Nazorat savollari. 1.O’zbekiston tarixining maqsadi va axamiyati. 2.O’zbekiston tarixini o’rganishda qo’llaniladigan ilmiy-uslubiy tmoyillar. 3.Ibtidoiy jamoa davrining asosiy bosqichlari. 4.Avesto-O’rta Osiyo tarixiy manba sifatida,uning axmiyati.
1.O’zbekiston tarixining maqsadi va axamiyati. Tarix fanining bahs mavzulari va ularning xilma-xil talqinlari. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishning dolzarbligi va muammolari. O’zbekiston tarixining mavzularini ilmiy-nazariy o’rganish va tadqiq etish masalalari.Vatanimiz tarixiga oid bilimlar negizida boshqa ijtimoiy siyosiy va gumanitar bilimlarning ishtiroki.
Tarixda milliylik va umuminsoniylik. Jahon tarixi taraqqiyotida millatimiz va yurtimiz tarixining o’rni. Islom Karimov — Vatanimiz va millatimiz tarixini o’rganishning asoschisi.
Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati, mazmuni. Insoniyatning paydo bo’lishi va uning faoliyati — tarixiy dunyoqarashning g’oyaviy ildizi.Tarixiy dunyoqarash, uning asosiy qadriyatlari va tamoyillari.
Tarix — dunyoqarash sifatida. Uni dunyoqarashning boshqa shakllari bilan o’zaro bog’liqligi. Tarixiy dunyoqarashning umuminsoniy va milliy xususiyatlarini o’rganishning ahamiyati.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida tarixning o’rni va mavqei. O’zbekiston tarixining boshqa fanlarga ta’siri, O’zbekistonda ijtimoiy fanlar tizimidagi zamonaviy o’zgarishlar jarayoni. I.Karimov ijtimoiy-tarixiy bilimlarning yangi mazmundagi tizimini yaratish zaruriyati haqida.
Tarixning asosiy funksiyalari. Yosh avlodni ma’naviy komillik, istiqlolga sodiqlik ruhida tarbiyalashda tarix fanining ahamiyati.
Tarixiy rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va falsafiy tafakqurning aloqadorligi. Insoniyat dunyoqarashining o’zgarish dialektikasi, uning tarixiy va ijtimoiy jarayonlarga bog’liqligi.
Istiqlol va tarixiy dunyoqarashning o’zgarishi zarurati. Mustaqillik — tarixiy tafakkur o’zgarishining asosi va shart-sharoiti. Mustaqillikni mustahkamlash, yangi tafakkurni shakllantirishda tarixning o’rni va ahamiyati.
Tarixiy dunyoqarash o’zgarishida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati. Mustaqillik davrida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o’qitish talablarining o’zgarishi. Tarixiy dunyoqarash va yoshlar kamoloti. Yoshlar ongida yangicha dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.