Nazorat savollari: Port deganda nimani tushinasiz?


KOMPYUTERLARNING TARMOQDA MULOQOT BAYONNOMALARI



Yüklə 103,69 Kb.
səhifə7/9
tarix29.01.2023
ölçüsü103,69 Kb.
#81522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
kompyuter arxitektura14-top

5.KOMPYUTERLARNING TARMOQDA MULOQOT
BAYONNOMALARI

Internet tarmog�a turli tiplardagi o�n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o�ta katta ЕHM � mеynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol еtiladi.

72-rasm. Internet tarmog�i lavhasining strukturasi:

 LXT � lokal hisoblash tarmog�i

Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil еtadi:

 � Internet Protocol (IP) � tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi;

� Tgansmission Control Protocol (TCP) � uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.

IP bayonnomasi axborotlarni еlektron paketlarga (IP deytagramma) bo�lib chiqishni tashkil еtadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi.

TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma�lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma�lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig�ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP � User Datagram Protocol) oddiyroq va ma�lumotlarni masuliyatsiz jo�natishlarda ishlatiladi.

Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo�ladi.

Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to�liqligini tekshirish mumkin bo�lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.

Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o�xshashdir:

� Oddiy pochta bo�yicha jo�natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo�natuvchining va oluvchining adreslari bo�lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va еlektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo�l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu еlektron axborot paketlarida pochtadagilarga o�xshash standart joylashtirish bor: ma�lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda еsa jo�natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko�rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta�minlaydi va uning tarmoqdagi yo�l ko�rsatuvchisi bo�lib xizmat qiladi.


Yüklə 103,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin