxati, ishtirokchilarning ismlari, to'g'ri javoblar soni va dolzarb savol ko'rsatiladi. Bularning barchasi vaziyat ustidan to'liq nazoratni yaratishga imkon beradi. Shubhasiz, ADTester professional echimlardan sezilarli darajada past, ammo unutmangki, ushbu vosita kam sonli bepul vositalardan biridir, shuning uchun uning ba'zi kamchiliklarini kechirish mumkin.
UniTest System - bu biroz eskirgan interfeysga ega, ammo Windows operatsion tizimlarining barcha versiyalarida hali ham to'g'ri ishlaydigan echim. Darhol, biz uning pullik evaziga tarqatilishini va o'z sinov vazifasini yaratish va bitta kompyuterda kirish testini o'tkazish uchun demo versiyasini istalgan vaqtda yuklab olish mumkinligini ta'kidlaymiz. UniTest tizimi boshqa shunga o'xshash vositalar singari bir nechta modullarga bo'lingan. Birinchisi, savollar konstruktsiyasi, bu erda ish maydoni ikkita panel shaklida taqdim etiladi. Yuqorida savolning o'zi ko'rsatiladi, pastki qismida esa cheksiz ko'p miqdordagi javoblarga ega plitkalar qo'shiladi. Ushbu yozuvlarning barchasi ranglar va uslublar bo'yicha moslashtirilgan, ammo rasmning umumiy idrok etilishi bundan o'zgarmaydi - dasturiy ta'minotni uzoq vaqt davomida ishlatish tashqi ko'rinish hali ham eskirgan va yoqimsiz ko'rinadi. Jarayonni tezlashtirmoqchi bo'lgan vaqtlar uchun moslashtirilgan tezkor tugmalar to'plami mavjud.
Foydalanuvchilarni yaratgandan va ularga avtorizatsiya bergandan so'ng, ularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri sinov o'tkaziladigan shaklga o'tadilar. Bu erda ishlab chiquvchilarning maslahati paydo bo'lib, hatto eng yangi foydalanuvchi ham barcha harakatlar algoritmini tushunishga imkon beradi. Barcha vazifalar va javob variantlari aralashtiriladi va tasodifiy tartibda namoyish etiladi va istalgan vaqtda ularga qaytish va echimni tanlash uchun qiyin savollarni o'tkazib yuborish mumkin. Javob tegishli plitkada sichqonchaning chap tugmachasini bosish yoki klaviatura tugmachalari yordamida tanlanadi va oynaning o'zi to'liq ekran rejimiga kengaytiriladi. Bundan tashqari, tashqi ko'rinishning qo'shimcha sozlamalari mavjud, bu har kimga o'zlari uchun maqbul parametrlarni o'rnatishga yordam beradi. Ovoz berish holati alohida panel orqali kuzatiladi. Bu boshqa dasturlarni ko'rib chiqishda biz allaqachon aytib o'tgan barcha ma'lumotlarni ko'rsatadi. Haqiqiy vaqt rejimida ma'muriyat, shuningdek, hisoblarni o'chirish yoki blokirovka qilish imkoniyatiga ega. UniTest tizimi juda munozarali dasturdir, shuning uchun litsenziyani sotib olish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin avval bu haqda hamma narsani bilib oling va demo versiyasini tekshirib ko'rishingizni maslahat beramiz. Endi mahalliy tarmoqqa ulangan barcha foydalanuvchilar TestMaker-ni yuklab olishlari va echimini topishlari mumkin. Oxirida natijalar ko'rsatiladi va o'qituvchining o'zi ham ular bilan tanishib chiqadi. Ushbu echimda boshqa funktsiyalar mavjud emas. Asosiy kamchiliklar - bu bepul funktsiyalarda ham mavjud bo'lgan muhim funktsiyalarning etishmasligi va pullik tarqatish. Asosiy asosiy versiya 5 dollar turadi va siz TestMaker bilan faqat kichik demo rejimi yoki o'z-o'zini bajaradigan test orqali tanishishingiz mumkin.
Bugun siz kompyuterda testlar yaratish uchun turli xil dasturlar haqida bilib oldingiz. Ularning barchasi mavzular bo'yicha cheklovlarga ega emas, ammo funktsiyalarni amalga oshirish foydalanuvchilarni moslashishga va murosaga intilishga majbur qiladi. Biroq, dumaloq summaga professional dasturni sotib olish muammolarni hal qiladi, chunki barcha kerakli sozlamalar mavjud. Bu erda har bir foydalanuvchi o'zi uchun bunday dasturiy ta'minot uchun pul berishga arziydimi, degan xulosaga keladi.
Test Constructor dasturining nomi allaqachon uning asosiy maqsadi haqida gapiradi. Bu yerda testlarni yaratish va o'tkazish algoritmlarini amalga oshirishda deyarli hech qanday yangi narsa yo'q, biz faqat muharrirda keltirilgan bosqichma-bosqich printsipni ta'kidlaymiz. Bu erda siz har bir bo'lim o'rtasida navigatsiya qilasiz, har bir parametrni parallel ravishda o'rnatasiz.Masalan, birinchi navbatda, umumiy ma'lumotlar o'rnatiladi - topshiriq raqami, uning nomi, savollarning narxi va ularning maksimal soni. Bundan tashqari, qo'shimcha parametrlar mavjud, bu erda qoidalarni yoqish yoki bekor qilish tasdiqlash qutilarini o'rnatish orqali amalga oshiriladi. Bu erda siz testning to'xtatilishini taqiqlashingiz, javoblarning to'g'riligini yashirishingiz yoki ko'rsatishingiz va savollarning o'tkazib yuborilishiga yo'l qo'ymasligingiz mumkin. Tanlangan variantdan keyin kuzatiladigan ovoz ham tuzilgan. Har bir topshiriq uchun kutib olish nutqi ixtiyoriy ravishda tuzilgan. Odatda, bu erda umumiy qoidalar va ishtirokchilar uchun foydali ma'lumotlar yoziladi. Oxir-oqibat, baholash tizimini tanlash va savollarni o'zlari yozishga o'tish kifoya. Agar rasm yoki soundtrack qo'shishga ehtiyoj bo'lsa, uni muharrirning alohida bo'limlarida ham bajaring. Endi mahalliy tarmoqqa ulangan barcha foydalanuvchilar TestMaker-ni yuklab olishlari va echimini topishlari mumkin. Oxirida natijalar ko'rsatiladi va o'qituvchining o'zi ham ular bilan tanishib chiqadi. Ushbu echimda boshqa funktsiyalar mavjud emas. Asosiy kamchiliklar - bu bepul funktsiyalarda ham mavjud bo'lgan muhim funktsiyalarning etishmasligi va pullik tarqatish. Asosiy asosiy versiya 5 dollar turadi va siz TestMaker bilan faqat kichik demo rejimi yoki o'z-o'zini bajaradigan test orqali tanishishingiz mumkin.
Dasturlarning barchasi mavzular bo'yicha cheklovlarga ega emas, ammo funktsiyalarni amalga oshirish foydalanuvchilarni moslashishga va murosaga intilishga majbur qiladi. Biroq, dumaloq summaga dasturni sotib olish muammolarni hal qiladi, chunki barcha kerakli sozlamalar mavjud. Bu erda har bir foydalanuvchi o'zi uchun bunday dasturiy ta'minot uchun pul berishga arziydimi, degan xulosaga keladi. So'ngra respondentlar kirishadi. Ular hisobni ro'yxatdan o'tkazadilar yoki allaqachon yaratilgan nom ostida tizimga kiradilar va darhol muammolarni o'rganishni boshlashlari mumkin. Ekranda faqat bitta topshiriq ko'rsatiladi va joriy test mavzusi har doim yuqori qismida ko'rsatiladi. Belgilash katakchalari bir yoki bir nechta javobni belgilab, so'ngra keyingi bandlarga o'ting. Natijalar oxirgi savolga javob o'rnatilgandan so'ng darhol ko'rsatiladi. Siz topshiriqlarning umumiy sonini, to'g'ri va noto'g'ri tanlov foizini, shuningdek to'plangan ballar sonini ko'rasiz. Shuningdek, administrator bularning hammasini tegishli moduldagi jadvalga qarab kuzatib boradi. U istalgan vaqtda yangilanishi, holatini baholashi yoki natijalarini o'chirib tashlashi mumkin. Test Builder-ning demo-versiyasida allaqachon tayyorlangan loyihalar mavjud bo'lib, uni o'rganish uchun dasturiy ta'minotni yuklab olish va sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish va qanday litsenziya turini tanlash kerak.
Ayren deb nomlangan dastur bugungi materialimiz mavzusiga mos keladigan yana bir bepul vositadir. Ushbu dasturiy ta'minotdagi interfeys iloji boricha sodda shaklda yaratilgan va savollarni yaratish bir necha daqiqada vazifalarni va bloklar bilan alohida satrlarni banal qo'shilishi bilan javob variantlari bilan amalga oshiriladi, shuning uchun biz ushbu mavzuga to'xtalmaymiz. Sinovdan o'tish oynasining amalga oshirilishini qayd etamiz. Chap tarafdagi panelda mavjud bo'lgan barcha savollar aks etadi va siz ular orasida har qanday qulay daqiqada harakat qilishingiz mumkin. O'ng tomonda, agar o'rnatilgan bo'lsa, joriy savol matn va rasm bilan ko'rsatiladi va quyida siz variantlarni ko'rasiz. Tayyor bo'lgach, tegishli element yonida tasdiq belgisi o'rnatiladi va keyingi vazifaga o'tish amalga oshiriladi. Javob variantlarini tanlashning ayrim turlari mavjud: qo'lda kiritish, bir yoki bir nechta narsalar, moslashtirish yoki buyurtma berish va tasniflash. Faqatgina ushbu variantlar tufayli Ayrenga e'tibor berishingiz mumkin, chunki barcha bepul sinov dasturlari ushbu xususiyatni amalga oshirmaydi. Ayrenda o'qituvchi darhol natijalarni ko'rishi mumkin va talaba oxirgi savolni to'ldirgandan so'ng ular bilan tanishadi. Ushbu dasturiy ta'minotning yana bir xususiyati Paskal tilida skriptlarni amalga oshirishdir. Agar siz ushbu PL-ga egalik qilsangiz va ma'lum funktsiyalarni bajaradigan maxsus qo'shimchalar yaratmoqchi bo'lsangiz, buning uchun mavjud tarjimondan foydalanishingizga hech narsa to'sqinlik qilmaydi. Aks holda, Ayren - oddiy so'rovnomalarni o'tkazish uchun oson va qulay echim. Foydalanuvchilarni yaratgandan va ularga avtorizatsiya bergandan so'ng, ularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri sinov o'tkaziladigan shaklga o'tadilar. Bu erda ishlab chiquvchilarning maslahati paydo bo'lib, hatto eng yangi foydalanuvchi ham barcha harakatlar algoritmini tushunishga imkon beradi. Barcha vazifalar va javob variantlari aralashtiriladi va tasodifiy tartibda namoyish etiladi va istalgan vaqtda ularga qaytish va echimni tanlash uchun qiyin savollarni o'tkazib yuborish mumkin. Javob tegishli plitkada sichqonchaning chap tugmachasini bosish yoki klaviatura tugmachalari yordamida tanlanadi va oynaning o'zi to'liq ekran rejimiga kengaytiriladi. Bundan tashqari, tashqi ko'rinishning qo'shimcha sozlamalari mavjud, bu har kimga o'zlari uchun maqbul parametrlarni o'rnatishga yordam beradi. Ovoz berish holati alohida panel orqali kuzatiladi. Bu boshqa dasturlarni ko'rib chiqishda biz allaqachon aytib o'tgan barcha ma'lumotlarni ko'rsatadi. Haqiqiy vaqt rejimida ma'muriyat, shuningdek, hisoblarni o'chirish yoki blokirovka qilish imkoniyatiga ega. UniTest tizimi juda munozarali dasturdir, shuning uchun litsenziyani sotib olish to'g'risida qaror qabul qilishdan oldin avval bu haqda hamma narsani bilib oling va demo versiyasini tekshirib ko'rishingizni maslahat beramiz.
Pedagogik-psixologik eksperiment, tadqiqotning ishonchli vositasi bo‘lishi hamda natijalarning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish uchun va ushbu natijalar asosida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun tadqiqotda qo‘llanilgan psixodiagnostik metodika ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak, bunda metodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim: validlik, ishonchlilik, bir sifatlilik va aniqlik. Endi har bir talabni alohida ko‘rib chiqamiz.
«Validlik» atamasi Evropa tillaridan olingan bo‘lib u quyidagi ma'noni anglatadi: «to‘laqonli», «yaroqli», «mos». Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan o‘rganilayotgan psixologik xususiyatga mo‘ljallanganligi va ushbu psixologik xususiyatni baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.
Metodikaning validlik tavsifi ushbu metodika orqali haqiqatdan ham psixologik sifatni o‘lchash mumkin, degan xulosadan tashqari uni qo‘llash mumkin bo‘lgan sohani va uning sharoitlari haqidagi ma'lumotlarni ham o‘ziga qamrab oladi.
Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir necha turi borligini va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish hamda baholash zarurligini qayd etamiz. Validlik – nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.
Nazariy validlik – qo‘llanilgan metodika yordamida olingan ko‘rsatkichlarni, boshqa metodik vositalardan olingan ko‘rsatkichlar bilan ya'ni ko‘rsatkichlar orasida nazariy asoslangan bog‘liqlik borligini va tadqiqot qilinayotgan sifat ko‘rsatkichlari mosligi bilan aniqlanadi.
Nazariy validlik bitta nazariyaga tayangan holda, aynan bir xususiyatga tegishli har xil metodikalardan foydalanish natijasida olingan ko‘rsatkichlarni korrelyatsiyasi bilan tekshiriladi.
Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning haqqoniy xulqidagi diagnostik ko‘rsatkichlarning bir-biriga mosligi bilan tekshiriladi. Agar sinaluvchining xarakterini qo‘llanilgan metodika yordamida baholasak, ushbu odamning hayotdagi xarakter ko‘rinishining qo‘llanilgan metodikadan olingan ko‘rsatkichlar bilan bir xilligini aniqlasak, u holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‘ladi.
Empirik validlik mezonlari bo‘yicha metodika odamlarning amaliy faoliyat natijalari hamda haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.
Ichki validlik – metodikadagi topshiriqlar, subtestlar, mulohazalarning umumiy maqsadga mosligini anglatadi. Metodikadagi subtestlar, topshiriqlar va undagi savollar qisman butunlay biz o‘rganayotgan xususiyatni o‘lchay olmasa, u holda ushbu metodika ichki validli emas yoki ichki validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi.
Tashqi validlik ham xuddi empirik validlikka o‘xshash, undan farqli tomoni shundaki, sinaluvchining xulqiga taalluqli asosiy tashqi ko‘rinishlarning ko‘rsatkichlari bilan metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e'tibor qaratiladi.
Metodikani tuzish jarayonida darhol uning validligini baholash juda murakkabdir. Odatda metodikaning validligini tekshirish va aniqlashda metodika uzoq muddat qo‘llanilgandan so‘ng u haqida xulosa chiqarish mumkin, chunki Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan validlikning to‘rt turi ham tekshirilishi zarurdir.
Validlikning turlaridan tashqari uning mezonlarini bilish ahamiyatga molikdir:
A) Xulqiy ko‘rsatkichlar – sinaluvchining har xil hayotiy voqeliklardagi reaktsiya va xatti-harakatlari;
B) Sinaluvchining faoliyatidagi Yutuqlari: o‘quv, ish, ijodiy va hokazolar;
V) Har xil nazorat sinov va topshiriqlarning bajarilganligi haqida ma'lumotlar;
G) Boshqa metodikalar yordamida olingan ma'lumotlar – validlik tekshirilayotgan metodikaning boshqa metodika bilan bog‘liqligining etarli darajadaligi.
2. Ishonchlilik – psixodiagnostik metodikalarning muhim psixiometrik ko‘rsatkichi sifatida. Ishonchlilik turlari va ularni aniqlash usullari
Metodikaning ishonchliligi – metodika yordamida barqaror, qat'iy ko‘rsatkichlarni olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.
Psixologik test natijalarini nazorat qilish murakkab omillarga bog‘liq va bu quyidagilardir:
asbob-uskunalarning o‘lchov sifati;
psixologik testlarning doimiy relevant tavsifi;
sinaluvchining ko‘rsatmalarni to‘g‘ri tushunishi;
sinaluvchining xulqi, xatti-harakati;
sinaluvchining dolzarb psixologik holati.
Psixodiagnostik tadqiqot jarayonida ushbu omillarning o‘zgarishi o‘lchovning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki bu omillarning doimiyligini saqlab turishning imkoni yo‘q, shuning uchun ham psixodiagnost metodikaning Yuqori darajada ishonchliligiga amin bo‘lishi juda qiyin. Ushbu omillarning asosiylaridan biri metodikaning o‘zining ishonchliligidir, chunki qolgan omillarning olingan natijalar doimiyligiga ta'siri ancha kamdir.
Psixodiagnostik metodikalarning ishonchliligini ikki xil usul bilan tekshirib chiqish mumkin:
Ushbu metodika yordamida har xil odamlarda olingan natijalarni taqqoslash.
Aynan bir xil sharoitda metodikani qo‘llash va undan olingan natijalarni taqqoslash.
Metodikaning aniqligi – psixodiagnostik tadqiqot paytida biror-bir xususiyatni baholashda ozgina o‘zgartirishga ham javob qaytarish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Metodikaning aniqligini texnik o‘lchov asbob-uskunalarining aniqligi bilan izohlash mumkin. Masalan: santimetrga bo‘lingan metrdan ko‘ra millimetrga bo‘lingan chizg‘ich bilan aniqroq o‘lchash mumkin.
Psixodiagnostik metodika qanchalik aniq bo‘lsa, o‘lchovning sifati shuncha Yuqori bo‘ladi. Ammo amaliy psixodiagnostikada hamma vaqt ham o‘lchovning aniqligi, baholashning Yuqori darajasi talab qilinmaydi. Masalan, butun tadqiqotda tanlama sinaluvchilarni ikkiga bo‘lish kerak bo‘lsa, u holda qo‘llanilayotgan metodika aynan shunga mos holda bo‘linishi kerak, undan ko‘pga ham, kamga ham emas. Agar sinaluvchilar beshta guruhga bo‘linishi shart bo‘lsa, u holda beshta o‘lchov shkalasi bor metodikani qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi va ular beshta punktdan iborat bo‘lishi kerak, masalan «ha», «yo‘qdan ko‘ra ha», «yo ha, yo yo‘q», «yo‘q hadan ko‘ra», «yo‘q» shaklida. Metodikanig bir sifatliligi ushbu metodika yordamida olingan natijalar qay darajada, aynan bir xususiyatga taalluqli o‘zgarishni o‘lchashi bilan tavsiflanadi. Agar o‘rganilayotgan xususiyatlardan olingan ko‘rsatkichlar, ushbu metodika bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa bir xususiyat ko‘rsatkichlarini namoyon qilsa, u holda ushbu metodika bir sifatlilik mezoniga mos bo‘lmaydi. Masalan, tadqiqotchini shaxsning xulq motivlarini baholash qiziqtirsa, u sinaluvchining xulq motivlariga taalluqli to‘g‘ridan-to‘g‘ri savollar berishi mumkin, u holda olingan javoblar bir xillik mezoniga mos tushishi kamdan-kam hollarda ro‘y berishi mumkin, chunki sinaluvchi o‘z xulq motivlarini anglagan holda eksperimentatorga xulq motivlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
O‘quvchi, talabaning faqat bilimlarni o‘zlashtirishini baholash ham bir sifatlilik mezonini to‘liq qanoatlantira olmaydi, chunki bilimni o‘zlashtirishga hamisha ham ob'ektiv baho qo‘yilmaydi, bunda o‘quvchining bilimlaridan tashqari, uning o‘qituvchi bilan munosabati va o‘quvchining xulqi ko‘rinishi ham namoyon bo‘ladi.
Psixodiagnostikada biror-bir metodikani qo‘llashdan oldin tadqiqotchi ushbu metodikani validligi, ishonchliligi, aniqligi va bir sifatlilik talablariga javob bera olishiga to‘liq ishonch hosil qilishi shart. Aytib o‘tilgan mezonlardan asosiylari: validlik va ishonchlilikdir, agar o‘lchov uskunalari bu ikkala mezonga mos kelmasa, u holda psixodiagnostikada bu vositalarni qo‘llash umuman mumkin emas. Mabodo metodikaning aniqligi va bir sifatliligi to‘liq bo‘lmasa ham uni aniq shartlar asosida qo‘llash mumkin. Ammo quyidagilarni unutmaslik zarur:
noaniq metodika, o‘tkazilayotgan eksperiment natijalari biror-bir xususiyatdagi kichik o‘zgarishlarni aniqlash imkonini bermaydi;
metodika bir sifatliligining to‘liq emasligi, hamisha ham aynan baholanayotgan xususiyatdagi o‘zgarishlar darajasi bilan olingan ko‘rsatkichlarni taqqoslash imkonini bermaydi.
3. Psixodiagnostik metodikani va tekshiruv natijalarini standartlashtirish muammosi.
Psixodiagnostik natijalarga qo‘llanilgan metodikadan tashqari voqea hamda hodisalar ham ta'sir qiladi, ya'ni berilgan ko‘rsatmalarni sinaluvchining to‘g‘ri tushunmasligi va test vaqtida sinovchining xulqi va shaxs xususiyatlari o‘z ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Agar voqelikni sinaluvchi imtihon sifatida qabul qilsa, o‘zini shu voqelikka mos tarzda tutadi. Yuqori xavotirli odamni hamisha va hamma payt Yuqori «xavotirlik» holati qamrab oladi, har qanday hodisani xavf sifatida qabul qiladi. Kichik darajali xavotirli odam buning aksidir, ya'ni o‘zini erkin tutadi.
Sinaluvchilarning xulqi, xatti-harakati va ularning ko‘rsatgan natijalari ko‘rsatmalarni qanday tushunishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham psixologik tashxisda ko‘rsatmalarning aniq tuzilishi va ularning tez anglab olinishiga qat'iy talablar qo‘yiladi:
ko‘rsatma sodda va tushunarli bo‘lishi;
bir xil ma'nodagi so‘z va talaffuzlarni o‘ziga qamrab olmasligi;
ko‘rsatmaning iloji boricha yozma shaklda bo‘lishi (ko‘rsatma berayotgan shaxs, ko‘rsatmani har xil paralingvistik tarkibiy qismlar orqali ifodalashi mumkin: mimika, talaffuz, temp, pauza va xatti-harakatlar).
Ba'zan tadqiqot natijalariga sinovchining xulqi va xatti-harakati ham ta'sir qilishi mumkin. Masalan, eksperimentator haqida sinaluvchining fikri ijobiy bo‘lsa, uning xatti-harakatida, munosabatida imkoni boricha sinovchiga yaxshi natija berishga harakat qiladi. Buning aksi bo‘lsa, eksperimentatorga nisbatan sinaluvchida antipatiya bo‘ladi.
Asosiy ko‘rsatma: eksperimentator bosiq, muvozanatli, xatti-harakati sinaluvchilarga nisbatan yaxshi va do‘stona bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi qancha ko‘p eksperimental psixologik tadqiqotlar o‘tkazsa, uning tajribasi shuncha ortib boradi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: bola faoliyatining xususiyatlarini o‘yin va o‘quv vaziyatlarida tahlil qilish; maktab, maktabgacha ta'lim muassasasi, oila sharoitiga moslashish, moslasha olmaslik darajasini aniqlash; bolaning ichki dunyosini tushunib olish istagi; shaxsi xususiyatlarini har tomonlama rivojlantirishda unga har qanday yordam ko‘rsatish.
Psixolog-eksperimentator faoliyati tadqiqotda ta'sir qiladigan alohida xususiyatlarga ega. Shuning uchun M.P.Kononova (1963) ta'kidlaganidek, bo‘lajak tadqiqotchi o‘zida quyidagi sifatlarni shakllantirmog‘i lozim:
a) tadqiqot qarorlarini tez va aniq tuzish;
b) bola topshiriqni qanday bajarayotganligiga va uning xulq-atvorini kuzatishga diqqat qaratish;
v) bola bilan yaxshi aloqaga kirishish, uning hamma aytganini yozib, xulqidagi ba'zi reaktsiyalarni to‘g‘ri baholash qobiliyatini yo‘qotmaslik va boshqalar.
Bundan tashqari, tadqiqotchi eksperimental tekshiruvga turlicha munosabatda bo‘lishi kerak. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalarni shunga qiziqtirish kerakki, bolalar eksperimentator xonasida ko‘proq bo‘lib, uning hamma talablarini bajarishga intilsin. Bunga bolalarga qiziqarli rasmlarni ko‘rsatib, ularni hikoya qilib berish kubiklardan har xil narsalar yasash orqali erishish mumkin. Bolada qiziqish paydo bo‘lishi bilan birga uning xotirasi, diqqati, mantiqiy jarayonlari o‘rganiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘smirlar bilan tadqiqot o‘tkazgan paytda ular bilan shunday kirishib ketish kerakki, bolalarda tajribaga qiziqish, tadqiqotchiga ishonch va o‘z ichki dunyosini ochish istagi paydo bo‘lsin. Shuni ta'kidlash joizki, hamma bolalar ham tekshiruvga qiziqadilar. Lekin ba'zi hollarda, ular takroran tadqiqotda ishtirok etishdan bosh tortadilar. Ko‘pincha bu tengdoshlariga nisbatan yomon natijalar olganda eksperimentatordan ortiqcha so‘z eshitganda paydo bo‘lishi mumkin. Bunday bolalarga o‘zgacha munosabatda bo‘lish darkor. Ular arzimas sabab uchun ham maqtovga muhtojlar.
Eksperimental-psixologik tadqiqot natijalari ishonchli bo‘lishi uchun, tadqiqotchi uni o‘tkazishda ma'lum sxema (umumiy reja)ga amal qilishi kerak. Tadqiqotchi ishini bolaning hayoti, uning jismoniy va psixik taraqqiyotining xususiyatlari, oilada, maktabda, MTMda ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy-madaniy sharoitlarini aks ettiradigan materiallar bilan tanishishdan boshlashi kerak. Tadqiqotchi uchun bola tug‘ilishi bilan bog‘liq(onasida homiladorlik toksikozlari bo‘lganligi, chala tug‘ilganligi va h.k.), 3 yoshgacha bo‘lgan davrdagi taraqqiyotining xususiyatlari haqidagi ma'lumot ham muhimdir (nevrologik xususiyatlar va tanasida kasallik mavjudligi – titrab-qaltiraydigan xuruj, kunduzgi va tungi enurez (siyib qo‘yish), duduqlanish, bosh miya va markaziy nerv sistemasi kasalliklari, bola qachondan boshlab Yura boshlagan, gapira boshlagan, bog‘chaga va maktabga kelishdan oldin qanday rivojlangan). Bu ma'lumotlarni ota-onalar bilan tanishganda, bolaning shaxsiy daftarini ko‘rib chiqqanda, u bilan bevosita suhbatlashganda olish mumkin.
MTMga, maktabga kelishi bilan tarbiyachi yangi ma'lumotlarni qo‘shib boradi. Bu unga bolaning jismoniy va psixik taraqqiyotini kuzatish imkonini beradi.
Bolaning individual-psixologik xususiyatlarini o‘yin faoliyatida, topshiriqlarni bajarish jarayonida, o‘quv faoliyatida, psixologik-pedagogik eksperiment sharoitlarida uning xulq-atvorini kuzatib ham o‘rganish mumkin. Kuzatishda olingan ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yoziladi.
Eksperimental-psixologik tadqiqotda kuzatish jarayoni ixtiyoriy bo‘lib, odatda hayotiy sharoitlarda pedagog ixtiyoriy ravishda kuzatadi. MTMda, boshlang‘ich sinflarda bo‘lajak tarbiyachining ishi ixtiyoriy va ixtiyorsiz kuzatish malakalarini bir xilda rivojlantirishni talab qiladi.
Eksperimental-psixologik tadqiqot o‘tkazishdan oldin pedagog-tadqiqotchi bola bilan suhbatlashadi. Bunda u bola bilan ijobiy - hissiy aloqa o‘rnatib, bajariladigan topshiriqning maqsad va vazifalarini tushuntirib beradi. Suhbat psixologik tadqiqot metodi sifatida bola haqida ma'lumot olish imkonini beradi. Suhbat oldindan tayyorlangan savollar asosida o‘tkazilishi stixiyali ravishda kechishi mumkin. Bunda tadqiqotchi suhbat jarayonida bolaning oilasiga tengqurlariga tegishli bo‘lgan, unga yoqmaydigan savollarni bermasligi kerak. Suhbatda bola shaxsining xususiyatlari, o‘zining jismoniy va psixik holatiga, ishchanligiga baho berishi aniqlanadi.
Tekshiriluvchining ijtimoiy-madaniy darajasi, ma'lumoti, qiziqishlari, ehtiyojlari, o‘zaro fikrlashuv qobiliyati aniqlanadi. Ba'zi hollarda suhbat psixoprofilaktik va psixoterapevtik maqsadlarda o‘tkaziladi, bunda bola boshidan kechirayotgan qo‘rqinch, xavotirlanish, o‘ziga ishonmaslik kabi holatlar yo‘qotiladi. Shunday qilib, tarbiyachi suhbat jarayonida tadqiqot oldiga qo‘ygan vazifaga bog‘liq ravishda bola hayoti haqida muhim ma'lumot olishi kerak. Eksperimental psixologik tadqiqot o‘zining quyidagi shartli sxemasiga ega. (1-sxemaga qarang).
Eksperimental vaziyatda bola beriladigan yo‘l-yo‘riq, ko‘rsatmani tushunishi muhim rol o‘ynaydi. Ko‘rsatma tushunarli, bolaning yoshi va aqliy rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi kerak. Bola topshiriqni bajarishni boshlaganidan so‘ng ko‘rsatmani misollar yordamida qo‘llab-quvvatlash bilan mustahkamlash zarur, bu esa sinaluvchida faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantiradi.
Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimada qiynalayotganini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Ko‘rsatmaga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqidagi barcha ma'lumotlar oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‘yiladi.
Eksperiment jarayonida olingan natijalarni puxta yozib borish, keyingi sifat tahliliga asos bo‘ladi. A.Binening (1910) ta'kidlashicha, eksperimental-psixologik tadqiqotni o‘tkazish uchun ruchka, ozgina qog‘oz va ko‘p chidam zarur. Tadqiqotchi u yoki bu olingan ma'lumotni iloji boricha tezroq qarorga yozib olishi kerak. Har bir tajriba qarori alohida qog‘ozda bo‘lishi lozim (2-jadval)
Tekshiruv qog‘ozlari har xil bo‘lishi mumkin. Ular alohida psixodiagnostik tadqiqot natijalarini yozib olish uchun maxsus shaklga ega bo‘ladi.
Unda qator metodikalar majmui ham aks etishi mumkin. Tekshiruv qog‘ozlarini to‘g‘ri to‘ldirish, qarorlarini yozib borish turli metodikalar bo‘yicha olingan natijalarni umumlashtirish, tekshirilayotgan bolalarni bir yosh guruhida taqqoslash imkonini beradi. Tajriba davomida pedagog-psixolog bola faoliyatini iloji boricha tabiiy sharoitlarga yaqinlashtirishi kerak. Masalan, o‘rta guruh bolalari uchun shunday topshiriqlarni tanlash kerakki, ular o‘yin vaziyatida bajarilsin. Katta bog‘cha bolalari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bu topshiriqlar o‘quv faoliyati elementlari bilan birga qo‘shilishi mumkin.
Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o‘tkazilishi zarur. Bu bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o‘rnatadi, uning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa metodikalarda olingan natijalar bilan o‘zaro bog‘liqlik aniqlanadi. Uchinchi bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa chiqariladi.
Tadqiqotchi olingan ma'lumotlarni bir joyga to‘plab, sinaluvchi shaxsining xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yo‘qligi haqida xulosa chiqariladi.
Tadqiqotning so‘nggi qismidagi xulosalar shaxsga psixologik diagnoz qo‘yish, sinaluvchi psixikasidagi o‘zgarishlarni oldindan aytib berish, olingan ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatlari bilan bog‘liq ravishda hamda pedagog amaliy faoliyatida tavsiyalar berish maqsadida qiziqarlidir. Shuni esda tutish zarurki, eksperimental vaziyat bola uchun odatdagidan boshqacha bo‘ladi. Shuning uchun olingan natijalar har doim ham haqiqiy ko‘rsatkichlarga mos tushmasligi mumkin.
Eksperimental tadqiqot xarakteriga bog‘liq ravishda undan olingan natijalardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin.
Quyidagi kuzatishni keltiramiz:
Tarbiyachi bog‘chada mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida 6 yoshli Gulnora (K.) ismli qizcha xulq-atvoridagi boshqalarnikidan farq qiluvchi ayrim xususiyatlarni payqab qoladi. Qiz mashg‘ulotlarda tez-tez chalg‘ib ketadi, ko‘pincha parishonxotir. Tarbiyachi topshirig‘ini bir zumda bajarmaydi. Bir topshiriqni tashlab, ikkinchisiga tez o‘tib ketadi, hech bir ishni oxiriga etkazmaydi. O‘quv topshiriqlari bajarilmaydigan boshqa vaqtlarda u o‘zgalardan farq qilmaydi. Qizning diqqat, tafakkur hissiy jarayonlarini o‘rganish uchun bog‘chada tadqiqot o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari qizning psixik jarayonlarida hech qanday psixik o‘zgarish yo‘qligini tasdiqlaydi. Topshiriqlarni bajarish vaqtida charchash, faol diqqat darajasining pastligi kuzatildi. Lekin bu xususiyatlar sinaluvchi diqqatini ishning boshqa shakllariga ko‘chirish bilan osonlikcha bartaraf etilgan. Shunday qilib, eksperimental psixologik tadqiqot qizning psixik taraqqiyoti normada ekanligini, psixik jarayonlarning o‘zgarib turishi esa ba'zi omillarning ta'siri oqibatida ro‘y berishini ko‘rsatdi.
Tarbiyachining vazifasi – bu omillarni to‘g‘ri aniqlash, keyinchalik bola bilan individual ish olib borib, ko‘rsatilgan xususiyatlarni yo‘qotishdan iborat. Yuqoridagi misolda ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, ish qobiliyatining sustligi o‘zining ob'ektiv sabablariga ega. Qizning 3 yoshgacha rivojlanish tarixidan ma'lum bo‘ladiki, u asfiksiya (kislorod etishmasligi sababli bo‘g‘ilish) bilan tug‘ilgan, tug‘ruqdan so‘ng bosh miyasi yallig‘langan. Uzoqroq davom etadigan ish faoliyatida bu narsa o‘z ta'sirini ko‘rsatib, qiz tez charchab qoladi. Tarbiyachi bola bilan individual ish olib borganda, albatta shuni hisobga olishi zarur.
Bolalarni eksperimental-psixologik o‘rganish natijalaridan o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida psixik jarayonlarning ixtiyoriyligini rivojlantirishda ham foydalanish mumkin.
Psixologik tadqiqot natijalaridan bolalar bilan individual ish olib borishdagina emas, balki guruhiy o‘quv-tarbiya tadbirlarini o‘tkazishda ham foydalansa bo‘ladi. Bunda tarbiyachi o‘quv-tarbiya jarayonida har bir guruh a'zosining rolini to‘g‘ri aniqlashi mumkin. Shunga asosan ta'sirning u yoki bu shaklidan foydalaniladi.
Psixodiagnostik tadqiqotlar tarbiyachiga guruhning, har bir shaxsning u yoki bu psixik funktsiyalari rivojlanish printsiplarini hisobga olgan holda o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish imkonini beradi.
4.Psixodiagnostik tekshiruvda tanlanma to‘plam reprezentativligi muammosi
Reprezentativlik (frants. representatif- namunali) tanlanma to’plam bosh to’plam xususiyatlarini aks ettiradi degan ma`noni anglatadi. Reprezentativlik o’rganilayotgan belgilarning tanlanma to’plamda taqsimlanishi ularning real taqsimlanishiga ma`lum statistik xatolik bilan mos kelishini bildiradi. Har qanday tadqiqotda to’plam reprezentativligini ta`minlash uchun ma`lum sharoitlarga amal qilish kerak. Ulardan asosiylari quyidagilar: a) bosh to’plamning har bir birligi to’plamga tushish ehtimoli bo’lishi zarur; b) o’zgaruvchi to’plam o’rganilayotgan belgiga bog`liq bo’lmagan ravishda tanlanadi; v) tanlov bir xil to’plamlardan amalga oshiriladi; g) tanlovda birliklar soni ko’p bo’lishi lozim. Keng ma`noda reprezentativlik metodikaning validligi bilan bog`liq.
Hozirgi zamonda fanga ma'lum, insonning psixologik jarayonlar, xususiyatlar va holatlarini o‘rganish maqsadida tuzilgan psixodiagnostik metodikalar amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Yangi ilmiy tushunchalarni bayon qilish, ilmiyligini kafolatlash maqsadida, ularga xos belgilarni o‘rganish uchun eksperimental psixodiagnostik vositalarni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. XX asr boshlarida ancha yaxshi rivojlangan fanlarning, masalan fizika fanining tushuncha va tadqiqot metodlariga bir qancha talablar qo‘yildi va qabul qilindi, bu psixologiyaga ham fan sifatida taalluqlidir. Bu operatsionalizatsiya va verifikatsiya talablaridir.
Operatsionalizatsiya talabi asosida shu narsa yotadiki, yangi ilmiy tushunchani fanga kiritishda albatta aniq, konkret muolajalar, usul va metodlarni ko‘rsatib berish va ular yordamida ilmiy tushunchalarni bayon qilishda bu ko‘rinishlar haqiqatdan mavjudligiga ishonch hosil qilish lozim. Operatsionalizatsiyada har qanday tadqiqotchi amaliy harakati ish jarayonida ilmiy tushunchadagi ko‘rinishlar bayoni haqiqatdan ham aynan shu xususiyatlarga ega ekanligiga ishonch hosil qila olsin.
Verifikatsiya talabi shuni anglatadiki, ilmiylik statusiga talabgor har qanday ilmiy tushuncha, fanga kiritilayotgan yangiliklar, albatta, haqiqiy ma'nosiga ega ekanligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazilishi shart. «Verifikatsiya» so‘zi «tekshirish» ma'nosini anglatadi. Bu har qanday tushuncha bo‘shliqdan paydo bo‘lmaganligini, haqiqatdan ham mavjudligini isbotlashda, unga mos psixodiagnostik muolajalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, biz fanga «motiv» tushunchasini kiritmoqchimiz, u holda birinchi navbatda ushbu tushunchaga oid bizga ma'lum tushunchalar va ushbu tushuncha ma'nosiga oid diagnostik belgi, ko‘rinishlarni aniq tavsiflab bera olishimiz kerak. «Motiv» tushunchasini quyidagicha ta'riflab ko‘raylik. “Motiv – bu ichki, psixologik, o‘zini anglagan yoki o‘z-o‘zini anglamagan odam harakatini qo‘zg‘atuvchi manba hamda u bir maqsadga yo‘naltirilgan holda faollikni qo‘llab turadi”.
Bolalar psixodiagnostikasi amaliyotida faqat validli aniq va ishonchli metodlar qo‘llanilishi shart, aks holda natijalarning ishonchsizligi va noaniqligi hamda xulosa chiqarishda xatoliklar kelib chiqishi xavfi Yuzaga chiqishi mumkin.
Qo‘llanilayotgan metodlar sifatiga, uning yordamida olingan natijalarga, ya'ni unga ishonish mumkinligiga psixodiagnostik metoddan foydalangan shaxs mas'uldir. Ta'lim tizimidagi muassasalarda pedagog-psixologlar mas'ul shaxsdir. Bundan tashqari bolalar bilan psixodiagnostik tashxislar o‘tkazishda bir qator kasbiy-ahloq iy tavsifga ega talablar qo‘yilgan. Bu asosiy kasbiy-axloqiy talablar quyidagilardir:
Har qanday sharoitda ham psixologik tashxis natijalari bola shaxsiga ziyon etkazish maqsadida qo‘llanmasligi shart.
Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‘tkazish mumkin (faqat ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‘daklik yoki balog‘at yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.
Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‘z navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‘liq, ishonchli va haqqoniy javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-onalarning, pedagoglarning fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli takliflarni hal qilishga asos bo‘la olmaydi.
Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‘qituvchi va tarbiyachi bilan hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borishi shart.
Psixodiagnostikada qo‘llanilayotgan ko‘pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‘liq. Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‘lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida o‘rganilayotgan xususiyatlarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq holda tavsiflanadi. Bolada yosh me'yorlari o‘rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‘ishi, o‘tkazilgan tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‘rsatkichlari me'yordan yuqori bo‘lsa, u holda bola o‘z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‘lsa tengqurlaridan orqada qolgan degan xulosa chiqariladi.
Ikkinchidan – bu o‘z-o‘zidan me'yorlarni o‘rganib turishdir. Ma'lumki, jamiyatning rivojlanib borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‘n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish mumkin emasligini ko‘rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta qayta tekshirib ko‘rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu nafaqat uning taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni o‘zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‘pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‘liqdir.
Bundan tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‘llash va xulosa chiqarish uchun, avvalo uni sinab ko‘rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‘rish bosqichlari quyidagilardir.
Psixodiagnostika so‘zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini psixolog-diagnostda shakllantirishga qaratilgan.
Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‘p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday metodlar sirasiga kiradiki, ular o‘rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy tavsiflarini ko‘rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‘llaniladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan maqsad uchun qo‘llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni, insonning xususiyat va holatini o‘rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Ularning asosiy maqsadi – ishonchli bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‘rsatib beruvchi ikkita misol ko‘rib o‘tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi.
Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‘ziga 187ta mulohazani qamrab olgan bo‘lib, 16ta guruhga bo‘lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi. Ushbu testdagi mulohaza, ko‘rsatma, qo‘llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar – hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‘llaniladi va o‘zgartirilmaydi.
2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari.
Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‘rganish uchun mo‘ljallangan eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‘rinish, belgilarning har birini alohida o‘rganish imkonini bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment o‘tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‘tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb Yuritiladi.
Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida qo‘llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda psixologning kasbiy faoliyatidagi boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‘naltiruvchi malakali mutaxassislar tayyorlashda qo‘llaniladi.
To‘g‘ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‘tkazilgan eksperiment o‘rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‘rsatdimi, yo‘qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir. Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor mehnatini yodga soladi, ya'ni shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‘tkazadi.
Psixolog ham diagnostika bilan shug‘ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot darajasini tashxislab, so‘ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi.
Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo‘yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo‘yicha).
Sharoitni engillashtirish
Muammo echimini taklif qilish
Savollarga javob berish
Ma'lumotlar berish
Tushuntirib berish
Yordam berishni taklif qilish
Yordam so‘rash
Tushuntirib berishni so‘rash
Ma'lumotlar berishni so‘rash
Savollarga javob berishni so‘rash
Muammo echimini so‘rash
Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:
olingan natijalarni foizlar bo‘yicha hisoblash;
o‘rtacha arifmetik qiymatni topish;
o‘rtacha kvadrat og‘ishni topish (sigma);
son qatoridagi miqdorlar tarqoqligini aniqlash (dispersiya);
omillar o‘rtasidagi muayyan munosabatlar mavjudligini tahlil qilish (korrelyatsiya);
metodikalar ishonchlilik darajasini aniqlash (StYudent mezoni).
B.G.Ananevning nuqtai nazaricha, psixologik kuzatish metodlari psixologik ob`ektlar bilan operatsiyalar tizimi bo’lib, fanning bilish ob` ektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo’llash muammosi ko’rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o’rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo’llashning beshta darajasini ajratish mumkin.
1. Metodika darajasi.
2. Metodik qo’llanma darajasi.
3. Metod darajasi.
4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
5. Metodologik yondashish darajasi.
To’g`ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiagnostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’g`risida bahs Yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan:
1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
2) metodik qo’llanma;
3) metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn “Umumiy psixologiya asoslari”da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv “tashqi” va “ichki”ga bo’lingan, eksperiment – laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta`kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bog`liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan amalga oshirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi tasnifini – bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni ta`kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so’rovnomalar, faoliyat mahsullarini o’rganish va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u:
1) tashkiliy;
2) empirik;
3) ma`lumotlarni qayta ishlash usuli;
4) sharhlash metodlariga bo’ldi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitYud va kompleks metodlarni kiritdi.
Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi.
Uchinchi guruhga ma`lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi.
Nihoyat, to’rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko’pgina echilmagan muammolar uchraydi:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo’lib qoldi?
Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
Shuni eslatib o’tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko’rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o’rni bo’yicha «oraliq» empirik va nazariy metodlar o’rtasida, empirik kuzatishlar ma`lumotlarni sharhlash va qayta ishlash metodlaridir.
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob`ekt va sub`ekt orasidagi ba`zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi. 1) germenevtik – fanning bo’linmagan yakka holatiga to’g`ri keladi; 2) biografik metod – psixika to’g`risidagi fanning yakka ob`ektiv idrokini ko’rsatish; 3) kuzatish – idrok ob`ekti va sub`ekti farqlanadi; 4) o’z-o’zini kuzatish - sub`ektni oldingi farqlanish asosida ob`ektga aylanishi; 5) klinik – birinchi o’ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o’tish vazifasi chiqadi; 6) eksperiment sub`ekti ob`ekt idrokining faol qarshiligi sifatida, sub`ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo’lsa ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog`liqligi bizni qiziqtiradi?
Biroq mualliflar o’ylab yoki o’ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo’shishga majbur bo’ldilar. Bu metodni qo’llashda “idrokning sub`ekt va ob`ekti qarama- qarshi” qilib qo’yilmaganmi? Model – bu bir sub`ektning boshqa bir sub`ektga oqilona qarshiligi, sub`ektning ob`ektga va o’ziga nisbatan muomalasi mumkin emas-ku, degan savol tug`iladi.
Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empirik metod va psixologik metodlar orasida umuman, amalda “teng” belgisi qo’yiladi, ularning o’ziga xos jihatlarini aniqlash qiyinlashadi.
Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko’rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Empirik, tekshirish sub`ekti va ob`ektining tashqi real munosabatlari amalga oshiriladi;
2. Nazariy, sub`ekt ob`ektning hayotiy modeli bilan o’zaro munosabatda bo’ladi;
3. Sharhlash va tasvirlash, bunda sub`ekt «tashqaridan» ob`ektning simvolik – belgisi bilan munosabatda bo’ladi.
Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma`lumotlar hisoblanadi, ob`ekt sharoitini asboblar yordamida o’rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq sxematik shakldagi predmet haqidagi bilim hisoblanadi.
Nihoyat, qayta ishlash – tushuntirish metodi – bu nazariy va eksperimental metodlarni qo’llashda, ularni o’zaro munosabati natijalarining “uchrashish joyi”dir.
Psixologik tekshirishning nazariy metodlarini sanab o’tamiz:
1) Deduktiv – umumiydan xususiyga o’tish. Natijasi – nazariya, qonun va boshqalar.
2) Induktiv – omillarni umumlashtirish, xususiydan umumiyga o’tish.
3) Modellashtirish – analogiya metodini aniqlashtirish, «transduktsiya», xususiydan xususiyga o’tish. Natija – ob`ekt, jarayon, sharoit modeli.
Psixologiyaning nazariy metodlarida psixologiyaning aqliy etuklik metodlarini saralash kerak. Aqliy etuklik ilmiy faktlar empirik qonuniyatlarga tayanmay, balki ta`limot muallifining faqat shaxsiy bilimida o’z o’rnini topadi.
Modellashtirishning ikkita asosiy turlari bor: Bular: struktura – funktsionalli va funktsional – strukturali.
Birinchi holatda tadqiqotchi alohida tizimning tashqi xulq - atvoriga qarab tizimni aniqlab o’tmoqchi va shuning uchun analog tanlaydi yoki konstruktsiya qiladi – boshqa tizimni o’xshash xulq-atvorga bo’lgan. Bunday xulq-atvor strukturalarning o’xshashligi haqida mulohaza Yuritishga olib keladi.
Modellashtirishning bunday ko’rinishi psixologik tadqiqotning asosiy metodlaridan hisoblanadi hamda tabiiy ilmiy psixologik tadqiqotda yagona hisoblanadi. Ikkinchi holatda modellar va obrazlar strukturalari o’xshashligida tadqiqotchi funktsiyalar va tashqi ko’rinishlarda va boshqalarda qandaydir umumiylikni tahlil qiladi. Bu metod ko’p fanlarda tarqalgan, ayniqsa solishtirma anatomiya, paleontologiya va boshqalarda ko’p uchratish mumkin.
Tabiiyki, bizga boshqa odamning psixik reallik tizimini tushunish qiyin. Ammo har bir narsa xususiy reallikka ega, shuning uchun M.S.Rogovin va G.V.Zalevskiylarni germenivtik metodlar qatoriga modellashtirish metodini kiritishga turtki bo’lgan funktsional-strukturani modellashtirish va germenevtik metodlarning o’xshashligi bor.
SHarhlash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o’ynaydi. Bu metodlarning tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy dasturning muvaffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada sharhlash metodining ahamiyati V.A.Ganzen monografiyasida aniqroq ta`riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog`liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan edik. Faollik-sustlik, mablag`larning borligi – muqobillik. Psixologik tadqiqotda ob`ekt faol bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat`iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub`ekti bo’ladi. Empirik psixologik metodlarning tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunilishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma`noda o’lchash jarayoniga qarama-qarshidir. O’lchashda tadqiqot natijalarini ob`ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma`naviy o’lchamlarida qayta ishlanadi.
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o’lchamli kenglikda joylashtirish qulay, ularning o’qlari psixologik tadqiqotning ikkita maxsus belgilarini bildiradi.
Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning borligi yoki yo’qligi yoki bu munosabatlarning jadalligidir. U klinik eksperimentda eng katta va o’zini-o’zi kuzatishda eng kam hisoblanadi.
Ikkinchisi muolajalarning ob`ektlashuvi va sub`ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamning xulq-atvorini uning xatti-harakatini “sezish”, empatiya nazarda tutiladi.
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin “ichki” – tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual xususiyatlari, sharhlash usullari va boshqalar. Tadqiqotchi o’lchamda ishlatadigan ashyolarni boshqacha ham atash mumkin.
Birinchisi koordinata o’qini tashkil qilib, “ikkita sub`ekt – bir sub`ekt” yoki “tashqi” dialog, yoki– “ichki” dialog.
Ikkinchisi “tashqi” ashyolar – “ichki” ashyolar, yoki “o’lchash sharhlari” o’qini keltirib chiqaradi. Bu o’qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa bo’ladi.
Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo’lgan o’zaro munosabat, uning xulq-atvori ob`ektiv ro’yxati bilan moslashadigan metoddir.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib eksperimental psixologiya fanining metodlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
Kuzatish. Ilmiy emperik metod sifatida 19 asrning oxiridan boshlab ijtimoiy, pedagogik, klinik psixologiyada rivojlanish psixologiyasida keng
qo’llanilib kelinyapti. 20-asrning boshidan boshlab esa mehnat psixologiyasida keng qo’llanilmoqda. Kuzatish uchun eng muhim jihat bu tashqi validlikning saqlanib qolishidir.
Bu metodning asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi xulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida xam va bir gurux shaxslar ustida xam olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruxlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni xulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bogliq xolda namoyon
bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik xolatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka ho’lda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish etarli emas. Tadqiqotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Kuzatishning tizimli va tizimli bo’lmagan turlari ajratiladi. Tizimli
bo’lmagan kuzatish maydon tadqiqot jarayonida o’tkazilib, etnopsixologiya, rivojlanish psixologiyasida, ijtimoiy psixologiyada keng foydalaniladi.
Tizimli bo’lmagan kuzatuvni o’tkazayotgan tadqiqotchi uchun sababli bog’lanishlarni qayd etish muhim emas, balki ma`lum bir sharoitlarda individ yoki gurux xatti- harakatlarining qandaydir umumlashgan manzarasini yaratish muhim hisoblanadi.
Tadqiqotchi qayd etilayotgan xulq- atvorning o’ziga xos-xususiyatlarini (o’zgaruvchilarni) ajratib k o’rsatadi va tashqi muxitning sharoitlarini tasniflaydi.
Tizimli kuzatishning rejasi eksperimentning chizmasiga yoki korrelyatsion tadqiqotga mos keladi.
Kuzatishning «Tartibsiz» va tanlovli turlari mavjud.
Birinchi turida tadqiqotchi (yoki tadqiqotlar guruxi) maksimal batafsil kuzatish uchun t o’g’ri keladigan xatti- xarakatning barcha o’ziga xosliklarini qayd etadi.
Ikkinchi turida esa (tanlovni) tadqiqotchi o’z e`tiborini faqatgina xulq-atvorning aniq biror parametrlariga yoki xulq-atvor aktlarining tiplariga qaratadi.
Masalan: faqatgina agressiyaning namoyon b o’lishi chastotasini yoki ona-bolaning kun davomidagi o’zaro munosabatlarining vaqtini qayd etadi.
Kuzatish bevosita yoki kuzatuv asboblaridan foydalangan holda o’tkazilishi mumkin.
Ularning qatoriga audio va video apparatlar o’ziga xos kuzatish apparatlari va xokazolar kiradi.
Kuzatish natijalarining fiksatsiyasi (qayd etilishi) kuzatuv jarayonida yoki vaqt o’tgandan so’ng amalga oshirilishi mumkin.
Vaqt o’tgandan so’ng natijalarning qayd etilishida kuzatuvchi xotirasining ahamiyati ko’payadi, xulq-atvorni qayd etish ishonchliligi va to’liqligiga zarar etadi, shubxasizki, olingan natijalarning aniqligi ham zarar ko’radi.
Kuzatuvchining muammosi alohida ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar individ yoki gurux o’zining kuzatilayotganligidan xabar topsa, u holda uning xulq-atvori o’ zgaradi.
Agarda kuzatuvchi shaxs gurux yoki individga noma`lum bo’lsa, agarda u obro’li b o’lsa hamda sinaluvchilarning xulq-atvorini kompotent baxolay olsa (adolatli) u holda Yuqorida aytilgan effekt ortadi. Faollashtirilgan kuzatuvning ikkita varianti bor:
1.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari tadqiqotchi tomonidan qayd etilayotganligini biladilar (masalan, alpinistlar guruxining yoki suvosti kemasidagi ekipajning xulq-atvor dinamikasini o’rganishda).
2.Kuzatuvchilar o’zlarining xulq- atvorlari qayd etilayotganligidan bexabar bo’ladilar (masalan xonada o’ynayotgan bolalar, bu xonaning bir devori - gazzel oynasi, umumiy kamerada saqlanayotgan maxbuslar guruxi va xakazolar).
Kuzatish metodi orqali tadqiqot jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Ø Kuzatish predmeti (xulq-atvor), ob`ekti (alohida individlar yoki gurux), vaziyat aniqlanadi.
Ø Kuzatish va ma`lumotlarni qayd etish usuli tanlanadi
Ø Kuzatish rejasi tuziladi (vaziyatlar ob`ekti vaqti)
Ø Natijalarni qayta ishlash metodi tanlanadi
Ø Olingan ma`lumotlarning qayta ishlanishi va interpritatsiyasi amalga oshiriladi
Kuzatish metodining kamchiliklari:
Birinchi navbatda kuzatuvchi tomonidan yo’l qo’yilgan barcha xatoliklar kuzatuvchi o’z farazini isbotlashga qanchalik qattik uringani sayin, voqealarni idrok qilishda xatoga yo’l qo’yish shunchalik ortadi.
U charchaydi, vaziyatga moslashadi va muxim o’zgarishlarni payqamay
qo’yadi, yozuvlarda xatoliklar qila boshlaydi va xakazolar.
A.A.Ershov (1977Y) kuzatishning quyidagi kamchiliklarini ajratib
ko’rsatadi:
1. Galo effekt - kuzatuvchining umumlashgan taassuroti xulq-atvorning ko’p idrok qilinishiga, nozik tafovutlarni qabul qilmaslikka olib keladi.
2. Bo’lib o’tayotgan voqea hodisaga doimo ijobiy baho berish tendentsiyasi.
3. Markaziy tendentsiya xatoligi. Kuzatuvchi kuzatilayotgan xulq-atvorga o’rtachalashgan bahoni berishga intiladi.
4. Korreleltsiya xatosi. Xulq-atvorning bir belgisini baxolash boshqa bir kuzatilayotgan belgining asosida bo’ladi.
5. Kontrast xatolik.
Kuzatuvchining o’zidagi xususiyatlariga qarama-qarshi bo’lgan xususiyatlarni kuzatuvchilarda ajratib ko’rsatilishi.
6. Birinchi taassurot xatoligi.
Ammo ushbu kamchiliklarga qaramay, kuzatish juda zarur metod hisoblanadi.
Kuzatish metodi mustaqil jarayon sifatida namoyon bo’lishi hamda eksperimentlash jarayoniga kiritilgan metod tarzida ko’rilishi mumkin.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z xohishi bilan qandaydir psixik protsess yoki xususiyatni Yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya`ni tajriba yo’li bilan qo’lga1 kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq, har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni
qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik protsesslar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qo’biliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin xarakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini xali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Suxbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suxbat metodidan moxirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya`ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng
qo’ llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baxolarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suxbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya`ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.
O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma`lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma`lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat`iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma`lumotlarni umumlashtiradi.
Bu metod nafaqat psixologiyada, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham keng tarqalgandir. Bu metoddan ko’p hollarda, asosan, siyosiy psixologiya, reklama psixologiyasi, aloqalarda keng foydalaniladi. Kontent-analizni ishlab chiqish G. Lassuela, Ch. Osgud, B.Berelsonlar nomi bilan bog`liq bo’lib, ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning mualliflaridir.
Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo’lib: 1) so’zlar; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4) personaj; 5) muallif va 6) yaxlit holdagi yo’llanma hisoblanadi. Ular bir mazmunda yanada umumiy tuzilish sifatida ko’rib chiqiladi. Kontent-tahlil ma`lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud.
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko’rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko’rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo’llab, undagi o’zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent - analiz birligini matritsa turidagi mujassam ko’rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo’llanmalarda erkinlik chastatosi A va V birlikda yoziladi.
Hamkorlikdagi to’qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u
R(AV)qR(A) x R(V)
Bir yo’llanmadagi ikki birlikning hamkorlikdagi ko’rinishlari belgilanadi.
To’qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasida keng tarqalgan.
Proektiv testlardagi natijalarni qo’llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi.
Ko’p vaqtni olishiga qaramay, kontent – analiz ko’pgina Yutuqlarga ega; tadqiqotchining sinaluvchini xulqiga nisbatan ta`siri, ma`lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metodni tarixiy hujjatlarning analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko’p qirrali ma`lumotlar analizi, psixosemantika rivojlanishida bog`lanish, «ikkinchi nafas» nomini oldi.
Faoliyat mahsulini o’rganish– metodi, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulotni antiqaligi ham shundadir.
Faoliyat mahsulining analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (Shizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik xarakteri tez o’zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k).
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi A.R.Luriyaning «Yo’qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan.
Barcha taxminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 1G’3 qismi og`ir asoratlarni kechirgan holda o’rganiladi.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligining analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir, sinaluvchidan alohida vazifalarni bajarish so’raladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi, ammo an`anaviy test o’tkazishda muolaja tahlili va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlari tahliliga ko’proq urg`u beradi.
L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalar unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat mahsuli tahlili kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.
Ular qatoriga TAT, Rozentsvey testi, Rorshaxning «Siyoh dog`lari» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proektiv testlarga quyidagilar xos:
- Materialning yoki vazifaning nisbatan noaniqligi.
- «Ochiqlik» - barcha javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
- Mulozamatlilik muhiti va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
-Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning xususiyati o’lchanishidir.
2.Standartlashtirilgan va ekspert baholash (klinik) metodlarning asosiy farqlari. Standartlashtirish (standart- inglizcha so’zdan olingan “me`yorda” degan ma`noni bildiradi) – test baholarini va muolajalarini yagona normativlarga keltirishdir. Metodika standartlashtirilganda turli sinaluvchilarda olingan natijalarni solishtirish imkoniyati vujudga keladi. Psixologik diagnostikada ikki xil standartlashtirish farqlanadi.
Birinchi holda standartlashtirish deganda qo’llanmani, tadqiqot varaqalarini unifikatsiyalash(bir xil qilish) o’tkazish jarayonini, natijalarni qayd qilish usullarini, tadqiqot o’tkazish sharoitlarini, sinaluvchilar sonini aniq belgilash nazarda tutiladi. Tadqiqot o’tkazishda ketma-ketlikka rioya qilish tadqiqot natijalarini baholash uchun test normalarini aniqlash va testning ishonchliligini ta`minlashda asosiy sharoit hisoblanadi.
Ikkinchi holda standartlashtirish deganda normal (yoki sun`iy normallashtirilgan) baholash shkalalarini sinaluvchilar to’plamida nisbiy taqsimlanish joyiga emas, balki o’rganilayotgan ko’rsatkichning miqdoriy empirik natijalariga asoslanilgan yangi shkalalarga o’zgartirish nazarda tutiladi. Psixometrikada dastlabki baholarni o’zgartirishda o’rta kvadrat tarqoqlik yordamida normallashtirish yoki markazlashtirish keng tarqalgan.
Standartlashtirish bir qancha mezonlar asosida me`yorga keltirilgan metodikalarga nisbatan qo’llanilar ekan, bu jarayondagi mezonlarni aniqlashtirish muhimdir. Ular quyidagilar:
1. Matematik statistik qayta ishlanganlik.
2. Tanlanma to’plamdagi sinaluvchilarning ko’rsatkichlari.
3. Ijtimoiy psixologik me`yorlar.
Ekspert bahosi (klinik) metodi o’z sohasini mukammal biladigan ekspertlarning fikriga asoslangan bo’lib, bunda ishonchli bahoga asoslangan ekspertlarning xulosalari umumlashtiriladi. Ushbu metodika ko’pincha shaxs psixodiagnostikasida qo’llanilib, bunday metodikalarning asosiy kamchiligi ekspertlarning sub`ektiv munosabatlari baholash jarayoniga o’z ta`sirini o’tkazishi mumkin.
3. Test standartlashtirilgan psixodiagnostik metod sifatida. Test turlari. Psixologiyada test deb, o‘rganilayotgan xususiyatning rivojlanganlik darajasini, miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini bir-biriga taqqoslash imkonini beruvchi standartlashtirilgan psixodiagnostik metodikaga aytiladi. Metodikaning standartlashtirilishi tushunchasining ma'nosi shundan iboratki, u voqea, hodisalardan boshlab sinaluvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, hisoblash usuli, olingan natijalarni sharhlash bilan tugaydigan, butun jarayonning hammasi, hamma vaqt va har joyda bir xil qo‘llanilishiga aytiladi.
Testlar yordamida olingan baholar, agar test to‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lsa, test qachon, qaerda, qanday qilib va kim tomonidan qo‘llanilganidan qat'i nazar ularni bir-biri bilan tenglashtirish, taqqoslash deb Yuritiladi. Har xil psixodiagnostik metodikalarda testlarning validlik, ishonchlilik, aniqlik va bir xillik mezonlariga juda qat'iy talablar qo‘yiladi.
Testlarning ko‘plab turlari mavjud va ularni qo‘llanish asoslariga qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin: test predmetligi bo‘yicha (sifati bo‘yicha, ya'ni aynan sifatni testlar yordamida baholash); testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati; materiallar bo‘yicha sinaluvchiga talablar; ob'ekt bo‘yicha baholash. Predmetligi bo‘yicha testlar intellektual shaxsiy va shaxslararo testlarga bo‘linadi. Testlarda topshiriqlardan foydalanishning alohida xususiyati bo‘yicha amaliy, obrazli va so‘zli testlar. Test materiallarining tavsifi bo‘yicha sinaluvchiga talablar, blankali va apparaturali testlarga bo‘linadi. Ob'ekt bo‘yicha baholash – protsessual testlar, Yutuqqa erishish testi, holat va xususiyatlar testi.
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari, shaxsni har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjud. Bunga Kettell, MMPI va boshqa testlar kiradi.
Xususiy testlar yordamida, shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, Yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.
Shaxslararo testlar har xil ijtimoiy guruhlarda odamlarning munosabati sifatida ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi.
Amaliy testlar o‘ziga topshiriq va shakllarni qamrab oladi, bunda sinaluvchi aniq predmet materiallari ularni almashtiruvchi materiallar bilan ko‘rgazmali-harakatli reja asosida amaliy ish bajaradi.
Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘zi ichiga oladi.
Verbal testlar so‘zli topshiriqlardan iborat, ular tushunchalarni aniqlash, xulosa chiqarish, har xil so‘zlarning ma'nosini anglash va taqqoslash hamda bu so‘zlar bilan har xil mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Testlarda qo‘llaniladigan ko‘pgina topshiriqlar kompleks xarakterga ega va bu testlarda amaliy, nazariy, obrazli va verbal topshiriqlar mujassamlashgan. Bu odamning real hayotdagi ko‘p vazifalari kompleks xarakterga ega ekanligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham, testlar, kishining real hayotdagi Yutuqqa erishish imkoniyati va xulqini aytib berish uchun o‘tkaziladi.
Blankali testlar – sinaluvchida test materiallari sifatida har xil shakldagi blankalarda foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar.
Apparaturali testlar – bu shunday testlarki, unda test natijalarini qayta ishlash va ko‘rsatish uchun har xil turdagi apparaturalar qo‘llaniladi, masalan, audio va videotexnika, elektron hisoblash mashinalari.
Protsessual testlar yordamida qandaydir bir psixologik xulqiy jarayon o‘rganiladi va unga aniq miqdoriy va sifatiy tahlil beriladi, masalan, materiallarni esda olib qolish jarayoniga, individlarning guruhda shaxslararo hamkorlik jarayoni tahlilini misol sifatida keltirish mumkin.
Yutuqqa erishish testlari kishining qandaydir bir faoliyatida, bilish sohasining qandaydir bir turida Yutug‘ini baholashda qo‘llaniladi, masalan, tafakkurning mantiqiyligi, diqqatning barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi.
Holatlar va xususiyatlar testlari shaxs psixologik sifatlarining barqarorligini diagnostika qilish bilan bog‘liqdir, masalan, shaxs xislatlari, temperament xususiyati, qobiliyatlari va boshqalar.
Proektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proektiv test kishining u yoki bu psixologik sifatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining ko‘p ma'noli ob'ektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining analizi natijasida olinadi. Bunga: surat sYujetining noaniqligi, shaklsiz dog‘lar, tugallanmagan jumlalar va boshqalar kiradi. Bunday ob'ektlarni tahlil qilish va baholashi kishi ongsiz ravishda o‘z-o‘zining «proektsiyasini» ko‘rsatib berishi deb Yuritiladi.
Bu guruh testlariga, Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi.
Proektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi.
Psixodiagnostik eksperiment metod sifatida kamdan-kam voqelikda, asosan, kishining zarur psixologik sifatini boshqa usullar bilan aniqlash va baholash imkoniyati bo‘lmaganda qo‘llaniladi.
Protsessual testlar, tadqiqotchini sinaluvchida kechayotgan psixik va xulqiy jarayonlarning xususiyatlari qiziqtirganda qo‘llaniladi, Yutuqqa erishish testlari esa kishining qobiliyati, ko‘nikma va malakalarini baholash vazifasini o‘taydi.
Intellekt testlaridan kishining intellektual taraqqiyotining umumiy ko‘rsatkichini aniqlash va miqdoriy baholash zarurati tug‘ilganda foydalaniladi.
Psixodiagnostik metodlar singari testlarga ham qat'iy talablar qo‘yiladi:
1. Testning ijtimoiy-madaniy adaptatsiyasi.
Bu so‘zlar tuzilmasi, test topshiriqlari va test baholari hamda sinaluvchiga berilayotgan test topshiriqlari ushbu jamiyat madaniyati milliy qadriyatlariga mos bo‘lishi zarur degan ma'noni anglatadi. Masalan, Evropada tuzilgan test boshqa bir mamlakatda birinchi marta qo‘llanilayotgan bo‘lsa va bu mamlakatda intellekt strukturasi so‘z-mantiqiy bo‘lmasa, balki obrazli amaliy tafakkurli bo‘lsa, test albatta ijtimoiy-madaniy moslashtirilgan bo‘lishi shart. Agar test moslashtirilmagan holda, ya'ni qanday bo‘lsa shundayligicha qo‘llanilsa, u holda biz juda past natijalar olamiz va natijalar ushbu mamlakatda yashovchi kishilarning tafakkuri taraqqiyotining ko‘rsatkichiga mos kelmaydi. Ba'zan buning aksi, ya'ni ushbu mamlakatda so‘z-mantiq tafakkuri asosiy rolga ega bo‘lsa-Yu, test topshiriqlari amaliy tafakkurga oid bo‘lsa, u holda biz aqliy taraqqiyotning noadekvat ko‘rsatkichiga ega bo‘lamiz.
2. Test topshiriqlarining sodda tuzilganligi va bir ma'noliligi.
Ushbu talabga binoan, testning so‘z va boshqa topshiriqlarida ya'ni, so‘z, rasmlar kishilar tomonidan har xil idrok qilinishi va tushunilishi momentlari bo‘lmasligi kerak.
3. Test topshiriqlarini bajarishda vaqtning chegaralanganligi.
Bunda psixologik test topshiriqlarini bajarishda vaqt 1,5-2 soatdan oshmasligi lozim, chunki kishi o‘zining ish qobiliyatini Yuqori saviyada uzoq muddat ushlab turishi juda mushkuldir.
4. Ushbu test uchun me'yorlarning mavjudligi.
Test me'yorlari deb, ushbu test reprezentativligining o‘rtacha ko‘rsatkichi tushuniladi, ya'ni ko‘p odamlardan to‘plab olingan ko‘rsatkichlarning o‘rtacha ko‘rsatkichi bilan individning ko‘rsatkichi taqqoslanib, uning psixologik taraqqiyoti baholanadi. Test me'yorlari asosan, sinaluvchilarning yoshi, jinsini aniq bilgan holda, katta tanlama guruhidan olingan test natijalarining o‘rtacha bahosi va keyinchalik ularning yoshi, jinsi va bir qancha relevant ko‘rsatkichlarini differentsiyalash bilan aniqlanadi.
Test me'yorlari – bu kishilar taraqqiyotining o‘rtacha ko‘rsatkichi. Har qanday me'yor, o‘lchov ham vaqti bilan o‘zgarib turadi, chunki ishlar davomida kishilarning ham psixologik taraqqiyotida o‘zgarishlar bo‘ladi, masalan, XX asrning birinchi choragida kishilarning intellektual taraqqiyotiga qo‘yilgan me'yorlar, shu asrning oxirgi choragida qo‘yilgan me'yorlarga to‘g‘ri kelmaydi chunki ushbu yillar mobaynida kishilarning aqliy taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha Yuqorilagan.
Bundan tashqari, empirik qoidalar mavjud bo‘lib, unga ko‘ra kamida har besh yilda test me'yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir.
Test me'yorlariga qo‘yilgan talablardan tashqari, test o‘tkazishni, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilishning qat'iy qoidalari mavjud. Bular quyidagilardir:
U yoki bu testni qo‘llash uchun psixolog test bilan tanishib chiqib, o‘zida boshqa bir kishida sinab ko‘rishi kerak. Bu testni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xatoliklarning oldini olish imkonini beradi.
Sinaluvchi test topshiriqlarini bajarishidan oldin va ko‘rsatmalarni yaxshi tushunib olishi uchun oldindan tayyorgarlik ko‘rib qo‘yish.Test o‘tkazish vaqtida, sinaluvchilar mustaqil ishlashi, bir-biriga halaqit bermasligini va ta'sir o‘tkazmasligini nazorat qilib turish, chunki bu test natijalarini o‘zgartirib Yuborishi mumkin.Har bir test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish uchun asoslangan va aniq ishlangan matematik-statistik usullarni oldindan tayyorlab qo‘yish.
Biz test turlari va uning me'yorlariga qo‘yilgan talablarni o‘rganib chiqdik, endi test me'yorlarining reprezentativligi, validligi, ishonchliligiga to‘xtalib o‘tsak.
Test tuzilishining asosiy statistik printsiplari 1980-yillarda V.S.Avanesov, A.Anastazi, V.K.Gayda, V.P.Zaxarovlarning adabiyotlarida to‘liq yoritib o‘tilgan. Ammo ko‘rsatib o‘tilgan adabiyotlarda psixometrik testlarning asosiy muammosi, test me'yorlari to‘liq yoritib berilmagan. Bu birinchi navbatda amerikalik testolog A.Anastazining ishlariga taalluqlidir. Anastazining yaratgan qo‘llanmasi, g‘arb testologlari tomonidan ikkita asosiy printsipi zaruriy tanqidiy muhokamalarga ega bo‘lmaydi, bular diagnostik me'yoriy sifat tarzida statistik me'yorlarning qo‘llanilish muammolari va normal modellarga hamma empirik ma'lumotlarning taqsimlanishi haqidagi ma'lumotlar muammosi.
Endi biz differentsial asosiy tushunchalar tizimi tuzilishining qisqacha kontekstini analiz qilib o‘tamiz:
1. Test shkalalarining statistik tabiati. Psixodiagnostikada tipik o‘lchov testi – bu qisqa topshiriqlarning punktlarning ketma-ketligi, sinaluvchi tomonidan topshiriqlar bajarilishi natijasida ularning bir xil miqdoriy tahlil qilinishi demakdir. Masalan, alohida topshiriqlardan tuzilgan intellektual testlarning interpretatsiya qilinishi: «echimi to‘g‘ri», «echimi noto‘g‘ri», «javob yo‘q» (vaqt etishmasligi sababli topshiriqni o‘tkazib Yuborilishi), shaxsiy savolnomalarning tahlil qilinishi: sinaluvchi tomonidan ta'kidlanishi lozim bo‘lgan javoblar berilishi: «tasdiqlashi», «inkor qilinishi» («rozi emasman», «yo‘q»).
Umumiy ballar kalit orqali hisoblab chiqiladi, kalit har bir punkt bo‘yicha sonlar bilan ifodalanadi. Masalan, topshiriqning to‘g‘ri echimiga – «Q1», noto‘g‘ri o‘tkazib Yuborilganiga – «0». Bunda ballar to‘g‘ri javoblarning miqdorini ko‘rsatib beradi.
2. Psixometrikada o‘lchov muammolari va test punktlarining xususiyatlari.
O‘lchov ko‘rsatkichi «etalon» hisoblanadi. Etalon bu – o‘lchanayotgan xususiyatga berilgan kattalikni bir maromda saqlab turuvchi fizik ob'ektdir, differentsial psixometrikada bunday fizik etalonlar mavjud emas. Psixometrikada etalon rolini testlarning o‘zi bajaradi, buni shunday tushunish kerakki, topshiriqning murakkabligi kishi qobiliyatiga to‘g‘ri proportsional kattalik deb qarash mumkin. Ya'ni, topshiriq qancha murakkab bo‘lsa, uning echimini topish uchun kishi qobiliyatining darajasi shuncha Yuqori bo‘lishi kerak. Test punktlarining kuchi va murakkabligini test o‘tkazish yordamidagina aniqlash mumkin. Murakkablikni aniqlash «foizli o‘lchov» bilan belgilanadi, test topshiriqlariga «to‘g‘ri» javob bergan sinaluvchilar foiz bilan aniqlanadi, ya'ni «foiz» qancha kichik bo‘lsa, murakkablik shuncha Yuqori bo‘ladi.
Test punktlarining xususiyatini test ballarining taqsimlanishi ko‘rsatib beradi. Agar test ballarining taqsimlanishi egriligi o‘ng tomonli assimetriyaga ega bo‘lsa, unda test murakkab topshiriqlardan tuzilgan, agar egrilik chap tomonli assimmetriyaga ega bo‘lsa, u holda test topshiriqlari sodda tuzilgan hisoblanadi va quyidagi ko‘rinishga ega:
Test – shaxsning aqliy taraqqiyotini, qobiliyatini, irodaviy sifatlarini va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar.
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash.
Etuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Etuklik testi 3ga bo‘linadi: harakat testlari, og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi.
Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi.
Proektiv test motivatsiyaning anglanilmagan yoki to‘liq anglanilmagan shakllarini o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning yagona psixologik metodidir.
«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yilda qo‘llangan. Shuningdek, u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:
Strukturalash metodlari (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch o‘lchamli proektsiya testi).
Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi).
Sharhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil testi).
To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi).
Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‘yin).
Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili).
Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo).
Bunday metodikalarning asosiy xususiyati material aniqmasligi, xayrixohlik muhiti va qadriyatli fikrlar mavjud emasligidir. Ular, avvalo, shaxsning munosabatlar sohasini aks ettiradi va maktab nevrozi uchun xos bo‘lgan maxsus reaktsiyalarni aniqlash imkonini beradi.
Mazkur ishlar o‘quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o‘qish jarayonida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga yo‘naltirilgan. Psixodiagnostika ishlari guruhda yakka holda o‘tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
Ongli maqsadi mavjud bolalar, umumta'lim maktablari va akademik litsey hamda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv Yurti talabalarining yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini psixologik tekshiruvdan o‘tkazadi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O‘quvchilarning kasbiy yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning hissiyotlari, irodaviy sifatlari, o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyati, intellektual darajasini tekshiradi.
Maktab yoshidagi bolalar, talabalarda uchraydigan ta'lim malakalari, ko‘nikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulqidagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot, shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.
Bolalarning voyaga etgan tengqurlari bilan munosabatini o‘rganish uchun ularni tekshiradi.
Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok etish, ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixologiya shaxsning bolalik davridagi xususiyatlari va psixik taraqqiyot darajasini aniqlash uchun turli eksperimental psixologik metodlardan foydalanadi. Psixologik tadqiqotlarda foydalaniladigan metodikalar u yoki bu faoliyat jarayonida shaxs psixik xususiyatlarining namoyon bo‘lishini aniqlashdan iborat.
Bolalar psixologiyasida eksperimental metodikalarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish psixologlar va pedagoglarning asosiy vazifasidir. Eksperimental topshiriqlar majmui bola psixik taraqqiyotini, aqliy darajasini, uning maktabda o‘qishga tayyorligini aniqlashga mo‘ljallangan. Jumladan, maktabda o‘qishga tayyorlikni bildiruvchi belgilar quyidagilardir:
Ø psixik jarayonlarning ixtiyoriyligi;
Ø aqliy ish qobiliyatining etarlicha davomiyligi;
Ø yangi bilim va malakalarni maqsadga yo‘naltirilgan ravishda o‘zlashtirish imkoniyati;
Ø borliqni bilishga qiziqishning mavjudligi;
Ø tevarak atrofdagi voqea va hodisalarni farqlay olish va umumlashtira olishi;
Ø fikrlay olish va boshqalar.
4 .So‘rov metodi va uning asosida ishlab chiqiladigan metodikalar. So‘rovnomalar turi
Savolnomali psixodiagnostik metodlar maxsus standart bo‘yicha tanlab olingan savollarga yozma og‘zaki javoblarni tahlil qilishdir. Ushbu metodning bir necha turi mavjud: anketa, savolnoma, intervYu. Sinaluvchi savollarga javob berishidan tashqari, o‘zi haqida ma'lumot berishi anketa metodi deb aytiladi.
Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi savolnoma metodi deyiladi. Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi.
Standartlashtirilgan javoblarga, sinaluvchi o‘ziga mos javobni berishi yopiq savollar deyiladi. Masalan: «ha», «yo‘q», «bilmayman», «roziman, rozi emasman», «aytish qiyin».
Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi, bu javoblar yopiq savollardan farqli ravishda, faqat sifatiy tahlil qilinadi.
Bundan tashqari, savolnomali psixodiagnostik metodlar shaxs sifatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettiruvchi savollar hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar usulida bo‘lishi mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savollarga sinaluvchi o‘zida u yoki bu psixologik sifatlarning ko‘rinishlari bor yo‘qligi haqida javob beradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savollar, sinaluvchidagi o‘rganilayotgan xususiyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan bo‘lib, ammo uning shaxs sifatining bu xususiyati psixologik taraqqiyotini o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Masalan, shaxs sifatlaridan «xavotirlanish»ni diagnostika qilish uchun savollarga murojaat qilamiz (bezovtalik, o‘ychanlik):
Ochiq savol: «Kuchli xavotirlanish holatiga tushib qoladigan hodisalar haqida gapirib bersangiz».
Yopiq savol: «Siz ko‘p hollarda xavotirlanish holatida bo‘lasizmi? Quyidagi javoblardan birini tanlang va belgilang «ha», «yo‘q», «ba'zan», «bilmayman».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilgan savol: «Sizda xavotirlanish degan shaxs sifati mavjudmi?».
To‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘naltirilmagan savol: «Sizda imtihon paytida bezovtalik holati vujudga keladimi?».
Yozma savolnomalardan tashqari, og‘zaki savolnomalar ham mavjud, bu intervYu deb Yuritiladi. Unda psixolog sinaluvchiga o‘zi savol berib, o‘zi javoblarni yozib boradi, bu savollar oldindan aniqlanib, tayyorlab qo‘yiladi ular xuddi yozma savollar tipidagi kabi bo‘lishi mumkin.
Psixodiagnostik metodlardan yana biri faoliyat mahsullarini analiz qilish orqali kontent-analiz hisoblanadi. Kontent-analizning vazifasi shundan iboratki, u kishining psixologik tavsifini aniqlash va baholashda, uning nima ish qilayotganligi, asosan yozma ijodi mahsuli tahlili orqali o‘rganishga qaratilgandir.
Eksperimentning psixodiagnostik metod sifatidagi muhim jihatlari shundan iboratki, sinaluvchining biron-bir xususiyatini baholashda maxsus psixodiagnostik eksperiment ishlab chiqiladi va tashkil qilinadi. Bunday eksperiment muolajalari bir qancha tibbiy voqeliklarni o‘z ichiga oladi, ya'ni bu hodisalar sinaluvchining o‘rganilayotgan xususiyatini namoyon qilish hamda bu sifatning taraqqiyotini baholash va belgilashning standart metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan. Psixodiagnostik eksperimentni tashkil qilish va o‘tkazish natijasida tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan muammolar, bo‘yicha maxsus tarzda tashkil qilingan eksperimental tadqiqotda sinaluvchi xulq-avtorini kuzatish orqali ma'lumotlarga ega bo‘ladi. Masalan, tadqiqotchini shaxs sifatlaridan xavotirlanish muammosi qiziqtiradi. Bu holda diagnostik eksperiment quyidagi tarzda olib boriladi. Sinaluvchi imtihon sinovlari kabi voqelik holatiga tushiriladi qandaydir murakkab ishni vaqt tig‘izligida bajarib qat'iy natijalar olishga undaydi. Sinaluvchi topshiriqni bajarayotgan paytda, uning xulqida har xil Yuqori darajali «xavotirlanish» kuzatilib va belgilab borilishi mumkin.
Biz yuqorida psixodiagnostik metodlar va ularning turlari hamda qo‘llanishi haqida ma'lumotlar berdik, har qanday psixolog yuqori malakali mutaxassis bo‘lib etishishi uchun, albatta, ushbu psixodiagnostik metodlarni o‘zlashtirishi va amaliyotda foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi shart
Yuqorida qayd etilgan belgilarning mavjudligi pedagoglar va psixologlar tomonidan o‘quv jarayonida turli didaktik vosita va usullar yordamida aniqlanadi.
Eksperimental tadqiqot sharoitida yuqoridagi belgilarning mavjudligi so‘zli, predmetli va psixometrik metodikalar yordamida aniqlanadi. Har bir konkret holda olingan ma'lumotlarni sifatiy tahlil qilish va ularni boshqa metodlardan olingan natijalar bilan bog‘lash zarur.
Psixologik diagnostikada metodikalarning ishonchliligi muhim hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bu tushuncha «testda olingan natija nechog‘lik to‘g‘riligini ko‘rsatadi». (A.Anastazi). Har qanday metodikaning, testning ishonchliligi o‘rganilayotgan psixologik xususiyatlarning ularda aks etishi nuqtai nazaridan to‘g‘ri qo‘llanishini xarakterlaydigan ma'lumotlar majmui sifatida qaralmog‘i kerak (L.F.Burlachuk, S.M.Moroz, 1989).
Shunday qilib, maqsadga muvofiq tanlangan metodika va testlar psixik faoliyat ko‘rinishlarini to‘liq va har tomonlama o‘rganish imkonini beradi.
Bolalar ustida psixologik tadqiqotlar o‘tkazish tajribasi shundan dalolat beradiki, qo‘llanilayotgan psixodiagnostika metodikalarini shartli ravishda u yoki bu psixik jarayonlarni o‘rganish metodikalariga ajratish mumkin. (L.I.Poperechnaya 1978; L.A.Venger, V.V.Xolmovskaya 1978; Z.I.Kalmikova, 1982; V.M.Bleyxer, I.V.Kruk, 1986). Masalan, bola xotirasi haqida faqat bir metod asosida xulosa chiqarish mumkin emas, buning uchun metodikalar majmuini qo‘llash kerak. Shu bilan bir vaqtda, har bir eksperimental metodika o‘zining asosiy yo‘nalishidan tashqari (ya'ni shaxsning ma'lum xususiyatini o‘rganishdan tashqari) psixikaning boshqa xususiyatlarining holati haqida ba'zi ma'lumotlar beradi. Masalan: bolaga berilgan 10 ta so‘zni qanday yodlashiga qarab, faqat uning xotirasi haqidagina emas, balki ixtiyoriy diqqati, harakatlarining maqsadga yo‘naltirilganligi, ularning sabablari haqida ham bilsa bo‘ladi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotning sifati eksperimentda qo‘llaniladigan metodikalar soniga bog‘liq bo‘ladi. Lekin bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar bilan tadqiqot o‘tkazganda ularning tez charchashini hisobga olish zarur. Shuning uchun bir tadqiqot o‘tkazganda, tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda tanlangan 5 – 7 metodikadan foydalanish tavsiya etiladi. Bir necha bosqichda o‘tkaziladigan tadqiqotlarda ko‘proq metodikalardan ham foydalanish mumkin. Eksperimental tadqiqot usullarini yaxshi egallash ham muhimdir. Tadqiqotchi tajriba vaqtida bola bilan qanchalik yaxshi munosabatda bo‘lsa, bola topshiriqni shunchalik yaxshi bajaradi.
Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tanlashda quyidagilarni e'tiborga olish zarur:
a) tadqiqot maqsadi – psixik taraqqiyot darajasini aniqlash, uning yoshiga, ma'lumotiga mosligi, shaxs xususiyatlarini aniqlash;
b) sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, unga ta'lim va tarbiya berilayotgan sharoit;
v) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, muloqotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Bolaga tanlangan eksperimental psixologik metodikalarni qiyinligi o‘sib borish darajasida berish kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda metod va metodika, standartlashtirilgan metodlar, testlar, ularning turlari, so’rovnomalar, ularning turlari bilan tanishdik.
Xulosa
Eksperimental psixologik tadqiqot bir necha bosqichda o‘tkazilishi zarur. Bu bolaning yangi sharoitga yaxshi moslashishiga, u bilan ijobiy aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Birinchi bosqichda tadqiqotchi bola bilan aloqa o‘rnatadi, uning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlaydi. Bola ba'zi topshiriqlarni tadqiqotchi oldida bajaradi. Ikkinchi bosqichda olingan ma'lumotlarga aniqlik kiritiladi, boshqa metodikalarda olingan natijalar bilan o‘zaro bog‘liqlik aniqlanadi. Uchinchi bosqichda tajribada olingan natijalar tahlil qilinadi, ular umumlashtirilib, xulosa chiqariladi.

Tadqiqotchi olingan ma'lumotlarni bir joyga to‘plab, sinaluvchi shaxsining xarakteri, aqli, xotirasi, hissiyoti, psixik buzilishlar mavjudligi yo‘qligi haqida xulosa chiqariladi.



Yüklə 132,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin